Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Rishton tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Rishton tumani Vohim MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. Kelib tushgan murojaatlarga asosan, “Temir daftar” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Shuningdek, o‘zini o‘zi band qilish orqali kundalik daromad topishni maqsad qilgan yoshlarga subsidiya asosida tikuv mashinalari yetkazib berildi.

Bundan tashqari, Vohim MFY Guzar ko‘chasida yashovchi ehtiyojmand oilaga 4-sektor ko‘magi bilan qurilayotgan uy ko‘zdan kechirildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi lozim.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

👉QQS bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan boshqa o‘zgarishlar

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#korrupsiya #uchrashuv

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Farg‘ona viloyati soliq xizmati organi xodimlari uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan “Korrupsiya – kelajagimizga tahdid” mavzusida profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.

📍Farg‘ona shahar, Beshariq, Toshloq hamda Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida ham korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar poraxo‘rlik, ta’magirlik, mansab mavqеini suistе`mol qilish bilan bog`liq jinoyatlar sodir etilishining oldini olish borasida soliq tizimida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi chora-tadbirlar haqida batafsil axborot berdilar.

Shuningdek, xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida xodimlar amal qilishi lozim bo‘lgan odob-axloq normalari tushuntirib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt

1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt