Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.46K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#markirovka

Vazirlar Mahkamasining “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini majburiy markirovklashni boshlash belgilangan. (149-son 02.04.2022-yil)

Mahalliy dori vositalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarga markirovkalash uskunalarini tanlashda amaliy ko‘mak berish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan mazkur jarayonlarga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 1-iyul kuni Fiskal institutda uskunalarni yetkazib beruvchi (integrator) korxonalar ishtirokida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Ko‘rgazmada 40 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona, 11 ta integrator, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi
va “CRPT Turon” MCHJ mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada dastlab mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun integratorlar tomonidan uskunalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi hamda jihozlashning dolzarb masalalari va texnik talablari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda integratorlar tomonidan uskunalarning ishlash jarayoni, ularning afzalliklari ko‘rsatib berildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#bilasizmi #soliq_imtiyozi

Onlayn nazorat-kassa texnikalari va 2D-skanerlarni sotib olishga soliq imtiyozlari berilgan

🗓2023-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlariga onlayn nazorat-kassa mashinasi hamda virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar)ning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, lekin bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan

foyda solig‘i;
aylanmadan olinadigan soliq;
yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilgan.

Asos:
PQ-5252

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#deklaratsiya

Deklaratsiya taqdim etgan 36 427 nafar farg'onalik fuqaroga daromad solig‘i qaytarildi

Respublika bo'yicha deklaratsiya taqdim etganlarga "kontrakt" to‘lovi uchun 175,2 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.

Joriy yil 1-yarmida:
🔹491 938 nafar
fuqaro deklaratsiya taqdim etdi;
🔹deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 150,8 mlrd so‘mni tashkil etdi;
🔹79 685 nafar fuqaro deklaratsiyalarni elektron shaklda topshirdi.

O‘tgan yilning 1-yarmiga nisbatan:
🔸deklaratsiya taqdim etish 110,2% (446 606 nafar);
🔸deklaratsiyalar asosida to‘langan soliq summasi 3 barobar (49,8 mlrd so‘m);
🔸deklaratsiyalarni elektron shaklda tapshirish 23 barobar (3 469 nafar) o‘sdi.

2022-yil dastlabki 6 oyida:
🔸JShODS imtiyozlari
dan foydalangan 161 518 nafar fuqaroga 202,6 mlrd so‘m daromad solig‘i qaytarildi.
🔸Shundan, "kontrakt" to‘lagan 135 325 nafar fuqaroga 175,2 mlrd so‘m (84%) qaytarildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 5-iyul

iyun oyi uchun:

🔹 banklar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan to‘lovlar (dividendlar va foizlar to‘lovidan tashqari) bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini budjetga o‘tkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 2-qismi);

🔹 iyun oyida natura holida (qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan va qayta ishlangan, xodimlarning yozma arizasiga ko‘ra shartnomaviy narxlarda beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) to‘langan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini va SHJBPHga majburiy badallarni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005 yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#2D_skaner #onlayn_NKM
#imtiyoz

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

2D-skaner
– mahsulotlardagi QR, DataMatrix, PDF 417 va boshqa kodlarni tezkorlik va aniqlik bilan o‘qish imkoniga ega qurilmadir.

2D-skaner quyidagi qulayliklarni yaratadi:
– 2D-shtrix-kodlarini o‘qish va hisobini yuritish;
– mahsulotlarning markirovka kodlarini o‘qish;
– shikastlangan va aniqlash qiyin bo‘lgan DataMatrix kodlarini o‘qish.

2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉PQ-5252, 3-band 4.10.2021

Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha:
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).

2023-yil 1-yanvardan, chakana savdoni amalga oshiruvchi barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn nazorat-kassa texnikalaridan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252, 4.10.2021-yil

Davlat soliq xizmati organlari barcha tadbirkorlik sub’ektlariga savdo jarayonlarida onlayn-NKM yoki virtual kassa hamda 2D-skaner qurilmalaridan foydalanib, sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish bilan birga, soliq imtiyozidan foydalanishni tavsiya etadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram