Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Har bir tadbirkor bilan yuzma-yuz uchrashgan holda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda

Joriy yil 1-noyabrdan 29-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Oltiariq tumanida chakana savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning huquqlari hamda soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Farg'ona viloyat soliq boshqarmasida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#antikorrupsiya

Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi

Xabaringiz bor, joriy yil 1-noyabrdan 29-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda tizim xodimlari uchun profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona shahri, Oltiariq, Toshloq va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda davlat xizmatchilari, xususan, soliqchilar, oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlardan reportaj

©️Farg‘ona TV

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Soliq xizmati organlarida korrupsiyaga o‘rin yo‘q

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi majlislar zalida seminar tashkil etildi.

Unda viloyat prokuraturasi vakillari, boshqarma rahbariyati, shaxsiy tarkib hamda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari (videokonferens aloqa orqali) ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishish madaniyatini oshirish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish va sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.

Shuningdek, soliqchilar oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida eslatib o‘tildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Soliq organlarida korrupsiyaning oldini olish maqsadida “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkaziladi

Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi tadbir Farg‘ona shahar soliq inspeksiyasida o‘tkazildi.  Unda so‘zga chiqqanlar Soliq qo‘mitasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati” tasdiqlanganligi hamda mazkur siyosatda belgilangan chora-tadbirlar egallab turgan lavozimi, bajaradigan vazifa va funksiyalardan qat’i nazar barcha xodimlar uchun majburiyligi, belgilangan tartibni buzgan har bir xodim shaxsan javobgar ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, soliq tizimidagi xizmatlar sifati va tezligini, shuningdek, mas’ul xodimlarning huquqbuzarlik sodir etishiga moyilligini aniqlash maqsadida mustaqil tashkilotlar orqali “Sirli mijoz” tadbirlari o‘tkazilishi, mazkur jarayonda xodimlar tomonidan belgilangan odob-ahloq qoidalariga rioya qilinishi, ularning pora olishga moyilligi o‘rganilishi ogohlantirib o‘tildi.

Tadbir yakunida korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish muhitini yaratishga har bir xodim mas’ul ekanligi eslatib o‘tildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat taraqqiyotining asosi

Soliq xizmati organlarida korrupsion huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish hamda jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.

Beshariq, Furqat, Rishton va O‘zbekiston tumanlari soliq inspeksiyalari
xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaning barvaqt oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Muloqotlar davomida davlat xizmatchisi uchun soliq organlarida qo‘yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar, mansab vakolatini suiiste'mol qilish holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari eslatib o‘tildi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube