Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #raqam_almashtirish

Soliq mobil ilovasida ma’lumotlarni saqlagan holda telefon raqamini almashtirish mumkin

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, Qo‘shtepa tumanidagi chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Agar tadbirkor faoliyatiga soliq xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy aralashish yoki ta'magirlik holatlari kuzatilsa, ijtimoiy tarmoqlar yoki "ishonch telefoni" orqali xabar berish mumkinligi tadbirkorlarga batafsil tushuntirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi

Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Harbiy vatanparvarlik” festivali doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.

Unda yoshlar tomonidan deklaratsiya, o‘zini o‘zi band qilish, yoshlarga berilayotgan soliq imtiyozlari, kredit ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Festival doirasida milliy sport o‘yinlari, shaxmat, rassomchilik, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, kitob savdosi yarmarkalari tashkil etildi.

#4_sektor #yoshlar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt