Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Dang‘ara tumanidagi sayyor qabuldan so‘ng ichki yo‘llar asfaltlashtirildi

Viloyatning olis hududlarida yashayotgan aholi muammolariga quloq tutish, zarur yechimlarni berish maqsadida 4-sektor rahbariyati tomonidan Dang‘ara tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ahamiyatlisi, aynan bir joyning o‘zida emas, aksincha, xonadonma-xonadon yurib o‘tkazilgan sayyor qabulda mas’ullar Yashik va Qiyali qo‘rg‘oncha mahallalarida turli masalalarda murojaat qilgan xonadonlarga kirib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish choralarini ko‘rdilar.

🔹Sayyor qabul jarayonida Qiyali qo‘rg‘oncha mahallasi aholisi uchun 10 nafardan ziyod shifokorlar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Shifokorlar tavsiyasi bilan 128 turdagi dori vositalari bepul berildi.

🔹Shuningdek, mahalla ahlining murojaatlariga ko‘ra Birdamlik ko‘chasi ichki yo‘llari homiylar ko‘magi bilan asfaltlashtirildi.

🔹Bundan tashqari, tadbir davomida kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram I Facebook I
#bilasizmi

Foydalanilmayotgan obyektlarga mol-mulk va yer solig‘i oshirilgan stavkada qo‘llaniladi

Muddatida tugallanmagan qurilish obyektlari, bo‘sh bino, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshoot, ishlab chiqarish maydonlarining 50 foizdan ko‘prog‘idan foydalanilmagan bo‘lsa, bo‘sh turgan obyekt va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydoni sifatida e’tirof etiladi.

Bunday obyektlar mulkdoriga mol-mulk va yer solig‘i o‘rnatilgan stavkaga nisbatan oshirilgan stavkada hisoblanadi.

Bunda:
3 oyga qadar 2 baravar;
3 oydan so‘ng 5 baravar;
6 oydan so‘ng 10 baravar;
12-oydan boshlab kelgusi har 12 oyda oxirgi oshirib qo‘llanilgan miqdorning 2 baravarida hisoblanadi.

🔁Foydalanilmayotgan obyekt ishga tushirilganda ta’sirchan mexanizm natijasida oxirgi 12 oy uchun hisoblangan soliq summasi mulkdorga qaytariladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Uchko‘prik tumanida ham sayyor qabul o‘tkazildi

📍4-sektor rahbariyati tomonidan aholi muammolarini uyma-uy o‘rganish orqali ijobiy hal etish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Uchko‘prik tumani Qorayantoq MFYda tashkil etildi.

Qabul jarayonida kelib tushgan murojaatlarga ko‘ra, kam ta’minlangan oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, davolanishga ehtiyojmandlarga esa bepul dori-darmon hamda ikki nafar fuqaroga sihatgoh uchun yo‘llanma taqdim etildi. Bundan tashqari, 12 nafar fuqaroga suyultirilgan gaz ballonlari berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.

#4_sektor

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg'onada o'zini o'zi band qilgan shaxslar soni 180 mingdan oshdi

2022-yil 10-iyun holatiga ko'ra, Farg'ona viloyatida jami 184 355 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan. Ularning 54 712 nafari joriy yilda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tgan.

Joriy yil boshidan buyon 30 631 ming nafar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs tomonidan jami 8,1 mlrd so‘m ijtimoiy soliq to‘langan.

📌O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt:

1.
O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi.

2.
Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism

3. 70 ga yaqin faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).

4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil

5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.

#ozini_ozi_band_qilish

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quvasoy shahridagi yangi loyiha evaziga 320 ta ish o‘rni yaratiladi

Mamlakatimiz sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlariga yuqori texnologiyalarni keng joriy etish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish orqali hududlarda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, eksportni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida qabul qilingan PQ-72-son qaror doirasida joylarda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Quvasoy shahar Pakana MFY hududida keramogranit plitalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Art soft ceramics” MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Mazkur loyihaning qiymati 7,5 mln. AQSh dollari bo‘lib, 320 ta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda. Ayni damda qurilish ishlari yakuniy bosqichga kirgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔊O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal institut o‘qishga taklif etadi

Institutda👉

Soliqlar va soliqqa tortish;
Buxgalteriya hisobi va audit;
Raqamli iqtisodiyot;
Xalqaro soliqqa tortish qo‘shma ta’lim dasturi;

yo‘nalishlari asosida o‘qitiladi.

📌Institutda dunyodagi oliy ta’lim muassasalari reytingida TOP-500 talikka kiruvchi Rossiya federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

👨‍🏫Ta’lim berish uchun 50 foizi xorijda o‘qigan va tajriba orttirgan professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 15-iyun

may oyi uchun:

🔹 hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

🔹aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).
___________

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
2022-yil uchun sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan sektor rahbarlarining faoliyati samaradorligini baholashning yangi tizimi joriy etildi.

Unga koʻra, quyidagilar baholashning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

👉 hokim yordamchilari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

👉 yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

👉 xotin-qizlar faollari faoliyati samaradorligi boʻyicha statistik koʻrsatkichlar yigʻindisi;

👉 mahallalarda sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlar (48 turdagi mahallada sodir etilgan jinoyatchilikni oʻtgan yilga nisbati);

👉 sektor rahbarlarining shaxsiy tashabbuskorligi bilan amalga oshirilgan ishlari (yoʻl qurish, ichimlik suvi bilan taʼminlash, gazlashtirish, obodonlashtirish, bunyodkorlik ishlari va boshqa);

👉 tuman (shahar) boʻlinmalari rahbarlarining sohaviy xizmat faoliyati samaradorligining baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

👉 tuman (shahar) aholisi va MFY raislarining sektorlar faoliyatidan qoniqish darajasi boʻyicha soʻrovnoma natijalari;

👉 sektorlar rahbarlarining bilimini ilm.argos.uz platformasi orqali sinovdan oʻtkazish natijalari bilan shakllantiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan xatoliklar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan holatlardan biriAOS hisobotining jami daromadlar tarkibidagi summalarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 040-satrida aks ettirilgan daromadlar summasi ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: ushbu holat bo‘yicha 2021-yilda 194 ta tashkilot soliq hisobotida jami 665,5 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉AOS hisobotida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy va salbiy kurs farqi qanday aks ettiriladi?

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉aksiz solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini hisobotlarda noto‘g‘ri aks ettirish

👉QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik

👉QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida to‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar

👉moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va QQS hisobotida aks ettirilgan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan sof tushum ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida Soliq kodeksining 314-moddasi bo‘yicha QQSga doir xarajatlar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2022-yil 20-iyun

may oyi uchun:

QQS hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1- va 2-qismlari);

agar may oyida dividendlar va foizlar hisoblangan bo‘lsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari bo‘yicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-va 4-qismlari);

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200-baravaridan kamroqni tashkil etadigan, aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar bo‘lmagan yuridik shaxslar, shuningdek aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar va YaTTlar tomonidan yillik soliq summasining 1/4 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200-baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan AOSni to‘lovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌“Soliq xabarlari” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida:

👉 4-sektor rahbariyati tomonidan Dang'ara tumanida sayyor qabul tashkil etildi;

👉 Marg'ilon shahridagi savdo obyektlarida onlayn-NKMdan foydalanish va qonuniy faoliyat yuritish borasida o'tkazilayotgan o'rganishlar;

👉 Soliq qarzdorligi katta bo'lgan subyektlarda amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari;

👉 Quva tumani 4-sektor hududida ayollar bandligini ta'minlash masalalari;

👉 Xususiy bog‘cha va maktablar uchun 1-apreldan soliq imtiyozi berildimi?

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

📌Soliq kodeksining 15-moddasiga ko'ra, soliq munosabatlarida soliq to‘lovchilar kontragentlarni tanlash chog‘ida

🔹ularning soliq organlarida soliq to‘lovchilar sifatida hisobga qo‘yilganligini;

🔹kontragentning ishbilarmonlik obro‘sini;

🔹ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini;

🔹moliyaviy holatini;

🔹bitim bo‘yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib,

lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.

❗️Soliq to‘lovchi tomonidan uning oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo‘yicha qilingan xarajatlar (ko‘rilgan zararlar), agar ushbu soliq to‘lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt