Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Bilasizmi: tadbirkorlarga onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

💬Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Respublika ishchi guruhi tomonidan Beshariq tumani 4-sektor hududidagi aholi muammolari ijobiy hal etilmoqda

Beshariq tumani viloyatning eng chekka va eng olis hududlaridan biri bo‘lib, yoz kunlaridagi salqin havosi, qishda esa qolgan hududlarga nisbatan biroz sovuqligi bilan ajralib turadi. Tumanning 4-sektor hududidagi 10 ta MFYda qariyb 37 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Ayni kunlarda sektor hududidagi aholi muammolariga yaqindan quloq tutish, ularga ijobiy yechim topish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari S.Eshmatov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurish orqali o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda. E’tiborli jihati shundaki, har bir mahalla uchun tuzilgan alohida ishchi guruhlar orqali barcha xonadonlarga kirib borilmoqda. Hozirga qadar uyma-uy yurish orqali 7 033 ta xonadon o‘rganilib, 2 450 ta muammoli masalalar aniqlangan bo‘lsa, ularning 1 141 tasi ijobiy hal etildi:

💠Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardagi 50 nafar bolalarga qishki kiyim-bosh (har biriga qishki oyoq kiyim, shim, kurtka, sharf va bosh kiyim) yetkazib berildi.

💠Ehtiyojmand oilalarga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

💠Salomatligi bilan bog’liq muammolari bor fuqarolar, shu jumladan, nogironlar holidan xabar olindi, malakali shifokorlar tomonidan zarur muolajalar qilinishi choralari ko’rildi.

💠Sektor hududidagi shag’allashtirilishi lozim bo’lgan 54 km ichki yo’llar aniqlanib, amaliy ishlar boshlab yuborildi.

💠Ko‘p qavatli uylar va ijtimoiy obyektlarda o’tkazilgan o‘rganishlarda 23 ta muammo aniqlanib, 12 tasi ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ullarga biriktirildi.

Bundan tashqari, uyma-uy yurishlarda mahallalar o’sish nuqtasini aniqlab, tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o’rganilmoqda.

Ayni paytda Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlar davom etmoqda.

#4_sektor #fergana

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#elon #EHF

EHF taqdim etish muddati uzaytirildi❗️

Respublikamizning ayrim hududlarida kuzatilayotgan elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlar sababli, soliq to‘lovchilarda o‘z majburiyatlarini bajarishida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar munosabati bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, noyabr oyi uchun elektron hisobvaraq-faktura taqdim etish muddati joriy yilning 15-dekabriga qadar (15-dekabr ham kiradi) uzaytirildi.
____
#объявление #ЭСФ

Продлен срок выставления ЭСФ❗️

Исходя из многочисленных обращений, связанных с затруднениями в исполнении налогоплательщиками своих обязанностей по причине нестабильности электроснабжения в некоторых регионах республики, срок выставления электронных счетов-фактур за ноябрь месяц продлён до 15 декабря текущего года включительно.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 12-dekabr

🔹 AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

🔹 AOS toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/4 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

noyabr oyi uchun:

🔹 aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt