Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingida yuqori toifaga kirish mexanizmlari tadbirkorlarga yetkazilmoqda


2024-yil 1-fevraldan qonunchilik talablariga rioya etgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash va qoʻshimcha ragʻbatlantirishni nazarda tutuvchi Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi joriy etildi.

Mazkur reyting mazmun-mohiyati, undagi umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlar haqida batafsil tushuntirish berish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Farg‘ona shahrida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Forest color” MChJ vakillari bilan uchrashib, “AAA” toifaga chiqish uchun korxonada imkoniyatlar yetarli ekanligi, QQSni 1 kunda qaytarib olish imkoniyatlari, soliq tekshiruvi o‘tkazilmasligi tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida tadbirkorlar uchun seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi qonuni hamda “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son Prezident qarori doirasidagi soliq munosabatlari mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida seminar bo‘lib o‘tdi.

Davlat xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda boshqarma rahbariyati va mas'ullar so‘zga chiqib, ishtirokchilar faoliyatiga doir soliq qonunchiligidagi muhim jihatlar, xususan, elektron hisobvaraq-fakturalarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish, hisobotlarni muddatida topshirish kabilarni eslatib o‘tdi.

Tadbir doirasida ishtirokchilar savollariga mutaxassislar tomonidan zarur tushuntirishlar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

Hurmatli soliq to'lovchilar❗️

Soliq qoʻmitasi mutaxassislari ishtirokidagi navbatdagi onlayn seminar-trening 🗓 7-fevral kuni “Hammasi yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar haqida” mavzusida boʻlib oʻtadi.

Jonli efir 👉 YouTube platformasida.

🕙 Boshlanish vaqti – 11:00
___________
#онлайн_семинар

Уважаемые налогоплательщики❗️

Очередной онлайн семинар-тренинг при участии специалистов Налогового комитета состоится 🗓 7 февраля на тему «Все об индивидуальных предпринимателях и самозанятых».

Прямой эфир - на платформе 👉 YouTube

🕙 Начало – 11:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi qanday aniqlanadi?

"Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi nizomga muvofiq EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi tadbirkorlik subyektining sof foydasiga foiz to‘lovlari, asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi, hisoblangan foyda solig‘i summasi qo‘shilib, tovarlarni (xizmatlarni) sotishdan sof tushumga bo‘lish va 100 ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi (EBITDA margin = EBITDA / daromad x 100%).

EBITDA bo‘yicha rentabellik darajasi subyekt faoliyat ko‘rsatayotgan sohaning o‘rtacha ko‘rsatkichidan:
👉 70 foizdan yuqori bo‘lsa – 10 ball;
👉 50-70 foizgacha bo‘lsa – 5 ball;
👉 25-50 foizgacha bo‘lsa – 2 ball beriladi.

Mazkur ko‘rsatkichni baholashda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotlar va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tgan yuridik shaxslar bo‘yicha ko‘rsatkichlar foyda solig‘i hisoboti shakllarining oxirgi soliq davri ma’lumotlaridan foydalaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati tadbirkorlarga yetkazilmoqda


©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt