❓O‘zimga tegishli turar joyni yaqin tanishimga ma’lum bir haq evaziga ijaraga berdim. Mazkur holatda ijarachi yaqin tanishim bo‘lganligi bois ijara shartnoma tuzmasam, qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilganmi?
✅Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 159-prim 1-moddasiga ko‘ra, fuqarolar o‘rtasida binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni ijaraga berish shartnomasining, tekin foydalanishga berish shartnomasining mavjud emasligi yoxud davlat soliq organlarida ijaraga berish shartnomasining majburiy hisobga qo‘yilishiga rioya etmaslik👉
bazaviy hisoblash miqdorining (375 000 so‘m) besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma
#savol_javob #e_ijara
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

❓Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?
✅Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:
1) ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;
2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
3) soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;
4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.
❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. O‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.
#savol_javob