Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Qo‘shtepa tumani 4-sektor hududidagi ehtiyojmand oilalar muammolari o‘rganildi

Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘shtepa tumani Qo‘rg‘oncha MFY aholisi uchun xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.

Uyma-uy yurib o‘tkazilgan ochiq muloqotda asosiy e’tibor ehtiyojmand oilalarni qiynayotgan muammolarga qaratildi. 14 nafar fuqarodan kelib tushgan murojaatlar yaqindan o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda mas’ullarga biriktirildi.

Kelib tushgan murojaatlar yuzasidan “Temir daftar” va “Ayollar daftari” turuvchi fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, nikoh to‘yiga hozirlik ko‘rayotgan ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqaroga ham sektor rahbari sovg‘alari berildi.

#sayyor_qabul #4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy ovqatlanish shoxobchalarida o'tkazilayotgan nazorat tadbirlari

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#keshbek
#turizm

🔴 Dam olish kunlari oilamiz bilan Buxoroga bordik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan ikki tomonga - borish va qaytish uchun chipta sotib oldik, mehmon uyidan xona oldik. Sayohatimiz davomida biz shunchaki eski shaharni aylanib chiqdik va muzeylarga, madaniy obida majmualariga bormadik. Biz sayohat uchun keshbek olishimiz mumkinmi?

🔵 Sayohat uchun keshbekga ega bo‘lish uchun bir qator shartlarni bajarish kerak:

📲Soliq mobil ilovasida JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish;
shuningdek, sayohatning barcha uch bosqichi uchun amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, ya'ni:
✈️ avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
⛺️ joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish.

Sizning holatingizda 3-bosqich tugallanmagan, ya'ni madaniy meros obyektlariga tashrif buyurganlik uchun chek mavjud emasligi sababli, sayohat uchun keshbek olish mumkin emas deb hisoblanadi.

❗️Eslatamiz: joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi va sayohat davomida sayohatning barcha uch bosqichini bir vaqtning oʻzida yakunlagan sayyohlar xarajatlari uchun 15 dan 50% gacha keshbekka ega bo‘lmoqda.

👉PQ-232 30.04.2022-yil
👉VMQ-484 31.08.2022-yil

👉 Sayohat uchun keshbek: ilk natijalar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#onlayn_NKM

2023-yil 1-yanvardan aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi:

🔹bank kartalari orqali to‘lovlarni
qabul qilish;

🔹onlayn-NKM joylashgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotni soliq organlariga taqdim etish (virtual kassalar va onlayn nazorat-kassa mashinasi sifatida foydalanilayotgan bank kartalarini qabul qiluvchi terminallar bundan mustasno);

🔹chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun — shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash.

👉04.10.2021 yildagi PQ-5252-son

👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga taqdim etilgan imtiyozlar
👉Imtiyozlar soliq hisobotlarida qanday aks ettiriladi?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt