Buvayda tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.
📍Buvayda tumanidagi yirik savdo majmualari, savdo komplekslari hamda bozorlarda ham tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish berildi. Xususan, soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan noqonuniy tekshirish, xizmat vazifasini suiiste'mol qilish, tadbirkor faoliyatiga asossiz aralashish kabi holatlar kuzatilganda ijtimoiy tarmoqlar (@dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti) yoki ishonch telefoni (73-241-70-61) orqali mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.
#antikorrupsiya
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

#oilaviy_tadbirkorlik
Xalqaro oila kunida oilaviy tadbirkorlik haqida
Oila a’zolari yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.
Er, xotin, ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydi?
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyatni amalga oshirayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari JShODS to‘lashning quyidagi turlaridan birini tanlashga haqli:
▫️qat’iy belgilangan miqdorda;
▫️jami yillik daromadi to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida.
Bunday oilaviy tadbirkorlar 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollashi va soliq agenti sifatida ularga to‘langan ish haqi bo‘yicha daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq ham to‘laydi:
▫️yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
▫️ oilaning boshqa aʼzolari (18 yoshga toʻlmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 soʻm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yuritayotgan oilaviy tadbirkorlarning yollanma ishchilari – oyiga 170 000 so‘m;
▫️boshqa oilaviy tadbirkorlarning yollanma ishchilari uchun – yiliga 340 000 so'm.
Yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydilar?
Oilaviy tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ixtiyoriy ravishda aylanma solig‘ini to‘lashni tanlashi yoki QQS va foyda solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin.
Umumiy daromadi 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan oilaviy tadbirkorlar QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Shuningdek, ular JShODS va ijtimoiy soliq to‘laydi. Soliq solish obyekti bo‘lsa, ular quyidagilarni to‘laydi:
▫️mol-mulk solig'i,
▫️yer solig‘i;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Oilaviy tadbirkorlar faoliyatining xususiyatlari
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati
Oilaviy korxonalarga ko‘p kvartirali uyning turar joylarida sanoat tusidagi faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
👉 Batafsil maʼlumot “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunda

Ta’ziya
Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi boshqarma boshlig’i Mamatxanov Maqsudxonning otasi Mamatxanov Mahmud Nabiyevichning vafot etganligi munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi jamoasi

Xalq deputatlari Quvasoy shahar va Quva tumani kengashlarining navbatdagi sessiyalari bo‘lib o‘tdi
Quvasoy shahri hamda Quva tumanida o‘tkazilgan sessiyada xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlari deputatlari, sektor rahbarlari, tegishli bo‘lim, tashkilot rahbarlari, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya ishida shahar(tuman)ni ishsizlik va korrupsiyadan holi hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektor rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash bo‘yicha 2024-yilning I choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi.
Sessiya kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi hamda oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Sessiyada viloyat 4-sektor vakillari ham ishtirok etdi.

#onlayn_NKT
Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart
Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil
Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda
Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️
Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#mobil_ilova
Soliq mobil ilovasi “Yil brendi – 2023” tanlovi g'olibi bo'ldi
18-may kuni “Humo Arena” majmuasida O‘zbekiston Marketing Assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan “Yil brendi – 2023” VII mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Soliq mobil ilovasi yana bir bor “Mobil ilovalar” nominatsiyasida eng yaxshi deb topildi. Unga 13 574 ta ovoz berilgan.
Ilova 2022-yilda ham "Yil brendi" mukofotiga sazovor bo'lgan edi.
Ilovaning foydalanish qulayligi va keng funksionalligi ortida katta jamoaning mashaqqatli mehnati yotadi. Soliq xizmatlarining sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarilishiga har kim o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Soliq mobil ilovasi foydalanuvchilariga ishonchi, qo‘llab-quvvatlagani va yuqori baho uchun minnatdorlik bildiramiz!
Biz birgalikda kuchlimiz!
______
#мобильное_приложение
Мобильное приложение Soliq стало победителем премии «Бренд года-2023»
18 мая в комплексе Humo Arena прошла церемония награждения победителей VII ежегодной премии «Бренд года 2023», организатором которой выступает Маркетинговая ассоциация Узбекистана.
Мобильное приложение Soliq в очередной раз стало лучшим в номинации «Мобильные приложения». За него было отдано 13 574 голоса.
Премией «Бренд года» приложение уже было удостоено и в 2022 году.
За удобством в использовании и широким функционалом приложения стоит усердная работа большой команды. Каждый вносит свой вклад в то, чтобы обеспечить качественно новый уровень оказания налоговых услуг.
Благодарим пользователей мобильного приложения Soliq за доверие, поддержку и высокую оценку!
Вместе - мы сила!
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2024-yil 20-may
aprel oyi uchun:
- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq qodeksi 273-modda 1-2 qismlar);
- agar aprel oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);
- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);
- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3-4 qismlar);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).
Telegram I Facebook I Instagram

#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingi imkoniyatlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda
Farg‘ona shahri hamda shaharga yaqin hududlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va hokim yordamchilari uchun Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Reytingdan o‘rin olgan umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.
Reytingda yuqori toifaga kirish uchun ijtimoiy reestrdagi fuqarolar bandligini ta'minlash, ishchilar sonini ko‘paytirish kabi mezonlarga alohida urg‘u berib o‘tildi.

#QQS
QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya
Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.
Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.
Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?
👉2024-yildan QQS bo‘yicha qonunchilikka qanday o‘zgarishlar kiritilgan?

#deklaratsiya
2023-yilda chet eldan pul o‘tkazmasi olgan edim. Soliq organlari buning uchun soliq hisoblashga haqlimi?
Agar jismoniy shaxs jismoniy shaxsdan pul mablag'i olgan bo'lsa, unda bu daromad soliqqa tortilmaydi va jami yillik daromad to'g'risida deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Agar jismoniy shaxs xorijiy yuridik shaxsdan daromad olgan bo'lsa, u holda ushbu daromad 1-aprelgacha taqdim etilishi kerak bo'lgan deklaratsiya asosida soliqqa tortiladi.
Tijorat banklari soliq organlariga xorijiy yuridik shaxsdan jismoniy shaxsning hisobvarag'iga chet eldan kelib tushgan mablag'lar to'g'risida umumlashtirilgan ma'lumotlarni taqdim etadi.
Agar soliq to'lovchi 1-aprelgacha ushbu daromad bo'yicha deklaratsiya taqdim etmasa, soliq organi o'zida mavjud ma'lumotlarga asoslanib soliq hisoblaydi va bu haqda soliq to'lovchini xabardor qiladi. Hisoblangan soliq to'g'risida batafsil ma'lumot aks ettirilgan xabarnomalar soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan. Bunda soliq summasi 1-iyungacha to'lanishi lozim.
Agar soliq to‘lovchining hisoblangan soliq summasiga e'tirozi bo‘lsa va tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo‘lsa, u holda ushbu hujjatlarni ilova qilgan holda my3.soliq.uz sayti orqali qayta deklaratsiya taqdim etishi lozim.