Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Farg‘ona shahar davlat soliq inspeksiyasi bilan bog‘liq videomurojaatda qayd etilgan holatlar Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan shaxsan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.

E’lon qilingan xabarlar qanchalik asosli ekanligi boshqarma rahbariyati tomonidan batafsil o‘rganib chiqiladi va qisqa fursatlarda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Farg’ona viloyati DSB matbuot xizmati

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblab chiqarishda bino va inshootlar soliq bazasi bo‘yicha kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan turli fikr va xulosalar bildirilmoqda.

👉 kiritilgan o‘zgartirishlar yuzasidan izoh

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Huquqbuzarliklar haqidagi har bir murojaat batafsil o‘rganiladi

Davlat soliq qo‘mitasi aholi murojaatlari asosida o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim munosabatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

“Soliq” mobil ilovasi orqali yo‘llangan murojaatlar asosida nazorat tadbirlari o‘tkazilishidan avval, har bir murojaat batafsil o‘rganib chiqiladi.

Onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali chop etilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasiga avtomatik kelib tushadi, murojaatchining xabari bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat-kassa texnikasi maʼlumotlari bilan solishtiriladi.

Bunda avtomatik rejimda ushbu obyektdagi nazorat-kassa texnikasidan chek chop etish davri, summasi, murojaatda ko‘rsatilgan tovar nomenklaturasi, yaʼni har bir detalga alohida eʼtibor qaratiladi.

Murojaatda keltirilgan huquqbuzarlik tasdiqlansa, ushbu huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilangan miqdorlarda jarima belgilanadi. Jarima tadbirkorlik subyekti tomonidan 10 kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda to‘langanda jarima miqdori ikki baravarga kamaytiriladi.

❗️Chek talab qilish faqatgina moddiy rag‘bat uchun, taqdim etish esa jarimadan xalos bo‘lish uchungina amalga oshirilmasligi lozim.

Bu jarayonlarda o‘z haq-huquqlarimiz va majburiyatlarimizni to‘la anglab yetgan holda, ularni o‘z vaqtida ado etishni odatga emas madaniyatga aylantirishimiz lozim.

👉Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Xarid cheklarini berish bilan bog‘liq tekshirishlar to‘g‘risida

Davlat soliq qo‘mitasi oxirgi vaqtlarda xarid cheklarini berish bilan bog‘liq o‘tkazilayotgan sayyor soliq tekshirishlari bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan ayrim postlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Soliq organlari maʼmurchilikni amalga oshirishda quyidagilarga tayanadi:
🔸tadbirkorlar uchun bir xil sharoitdagi muhitni yaratishga erishish;
🔸“yashirin iqtisodiyot”ga barham berish.

Shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va professional ekspertlarning tahlil va xulosalari respublikamizda yashirin iqtisodiyotning ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lib, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida bu ko‘rsatkich 70 foizgacha yetishi maʼlum qilingan.

Shu munosabat bilan xufiyona iqtisodiyotni jilovlashga qaratilgan soliq maʼmurchiligining zamonaviy instrumentlari qatorida, chek bermaslik, plastik kartalarga savdo qilishdan bosh tortish, plastik kartalarga tovarlarni narxini oshirib sotish va boshqa qonunbuzilishlari ustidan keng jamoatchilik nazorati instituti ishga tushirilib, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish uchun “Soliq” mobil ilovasi amaliyotga kiritildi.

Ushbu o‘zgarishlarga fuqarolarning faol ishtiroki kuzatilib, yil boshidan buyon 13 mingga yaqin fuqarodan 66 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi.

Mazkur murojaatlar asosida nazorat tadbirlarini o‘tkazishdan oldin, ijtimoiy tarmoqlarda keltirilganidek hech qanday tahlillarsiz emas, ularning har biri sinchkovlik bilan o‘rganib chiqilmoqda:

Onlayn kassa mashinalari orqali urilgan har bir chek soliq organlari maʼlumotlar bazasida aks ettirilib, murojaatchining xabari asosliyligi bevosita ushbu subyektga o‘rnatilgan onlayn nazorat kassa mashinasi ko‘rsatkichlari bilan solishtiriladi.

Aynan shunday tahlillar natijasi bilan 30 mingga yaqin murojaat bo‘yicha tekshirish o‘tkazish rad etilgan.

Lekin, qolgan qismi tekshirilganda - afsuski 97 foizida haqiqatda chek urilmaganligi bo‘yicha murojaatchilarning xabari tasdig‘ini topdi.

Amalga oshirilayotgan tadbirlar soliq to‘lovchilarni jazolash emas, belgilangan soliq siyosati asosida budjetga to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan.

Soliq to‘lovchilarga soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini ijro etishida yordam berish hamda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida chora qo‘llashdan oldin bartaraf etishga imkoniyat yaratish talabidan kelib chiqib Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni eʼlon qiladi.

Joriy yil 1-iyundan boshlab:
Birinchidan,
“Soliq” mobil ilovasi orqali mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, birinchi marotaba kelib tushgan murojaat bo‘yicha soliq to‘lovchi huzuriga borgan holda, profilaktik suhbat o‘tkazilib, tadbirkorlik subyektining qonun talablarida ish yuritishi to‘g‘risida rasman ogohlantiriladi. Unga nisbatan taʼsirchan moliyaviy jazo choralari ko‘rilmaydi.

Mazkur ogohlantirishdan keyin ham xulosa qilinmasdan, qonun buzilishlari davom ettirilib, ushbu tadbirkorlik subyekti bo‘yicha ikkinchi marotaba murojaat kelib tushsa belgilangan tartibda o‘rganish o‘tkaziladi va natijasi bo‘yicha soliq tekshiruvi tashkil etiladi.

Ikkinchidan, murojaat bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilayotgan yoki o‘tkazilgan tekshiruv natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish jarayonida ushbu subyekt bo‘yicha takroriy tushgan murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi.

Uchinchidan, jamoatchilik nazoratini kengaytirish maqsadida, bir fuqaro tomonidan 24 soat ichida 2 tadan ortiq hamda 30 kalendar kuni davomida 1 ta shoxobcha bo‘yicha 1 martadan ko‘p murojaat yuborilishiga cheklov o‘rnatiladi.

To‘rtinchidan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi murojaatlari, mukofot to‘lanmaydigan murojaatlar sifatida qayd qilinadi.

Davlat soliq qo‘mitasi ushbu o‘zgartirishlarni inobatga olgan holda, chek talab qilib, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan fuqarolarimizni rag‘batlantirishni va noqonuniy ishlash yo‘lini tanlagan ayrim subyektlarga nisbatan taʼsirchan nazorat tadbirlari izchil davom ettiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram