Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini tushuntirish, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olishda soliq to‘lovchilarga ko‘maklashish maqsadida soliq organlari tomonidan tekshiruvdan oldingi tahlillar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlillar davomida taqdim etilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va QQS hisobotida aks ettirilgan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan sof tushum ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar aniqlanmoqda.

Bunga sabab –
moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlarini so‘m birlikda to‘ldirilib taqdim etilishidir.

Moliya Vazirligining 27.12.2002-yildagi “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 140-sonli buyrug‘iga muvofiq “Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot” ming so‘m o‘lchov birligida to‘ldirishi belgilangan.

Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot ko‘rsatkichlari ming so‘m o‘lchov birligida to‘ldirilib taqdim etilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 11 367 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 4 488 ,1 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Davlat soliq organlari tomonidan Soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Shu asosda tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq to‘lovchilarga tushuntirilib, o‘tkazilish ehtimoli bo‘lgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida ko‘p uchrayotgan holatlardan biri sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – sug‘urta tashkilotlari tomonidan taqdim etilayotgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 060-satr 5-ustunida aks ettirilgan summalarni foyda solig‘i hisobotining Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 020-satrida to‘g‘ri aks ettirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: yuqoridagi holatlar bo‘yicha 2021-yilda 13 ta sug‘urta tashkiloti soliq hisobotlarida jami 53,9 mlrd so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan xatoliklar

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p uchrayotgan holatlardan biriAOS hisobotining jami daromadlar tarkibidagi summalarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – soliq to‘lovchilar tomonidan aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobi Jami daromadlar ilovasi (1-ilova) 040-satrida aks ettirilgan daromadlar summasi ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.

Ma’lumot uchun: ushbu holat bo‘yicha 2021-yilda 194 ta tashkilot soliq hisobotida jami 665,5 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉AOS hisobotida valyuta hisobvaraqlari bo‘yicha ijobiy va salbiy kurs farqi qanday aks ettiriladi?

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida salbiy kurs farqidan olingan zarar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉aksiz solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga nisbatan soliq stavkalarini hisobotlarda noto‘g‘ri aks ettirish

👉QQS to‘lovchilari tomonidan realizatsiya qilingan tovarlar (xizmat) uchun onlayn-NKM orqali chop etilgan cheklarda QQS summasini aks ettirmaslik

👉QQS hisobotida soliq solinadigan bazaga kiritiladigan aksiz solig‘i summasi hamda ushbu davr mobaynida to‘langan aksiz solig‘i summasi o‘rtasidagi tafovutlar

👉moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va QQS hisobotida aks ettirilgan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishdan sof tushum ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi tafovutlar

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida Soliq kodeksining 314-moddasi bo‘yicha QQSga doir xarajatlar summalarini noto‘g‘ri aks ettirish

👉sug‘urta tashkilotlari tomonidan foyda solig‘i hisobotini taqdim etish jarayonida sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatishdan olingan daromad summalari noto‘g‘ri aks ettirish

👉foyda solig‘i hisobotini taqdim etishda salbiy kurs o‘zgarishidan olingan daromad summasi noto‘g‘ri aks ettirish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram