Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.99K subscribers
4.71K photos
519 videos
41 files
2.4K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Тошлоқда вилоят сектор раҳбарларининг сайёр қабули бўлиб ўтди

Тошлоқ туман ҳокимлиги мажлислар залида вилоят ҳокими Хайрулло Бозоровнинг ва вилоят секторлари раҳбарларининг фуқаролар сайёр қабули бўлиб ўтди. Қабулга вилоят бошқармалари, корхона-ташкилотлари раҳбарлари, шаҳар ва туманлар ҳокимлари ҳам жалб этилди.

Вилоятнинг барча шаҳар ва туманларидан келган 100 дан зиёд фуқаролар томонидан бандлик, тадбиркорлик, банк кредити олиш, уй-жой, моддий ёрдам, субсидиялар ажратиш, коммунал хизмат, тиббий хизматлар, шунингдек жойларда маҳаллаларни ободонлаштириш каби масалаларда қилинган мурожаатларнинг кўпи қабул чоғида ўз ечимини топди. Ҳал этилиши учун муддат талаб этиладиган мурожаатлар бўйича мутасаддиларга тегишли топшириқлар берилиб, ижроси қатъий назоратга олинди. Шунингдек, суд ва ҳуқуқни муҳофаза қилувчи идораларга доир масалалар ҳам жойида соҳа мутасаддиларига йўналтирилди.
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

"Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish oyligi"da faol ishtirok eting!

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-martidan 15-apreliga qadar davlat soliq xizmati organlarida “Davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish” oyligi deb e’lon qilindi.

Ushbu oylikni o`tkazishdan maqsad jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyani oldini olish, shuningdek, soliq xodimlari ish faoliyatida korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.

❗️Hurmatli soliq to`lovchilar!

Farg'ona viloyati davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy davlat soliq inspeksiyalari faoliyatida korrupsiyaga duch kelsangiz, telegramdagi @dsq_anticorrupciya_bot yoki (73) 241-71-04 va (73) 241-70-61 ishonch telefonlari orqali bizga xabar bering!

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Farg'ona viloyati davlat soliq boshqarmasi

Telegram I
#tashrif

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Muhtaram Prezidentimiz so‘nggi yillarda soliq maʼmuriyatchiligining tubdan o‘zgarayotganligini qayd etib, erishilayotgan natijalar ortida davlat soliq xizmati xodimlarining mashaqqatli va sermahsul mehnati borligini taʼkidladilar.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat asosida sohada tub islohatlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbari navbatdagi muhim vazifalarni belgilab berdilar.

Jumladan, Soliq organlari xizmat ko‘rsatishga transformatsiya qilinganini taʼkidlab, endilikda soliq xizmati organlari tadbirkorga ko‘makchi, maslahatchi va yordamchi bo‘lishini oldimizdagi eng muhim vazifa etib belgilab berdilar.

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi so‘zsiz taʼminlanadi va biz soliq organlari transformatsiyasini davom ettiramiz. Bunda tadbirkorlarimizga ko‘makchi bo‘lish asosiy tamoyil bo‘lib saqlanib qoladi va bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan tashrif buyurib, soha xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashishini butun soliq tizimining yuksak darajadagi eʼtirofi deb bilamiz. Bunday eʼtirof o‘z navbatida bizga katta masʼuliyat yuklaydi.

Men, o‘z navbatida, davlat soliq organlarida sidqidildan samarali mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, ayniqsa, soliq metodologiyasi, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlarga alohida minnatdorligimni bildiraman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi