Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#EHF #MXIK

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Ijtimoiy tarmoqlar orqali ishonchnomalarni MXIK kiritmasdan rasmiylashtirishga cheklov qo'yilganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Eslatib o'tamiz, soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shilgan:

🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).

Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.

Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa, ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.

MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.

Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.

Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.

Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#EHF

Bir tomonlama EHF rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (kommunal, aloqa va moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi subyektlardan tashqari) jismoniy shaxslar uchun bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati joriy yilning 11-iyulidan boshlab cheklanishi ma'lum qilingan edi.

Bunda, kommunal, aloqa va moliyaviy xizmatlarga tegishli MXIK kodlari (jami 147 ta) bo‘yicha bir tomonlama EHF yaratish imkoniyati saqlab qolindi.
👉Ruxsat etilgan MXIKlar ro‘yxati

Bir tomonlama EHF to‘xtatilishidan maqsad – jismoniy shaxslarga tovarlar (xizmatlar) naqd pulga yoki plastik karta orqali sotilganda, onlayn-NKM cheki berilishini nazorat qilish va ushbu maʼlumotlarning elektron soliq hisobotida avtomatik shakllantirishda tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish.
👉Soliq kodeksi 47-modda 3-qism

Shu bilan birga, xizmatlar eksporti va importi hamda tovarlar bozor va bojxona narxidan past narxda realizatsiya qilingan hollarda bir tomonlama EHF rasmiylashtirish imkoniyati mavjudligi maʼlum qilinadi.

Eslatma:
tovar (xizmatl)arni jismoniy shaxslarga sotish (berish) to‘lovsiz yoki to‘lovlar onlayn-NKM orqali qabul qilinmasdan amalga oshiriladigan boshqa holatlarda jismoniy shaxsning ismi, sharifi va JSHSHIR maʼlumotlari ko‘rsatilgan holda ikki tomonlama EHF rasmiylashtirilishi lozim. Bunda EHFni imzolash ERI orqali amalga oshiriladi.
👉VMQ-489 2-ilova 61-band 14.08.2020

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram