Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda

“9-dekabr - xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash” kuni munosabati bilan davlat soliq organlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaning salbiy oqibatlarini oldini olishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. Xususan, ana shunday tadbirlar viloyat DSB hamda Marg’ilon va Quvasoy shaharlari, Uchko’prik, Farg’ona va Furqat tumanlari davlat soliq inspeksiyalari xodimlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo’limi xodimlari tomonidan soliq tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Farg'ona viloyatidagi soliq to‘lovchilarning 94 foizi majburiyatlarini ixtiyoriy bajaradi

2022-yilning 11 oyida
respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ga yetdi.

📈Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilarga tegishli – 98%;
📍Buxoro, Navoiy, Namangan hamda Toshkent viloyatlari – 96%;
📍Qoraqalpogʻiston, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari – 95%;
📍Sirdaryo, Jizzax, Fargʻona, Qashqadaryo viloyatlari – 94%;
📍Andijon viloyati – 93%.

Soliq turlari kesimida:
🔸Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq – 99%;
🔸Aksiz, JShODS, Foyda, mol-mulk va yer soliqlari – 97%;
🔸QQS, AOS, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 95%.

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Bosh qomusimiz 30 yillik yubileyi arafasida munosiblar taqdirlandi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Madhiya sadolari ostida boshlangan tadbirda boshqarma boshlig‘ining 1-o‘rinbosari Nazarjon Polvonov so‘zga chiqib, Bosh qomusimiz demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, aholining erkin va obod turmushini ta’minlash, barcha sohalarda islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir davomida o‘zining samarali mehnati bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan qator xodimlar “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

#8_dekabr

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
#8_dekabr #konstitutsiya_30

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi muborak boʻlsin!

Aziz hamyurtlar, Siz, azizlarni, koʻpmillatli xalqimizni qutlugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan Davlat soliq xizmati organlari jamoasi va oʻz nomimdan tabriklayman.

Bosh Qomusimiz
erishgan va erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning mustahkam huquqiy poydevori boʻlib kelayotganini hammamiz yaxshi anglaymiz va yuksak qadrlaymiz.

Shu boisdan ham bu bayram qalblarimizga quvonch va shukuh bagʻishlab, oilalarimizda, mehnat jamoalari, taʼlim maskanlari, mahallalarda shodu xurramlik bilan nishonlanmoqda.

Mana shunday ulugʻ bayram bilan Siz azizlarga yuksak hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etish baxtiga muyassar boʻlganimdan bagʻoyat xursandman.

Taʼkidlash lozimki, Yurtboshimiz tashabbuslari bilan Yangi Oʻzbekiston poydevoriga tamal toshi qoʻyilishida ham aynan Konstitutsiyamizda muhrlab qoʻyilgan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish gʻoyasi muhim ahamiyatga ega.

Oʻtgan qisqa davrda erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, inson manfaatlari, jahon hamjamiyati bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish davlatimiz siyosatining asosiy yoʻnalishiga aylandi.

Darhaqiqat, bugun Oʻzbekistonda ijtimoiy adolat va insonparvarlik tamoyillarini taʼminlashga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Eng muhimi, bunday oʻzgarishlar natijalarini har bir inson kundalik hayotida koʻrmoqda, his etmoqda.

Hurmatli yurtimiz ahli, aziz vatandoshlar Konstitutsiya kuni bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklab, Sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilayman.

Sherzod Kudbiyev,
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter