Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#keshbek

Qaysi cheklar uchun va nima uchun keshbek tasdiqlanmaganligini qanday aniqlash mumkin?

Buning uchun Soliq (Android/iOS) mobil ilovasining bosh sahifasida "To'lovga tasdiqlangan" bo'limiga kiriladi. Keyin, kerakli oy tanlanadi. Oynada shu oyda ro'yxatdan o'tgan barcha cheklar aks etadi.

🔻Keshbek tasdiqlanmagan cheklar qizil belgi bilan ajratiladi. U bosilganda chek holati, jo'natilgan sana va fiskal ID bilan birga keshbekni rad etish sababi ko'rsatiladi.

"Batafsil" tugmasi orqali chek haqida umumiy va qo'shimcha ma'lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

“Qo‘shimcha ma’lumotlar” oynasi keshbek tasdiqlashning bosqichma-bosqich tartibini o‘z ichiga oladi.

bu belgi tasdiqlash bosqich muvaffaqiyatli o'tganligini bildiradi
bu belgi ushbu bosqichda xatolar aniqlanganini bildiradi

Tasdiqlangan keshbekni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o'tkazish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab berilishi belgilangan.

Mazkur tartibga ko‘ra, iyun oyida ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun hisoblangan keshbek summalari 25-iyuldan keyin tasdiqlanadi. Shundan so‘ng foydalanuvchilar jamg‘arilgan summani bank kartasiga o'tkazib olishi mumkin.
____________
#кешбэк

Когда подтверждаются суммы кешбэка

Выплата
потребителям кешбэка в размере 1% от суммы покупок осуществляется после 25-го числа месяца, следующего за месяцем регистрации чеков онлайт-ККТ в мобильном приложении Soliq.

Согласно этому порядку, суммы кэшбэка, начисленные за чеки, зарегистрированные в июне, будут подтверждены после 25 июля. После этого пользователи могут перевести подтвержденную сумму на свою банковскую карту.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#keshbek

Soliq mobil ilovasida iyul oyi uchun keshbekning butun miqdori toʻliq tasdiqlangandan so'ng to'lab beriladi.

Tasdiqlangan mablag'larni bank kartangizga joriy oyning 25-sanasidan keyin o'tkazishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Iyul oyi uchun to‘langan keshbek summasi 102,6 mlrd so‘mga yetdi

🔹25-avgustda 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga 86,4 mlrd so‘m;
🔹28-avgustda 1,7 mlndan ortiq iste'molchiga yana 16,2 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi.

💳Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 13 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘lab beriladi.

♻️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Keshbek summalari qachon tasdiqlanadi

Iste'molchilarga xarid summasidan 1% keshbek onlayn-NKT cheklari Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan oydan keyingi oyning 25-sanasidan so'ng to‘lab berilishi belgilangan.

Sentabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari ayni kunlarda tasdiqlanmoqda.

Oktabrda
yig‘ilayotgan keshbek summalari noyabr oyining 25-sanasidan so‘ng to‘lab beriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek

Qanday cheklarga keshbek qaytarilmaydi?

Keshbek hisoblanmaydi:

agar chek berilganiga 10 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa;
agar sotib olingan tovar (xizmat)lar cheki uchun avval keshbek hisoblangan bo'lsa;
avtomobil, havo va temir yo‘l chiptalarini sotib olish natijasida olingan, shuningdek, aloqa va kommunal xizmatlar uchun amalga oshirilgan to‘lov cheklari uchun;
Soliq qo'mitasi tomonidan yuritiladigan shubhali xaridorlar reestriga kiritilgan jismoniy shaxslar cheklari uchun.

Kimlar shubhali xaridorlar bo‘ladi?

Shubhali xaridorlar –
keshbekka ega bo‘lish uchun boshqa fuqarolar tomonidan amalga oshirilgan xarid cheklarini egasining ruxsatisiz ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar.

Bunda, xaridni amalga oshirgan shaxs o‘z cheki boshqa foydalanuvchi tomonidan Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganligini aniqlasa:
▫️chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxs foydasiga keshbekdan voz kechishi mumkin;
▫️yoki ushbu shaxs ustidan shikoyat qilishi mumkin. Buning uchun Soliq ilovasida ochiladigan maxsus oynada shikoyat qilishni istaysizmi so‘roviga "ha" javobini tanlash kerak.

Mobil ilova orqali o‘zgalarga tegishli bo‘lgan 15 va undan ortiq QR-kodli chekni ro‘yxatdan o‘tkazganligi haqida shikoyat kelib tushgan foydalanuvchilar shubhali xaridorlar reestriga kiritiladi.

Bundan tashqari, cheki boshqa fuqarolar tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan haqiqatda xaridni amalga oshirgan jismoniy shaxs belgilangan tartibda sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Boshqalar ro‘yxatdan o‘tkazgan o‘z cheki uchun keshbek olsa bo‘ladimi?

Agar shikoyat qilish paytida keshbek to'lanmagan bo'lsa, chekning haqiqiy egasi soliq organlariga aynan o'sha xaridni amalga oshirganligi va QR-kodli chekni olganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etsa unga tegishli keshbek hisoblanadi.

Agar ushbu faktlarni tasdiqlashning imkoni bo'lmasa, keshbek sud qarori asosida qaytariladi.

👉VM-255-son qarori 12.05.2022-yil

❗️Shubhali xaridorlar reestridan chiqish va keshbek olish huquqini qayta tiklash uchun [email protected] elektron manziliga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat yuboring.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

2023-yil dekabr oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi.

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda, jumladan dekabr oyida ham BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Fevral oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi