Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.93K photos
541 videos
42 files
2.51K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

Xoʻjalik subyektlari rasmiylashtirayotgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) soliq xizmati organlari tomonidan doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

🔸elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal va aloqa xizmatlari;
🔸temir yoʻlda tashish;
🔸transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🔸quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
🔸tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

❗️Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#EHF

10-noyabr dam olish kuniga (ishlanmaydigan kun) to‘g‘ri kelganligi sababli, EHF rasmiylashtirishning oxirgi muddati 11-noyabrga koʻchirildi.

❗️Eslatib o'tamiz, EHF qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etilishi va qabul qilinishi lozim.
__________
#ЭСФ

В связи с тем, что 10 ноября - выходной (нерабочий) день, последний день оформления ЭСФ перенесен на 11 ноября.

❗️Напоминаем, что выставлять и принимать ЭСФ следует в установленные законодательством сроки.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF #MXIK

Elektron hisobvaraq-fakturalarda paxta xom ashyosi tonnada realizatsiya qilinishi lozim

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, paxta yetishtiruvchilar tomonidan birja savdolari orqali realizatsiya qilingan (elektron hisobvaraq-faktura asosida) bir tonna paxta xom ashyosi uchun Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 mln so‘m miqdorida subsidiya beriladi.
❗️Paxta-to‘qimachilik korxonalari tomonidan yetishtirilgan paxta xom ashyosi hamda urug‘lik paxta bundan mustasno.

Shundan kelib chiqib, paxta xom ashyosi va paxta tolasi uchun MXIKga yagona o‘lchov birligi sifatida - tonna biriktirildi.

Endilikda, ushbu mahsulotlar uchun elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirishda tonna o'lchov birligi avtomatik ravishda shakllanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#EHF

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolariga yechim berishda davom etmoqda

Soliq qo‘mitasi rahbariyatining tadbirkorlar bilan uchrashuvlarida ular tomonidan biznes jarayonlarini yengillashtirish, xususan, majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF tasdiqlash muddatini (1 kun) uzaytirish taklifi bildirildi.

❗️Markirovka qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha EHFni tasdiqlash muddati 3 (uch) kungacha uzaytiriladi.

Qonunchilikka ham o‘zgartirish kiritish taklifi tayyorlanadi.
_______________
#ЭСФ

Налоговый комитет продолжает содействовать в решении проблем предпринимателей

В ходе встреч руководства Налогового комитета предпринимателями озвучиваются просьбы для облегчения бизнес-процессов, в частности, увеличить сроки (1 день) подтверждения ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой.

❗️Срок подтверждения ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой продлевается до 3 (трех) дней.

Будет подготовлено предложение по внесению изменений в законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

EHF quyidagilar uchun kalendar oyning soʻnggi kuni bilan mazkur oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta taqdim etiladi:

⚡️elektr va (yoki) ☀️issiqlik energiyasi;
💦suv;
🔥 gaz;
🏠kommunal va 📞 aloqa xizmatlari;
🚉temir yoʻlda tashish;
🚗transport-ekspeditorlik xizmatlari;
🏗quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar;
✔️tovar (xizmat)lar doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilgan (xizmatlar koʻrsatilgan)da.

🗓Bunda, EHF tovar (xizmat)lar realizatsiya qilingan oydan keyingi oyning 10-kuniga qadar, realizatsiya amalga oshirilgan oyning oxirgi sanasi bilan rasmiylashtiriladi.

📈 Agar realizatsiya qilingan mahsulot qiymati o‘zgarsa...

Qonunchilikka muvofiq, realizatsiya qilinayotgan tovarlar qiymati yoki miqdori oʻzgarganda qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHF taqdim etish mumkin.

Shuningdek, ilgari taqdim etgan soliq hisobotida hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgarganda soliq hisobotiga zarur tuzatishlar kiritilishi va aniqlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim.

Soliq organlarida mavjud maʼlumotlar tahlil qilinganda ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan qoʻshimcha yoki tuzatilgan EHFlar boʻyicha qayta soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi natijasida soliq hisoblanmaslik holatlari aniqlanmoqda.

❗️Soliq toʻlovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib oʻtamiz.

💯EHFlarni belgilangan muddatlarda rasmiylashtirganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingida 10 ball beriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyot #EHF #QQS

Elektron hisobvaraq-fakturalarni oʻz vaqtida toʻldirish shart

EHF tovarlar joʻnatilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar koʻrsatilgan kalendar sanada rasmiylashtirilishi shart. Belgilangan hollarda oyning soʻnggi kuni bilan keyingi oy 10-kuniga qadar o‘tgan oy davomida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun bir marta EHF taqdim etiladi.
👉 VMQ-489-son 14.08.2020

Soliq to‘lovchilarning elektron tizimga o‘tishlarini yengillashtirish va qulay sharoit yaratish hamda soliqchi-ko‘makchi tamoyili asosida elektron hisobvaraq-fakturalarni (EHF) keyingi oyning 10-sanasigacha rasmiylashtirish imkoniyati berilgan.
Hozirda 1 000ga yaqin korxona oy boshida QQS hisoboti taqdim etilgandan keyin EHF rasmiylashtirmoqda. Bu orqali kontragent uchun QQSni asossiz hisobga olish manfaatida ayrim tadbirkorlar tomonidan soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash, soliq summalarini kamaytirishga oid turli sxemalardan foydalanib ushbu berilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilish holatlari aniqlanmoqda.

Jumladan, "Sh. J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun QQS hisobotini 2025-yil 1-yanvarda soliq organiga taqdim etgan. Hisobot berilganidan so‘ng 2-yanvarda o‘tgan yil dekabr uchun EHF yozib, "M.K.T" XKdan 20 so‘mga taxta mahsulotlarini xarid qilgan.
O‘z navbatida ushbu taxta mahsulotlarini 2-3-yanvar kunlari yana dekabr bilan EHF yozib "XS" MCHJga 491 mlrd so‘m (shundan QQS 52,6 mlrd so‘m)ga sotgan. "XS" MCHJ esa EHFlar orqali ushbu mahsulotlarni 70 dan ziyod kontragentlarga sotish orqali QQSni asossiz hisobga olinganligi ma’lum bo’lgan.

Shuningdek, "Sh.J" MCHJ 2024-yil dekabr oyi uchun hisobot taqdim etgandan keyin rasmiylashtirilgan EHFlar uchun qayta hisobot topshirmasdan 3-yanvarda Andijon viloyatidagi "D" MCHJ tarkibiga qo‘shilib ketgan.
E'tiborlisi, "D" MCHJning bugungi kunda davlat budjetidan 7,7 mlrd so‘m qarzdorligi mavjud.

❗️Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘laqonli bajarilishini ta’minlash maqsadida yanvar oyi uchun EHF rasmiylashtirish muddati fevral oyining 9-sanasigacha hamda kelgusida ushbu muddatlar bosqichma-bosqich qisqartirilib borilishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.

Soliq to‘lovchilarga qonunchilik talablariga rioya qilgan holda soliq hisobotlarini to‘g‘ri yuritish tavsiya etiladi. Aks holda qonunchilik hujjatlariga asosan belgilangan tartibda javobgarlik choralari ko‘rilishini eslatib o‘tamiz.