Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Ko‘chmas mulkini ijara beruvchi jismoniy shaxslar uchun yaxshi yangilik

🏠2022-yil 1-yanvardan
jismoniy shaxslar o‘rtasida tuziladigan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish uchun soliq organlariga borish shart emas.

🔑Hisobga qo‘yishni elektron raqamli imzo bilan ijara.soliq.uz sayti orqali tez va oson amalga oshirish imkoniyati yaratildi.

❗️DIQQAT! Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan ijara shartnomalarini soliq organlarida hisobga qo‘ymaslik bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi #e_ijara

🗓2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarining elektron tizimlarida hisobga qo‘yish masofadan turib 🌐e-ijara.soliq.uz platformasi orqali faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

❇️Davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarida saqlanayotgan tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari sanoqdan (inventarizatsiyadan) o‘tkazilmaydi va soliq solish maqsadlarida soliq to‘lovchining omborida mavjud emas deb baholanadi❗️
#e_ijara #QQS

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara dasturi orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadimi?

2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida faqat elektron shaklda hisobga qo‘yishi belgilandi.

❗️Shartnomalarini ushbu dastur orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilishi yoki QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

🖥 DSQ tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturi orqali amalga oshirilmoqda.

🗓Dastur orqali soliq to‘lovchilar 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran tuzilgan shartnomalarni hisobga qo‘yishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS #e_aktiv #e_ijara #press_tur

Tadbirkorga 1,1 mlrd. so‘mlik ortiqcha QQS to‘lovi qaytarildi

📌Farg‘ona viloyatida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🗓Joriy yil yanvar oyining o‘zida Farg‘ona shahridagi 300 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan masalalar o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda 2022-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar targ‘iboti olib borilmoqda.

Xususan, 2019-yilda tashkil etilgan "SWISSAGRO" qo‘shma korxonasi ayni paytda 17 turdagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Soliq idoralari xodimlari tomonidan korxona vakillari bilan uchrashib, chetdan olib kelingan ishlab chiqarish uskunalari va xom ashyo sotib olish natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish masalasi ko‘rib chiqildi. Tadbirkorning murojaati qisqa fursatda qanoatlantirib, korxona hisob raqamiga 1,1 mlrd. so‘m qaytarilishida ko‘maklashildi.

Viloyat DSB xodimlari Farg‘ona shahrida armatura maxsulotlari ishlab chiqaruvchi "ZHONG MIN METAL PRODUCTS" korxonasida ham bo‘ldilar.

♻️Tadbirkor bilan ochiq muloqot jarayonida soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, xususan, E-aktiv, E-ijara platformalari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi.

Uchrashuvlarda OAV vakillari ham ishtirok etib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt