Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.86K photos
532 videos
42 files
2.48K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Sektor rahbarlari ishtirokida Dang‘ara tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Dang‘ara tumani Naymancha qishlog‘ida viloyat hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi Nazarjon Polvonov va boshqa sektorlar rahbarlari ishtirokida fuqarolar sayyor qabuli tashkil etildi.

Ommaviy qabulda 60 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi. Fuqarolardan bandlik, tadbirkorlik, bank krediti, moddiy yordam, uy-joy, tibbiy xizmat olish kabi turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Joyning o‘zida hal etish mumkin bo‘lgan masalalarga ijobiy yechim belgilash bilan bir qatorda, qator fuqarolarning murojaatlari mas’ul idoralarga o‘rganib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun topshirildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbariyati tomonidan Beshariq tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Chekka qishloqlarga borib, mavjud muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardiga quloq tutish va ko‘tarilgan masalalarni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan Beshariq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tuman markazidan 15 km olislikda joylashgan Katta Jiyda mahallasida o‘tkazilgan qabulga tumandagi barcha mutasaddi tashkilotlar vakillari jalb etildi. Tadbirda xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar berildi.

Xususan, Katta Jiyda mahallasi ichki yo‘llaring 300 metri shag‘allashtirildi, salomatligi borasida murojaat qilgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ehtiyoji bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi. Bundan tashqari, kam ta’minlangan fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlarni yetkazib berildi.

#4_sektor #sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram
4-sektor rahbari tomonidan Uchko‘prik tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Olis qishloqlarga borib, mavjud muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardiga yaqindan quloq tutish va muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Tillavoldiyev tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Binobarin, ana shunday qabullarning biri Uchko‘prik tumanida bo‘lib o‘tdi.

Tuman markazidan qariyb 15 km olislikda joylashgan Chang mahallasida o‘tkazilgan qabulga tumandagi mas’ul tashkilotlar vakillari jalb etildi. Tadbirda xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar berildi.

Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon yetkazib berildi, shuningdek, moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor tomonidan Oqariqobodda aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi

Farg‘ona shahrining chekka hududlaridan biri bo‘lgan Oqariqobod MFYda viloyat davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

E’tiborli jihati, 4-sektor vakillari tomonidan aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi. Xonadonbay tarzida o‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqarolardan 16 ta murojaat kelib tushdi va shu joyning o‘zida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Xususan, “Ayollar daftari”da turuvchi fuqaro bandligini ta’minlash maqsadida, uning murojaatiga asosan, tikuv dastgohi berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, tadbir davomida ehtiyojmand fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

#sayyor_qabul

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qo‘shtepa tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘shtepa tumani Qo‘rg‘oncha MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. 14 nafar fuqarodan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, nikoh to‘yiga hozirlik ko‘rayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqaroga ham sektor rahbari sovg‘alari berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Oltiariq tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Oltiariq tumani Oqbo‘yra MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga daromad topish maqsadida tikuv mashinasi, motokultivator hamda kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi, shuningdek, sog’lig’ida muammosi bor fuqarolarga nogironlik aravachasi berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor
Qo‘qon shahar 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘qon shahar Islomobod MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. 15 nafar fuqarodan kelib tushgan 17 ta murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan murojaatlar yuzasidan Bog‘bonon ko‘chasida yashovchi D.Meliboevaga daromad topishi uchun pech hamda pishiriqlar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, ushbu ko‘chada yashovchi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan F.Jontemirovaga farzandini salomatligida muammosi borligi sababli Toshkent tibbiyot instituti shifoxonasiga operatsiya muolajalarini o‘tkazish uchun bepul yo‘llanma (order) taqdim etildi. Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Shu bilan birga, murojaatlarga asosan 2 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt