Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-dekabr

🟢 qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);

noyabr oyi uchun:

🟢 hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5- qismlar);

🟢 AOS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan boshqa mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning barcha shahar va tumanlari markazlarida "Yangil yil yarmarkalari" tashkil etildi.

©️Farg‘ona TV

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onada 25 ming nafardan ortiq yakka tartibdagi tadbirkor faoliyat yuritmoqda

2022-yil 1-dekabr holatiga ko‘ra Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) soni 25 297 nafarga yetib, yil boshiga nisbatan 17 foizga oshgan.

Faoliyat turlari bo‘yicha YaTTning eng ko‘p ulushi chakana savdo sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarga to‘g‘ri kelmoqda.

📍Hududlar kesimida esa Qo‘qon (3 773 ta), Marg‘ilon (2 829) va Farg‘ona (2 456) shaharlari yetakchilik qilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 31-moddasiga asosan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

📃VM-850-sonli qarorga asosan xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari tasdiqlangan.

🖌Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun istalgan davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki elektron raqamli imzo bilan fo.birdarcha.uz portali orqali davlat ro‘yxatidan o‘tish mumkin.

#raqamlashtirish #YaTT

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👮‍♀️“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida O'zbekiston tumanida olib borilayotgan ishlar

#soliqchi_komakchi

©️Farg'ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ishlab chiqarish sohasi korxonalarining soliq qarzi – TOP-10

2022-yil 1-dekabr
holatiga soliq qarzi 100 mln so'mdan yuqori ishlab chiqarish korxonalari soni republika bo‘yicha 703 tani tashkil etmoqda. Ularning jami soliq qarzi 314,8 mlrd so'm.

Shundan 74,4 mlrd so‘mi, ya'ni 24 %i soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi.

📍Farg'ona viloyatida esa 67 ta ishlab chiqaruvchi korxonaning 26,6 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

#raqamlashritish
#soliq_qarzi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

📃Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, vaqtinchalik bir martalik ishlarni bajarishdan olingan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.

❗️Bunday ishlarga yollash vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash markazlari ko‘magida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, imtiyoz qo‘llaniladi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#videoqollanma

Soliq mobil ilovasidan yer va mol-mulk soliqlaridan qarzdorlik bor yoki yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani oson yuklab oling.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#marketpleys

Marketpleys, shu jumladan, toʻlov tashkilotlariga elektron fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berildi

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, "Soliqchi-koʻmakchi" tamoyili asosida, 16-dekabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato shakllantirilgan elektron cheklarni tahrirlash imkoniyati berildi.

Buning uchun soliq toʻlovchi my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida "YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari" sahifasidan "Marketpleys cheklarini tahrirlash" boʻlimiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal moduli va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni oʻzgartirish mumkin:

▫️mahsulot (xizmat) summasi;
▫️ miqdori;
▫️ QQS summasi;
▫️ MXIK;
▫️ oʻlchov birligi;
▫️ komitent STIR (komitent tasdiqlagan holatda);
▫️ toʻlov shakli (naqd yoki terminal);
▫️chekning umumiy summasi.

📎 Barcha oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng, faqat bitta fayl — tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan oʻrganiladi (MXIK, oʻlchov birligi avtomat tarzda qabul qilinadi).

Koʻrib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga oʻzgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga koʻra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, "Hisoblash" va "Joʻnatish" tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Yakka tartibdagi tadbirkor 2 xil faoliyat turi bilan shug‘ullanganda daromad solig‘ini qanday tartibda to‘lanadi?

Soliq kodeksining 383-moddasiga asosan yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT) bir nechta faoliyat turi bilan shugʻullanganida, har bir faoliyat turi uchun alohida-alohida qatʻiy belgilangan miqdordagi soliqni toʻlaydi.

Faoliyat bilan ikki va undan ortiq aholi punktlarida shugʻullanganida esa ushbu aholi punktlari uchun oʻrnatilgan yuqori stavkada soliq to‘lanadi.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyatidagi soliq to‘lovchilarga 531 mlrd so‘m QQS qaytarib berildi

🇺🇿Respublika bo‘yicha esa joriy yilning 11 oyi davomida jami 11 052 ta ariza bo‘yicha 6151 ta tashkilotga davlat budjetidan 17 306,1 mlrd so‘m qaytarilgan✈️

📊Eng ko'p qaytarilgan QQS sohalar kesimida:
🔸Ishlab chiqaruvchilar - 9 864 mlrd so‘m (1 448 ta korxona);
🔸Qishloq xo‘jaligi - 2 781,2 mlrd so‘m (2 431 ta korxona);
🔸Transport xizmati - 1 325 mlrd so‘m (976 ta korxona);
🔸Qurilish - 1 171 mlrd so‘m (266 ta korxona);
🔸Savdo – 1 015,9 mlrd so‘m (726 ta korxona).

#raqamlashtirish #QQS

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agroko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bayram arafasida iste'molchilar uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini qulay narxlarda yetkazib berish maqsadida Farg‘ona shahar Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan "Yangi yil yarmarkasi"dan jonli reportaj

©️Farg‘ona TV

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Электромобиллар учун бир қатор солиқ имтиёзлари берилади

Президентнинг «Электромобиллардан фойдаланиш инфратузилмасини кенгайтириш чора-тадбирлари тўғрисида»ги қарори имзоланди.

2023 йил 1 январдан 2026 йил 1 январга қадар:

🫥электромобилларни қувватлантириш станциялари ҳамда улар ўрнатилган автомобиль тўхташ жойлари жойлашган ер участкалари юридик шахслардан олинадиган ер солиғидан, шунингдек, электромобилларни қувватлантириш станциялари юридик шахсларнинг мол-мулк солиғидан;
асосий фаолият тури транспорт воситаларини қувватлантириш хизматини кўрсатиш (ушбу фаолият тури бўйича тушумнинг умумий реализация қилиш ҳажмидаги улуши 50 фоиз ва ундан юқори) бўлган тадбиркорлик субъектлари фойда солиғидан;

🫥транспорт воситаларини қувватлантириш хизматини кўрсатишдан олинган даромад айланмадан олинадиган солиқдан;

🫥белгиланган тартибда шакллантириладиган рўйхатлар бўйича хориждан олиб келинадиган электромобилларни қувватлантириш станциялари, уларнинг компонентлари ва сервис инфратузилмаси учун технологик асбоб-ускуналар божхона божидан озод қилинади.

🫥Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги томонидан давлат бошқаруви ва маҳаллий давлат ҳокимияти органлари, уларнинг ҳудудий бўлинмаларининг ер участкалари хатловдан ўтказилиб, 2023-2024 йилларда камида 500 та электромобилни қувватлантириш станцияларини жойлаштириш учун ер участкалари "K-SAVDO" ААТ орқали аукцион савдоларига чиқарилади.

2023 йил 1 январдан бошлаб тадбиркорлик субъектларига электромобилларни қувватлантириш станциялари орқали электр энергияси манбаларида ҳаракатланувчи транспорт воситаларини қувватлантириш мақсадида электр энергиясини сотиш (реализация қилиш) ҳуқуқи берилади.

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-dekabr

noyabr oyi uchun:

🔹 QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 273-moddasi 1 va 2-qismlar);

🔹agar noyabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 345-modda 5-qism);

🔹norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 1-qism);

🔹 yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq hisob kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3 va 4-qismlar);

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan, AOS toʻlovchi boʻlmagan yuridik shaxslar, shuningdek AOS toʻlovchilar va YaTTlar tomonidan bo‘nak to‘lovlarini yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism);

dekabr oyi uchun:

🔹 soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS toʻlovchilar bundan mustasno) bo‘nak to‘lovlarini yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qildi

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Энди тадбиркорлик учун туманлар 5 та тоифага ажратилади ва солиқ ставкалари ҳар хил бўлади

1-тоифа: ҳар томонлама ривожланган;
2-тоифа: инфратузилмаси яхши;
3-тоифа: шароити нисбатан қониқарли;
4-тоифа: жозибадорлиги етарли бўлмаган;
5-тоифа: шароити оғир.

Тадбиркорлар учун субсидия, кредитлар ва компенсациялар тоифалардан келиб чиқиб ажратилади. Улар учун, солиқ ставкалари ҳар хил бўлади.

Мисол учун, бешинчи тоифага кирувчи 20 та энг оғир шароитли туман учун:

- айланмадан олинадиган солиқ, фойда солиғи, ижтимоий солиқ ставкаларини 1 фоиз миқдорида белгиланади;

- мазкур туманлардаги тадбиркорлар ер ва мол-мулк солиқлари бўйича ҳисобланган сумманинг атиги 1 фоизини тўлайди;

- якка тадбиркорлар қатъий ставкадаги солиқларни тўлашдан озод этилади.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Президентимиз иқтисодий ислоҳотлар қатъий давом эттирилиб, ички имкониятлар тўлиқ сафарбар қилиниб, хусусий сектор янада қўллаб-қувватланишини таъкидлади.

Биринчи навбатда, ҳудудлар ўртасидаги иқтисодий тенгсизликни қисқартириш, барча туман ва шаҳарларни бир маромда ривожлантириш бўйича янгича ёндашувлар жорий этилади.

Келгуси йилдан туман ва шаҳарлар мавжуд шароити, салоҳияти ва имкониятларидан келиб чиқиб 5 та тоифага ажратилади.

Тадбиркорлар учун субсидия, кредитлар ва компенсациялар тоифалардан келиб чиқиб ажратилади. Улар учун солиқ ставкалари ҳар хил бўлади.

Бизнесга солиқ юкини камайтириш
бўйича ишлар давом эттирилади. Жумладан, 1 январдан қўшилган қиймат солиғи ставкасини 15 фоиздан 12 фоизга пасайтириш ҳисобига тадбиркорлар ихтиёрида йилига камида 14 триллион сўм маблағ қолади.

Илғор тажрибалар асосида солиқ ва божхона маъмурчилиги жиддий ислоҳ қилинади.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Joriy yilning oʻtgan davrida 8 973 ta korxonaga 804,3 mlrd soʻmlik, shundan 8 795 ta qishloq xoʻjaligi korxonasiga 290,6 mlrd soʻmlik soliq qarzini toʻlash muddatini oʻzgartirish imkoniyati berildi.

👉Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo'yicha videoqo‘llanma
__________
#солиқчи_кўмакчи

За прошедший период этого года 8 973 организациям предоставлена возможность изменения сроков уплаты налогов на сумму 804,3 млрд сумов, из них 290,6 млрд сумов приходится на 8 795 сельскохозяйственных предприятий.

👉Видеоинструкция по отсрочке или рассрочке уплаты налогов

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati kimlarga beriladi?

✔️Soliq kodeksining 100-moddasiga asosan, soliq to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati manfaatdor shaxsga quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud bo‘lgan taqdirda berilishi mumkin:

1)
ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib bo‘lmaydigan holatlar natijasida zarar yetkazilganligi;

2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamg‘armalaridan) moliyalashtirish kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash kechiktirilganligi;

3) manfaatdor shaxs soliqni bir yo‘la to‘lashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) alomatlari paydo bo‘lishi xavfi yuzaga kelganligi;

manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi hamda hisoblangan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga ko‘ra soliq qarzini belgilangan muddatlarda to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi;

agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) SK-101-moddasining birinchi qismiga binoan soliq to‘lashni kechiktirish huquqi to‘g‘risidagi xabarnomani yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e’tiboran uch oy ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tganligining qayd raqamini va sanasini ko‘rsatgan holda soliq organlariga yuborgan bo‘lsa;

4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yo‘la to‘lash imkoniyatini istisno etishi;

5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi;

6) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib o‘tilishi munosabati bilan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi.

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan turar joyni sotganida soliq to‘laydimi ?

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan, soliq to‘lovchilarning xususiy mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan mol-mulkni sotishdan olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi.

❗️O‘ttiz olti kalendar oydan kam muddatda soliq to‘lovchining mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan olinadigan daromadlari bundan mustasno.

➡️Misol uchun, jismoniy shaxs egaligiga 2021-yilda o‘tgan turar joy 2022-yilda qayta sotilsa, olingan daromad soliqqa tortiladi, 2025-yilda sotilganda esa, aksincha, soliqqa tortilmaydi.

#savol_javob

💬Telegram I 🌐Facebook I 🌐Instagram I 🌐Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM