Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.45K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
SOLIQ_TAQVIMI_AVGUST_2024.pdf
166.3 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil avgust oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Календарь налогоплательщика – юридического лица на август 2024 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Unda mutaxassislar va tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.

Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.

📡Uchrashuv YouTube platformasi orqali tog'ridan-to'g'ri efirga uzatilmoqda.
___________

#встреча

Встреча с представителями компаний-экспортеров


В эти минуты проходит встреча с представителями компаний-экспортеров, посвященная предстоящему Открытому диалогу с Президентом Республики Узбекистан.

На ней рассматриваются существующие проблемы сферы и обсуждаются предложения по их решению.

Во встрече участвует руководство Налогового комитета и других соответствующих министерств и ведомств.

📡Встреча транслируется в прямом эфире на платформе Youtube.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuvda Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi.

Ilovaning yangilangan 2.0.0 versiyasini Google Play'platformasidan hoziroq yuklab olish mumkin. Yaqin soatlar ichida App store'dan ham yuklab olish mumkin bo‘ladi.
_________

#мобильное_приложение #soliq_biznes

На встрече с представителями компаний-экспортеров председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев сообщил о запуске услуги "Soliq biznes" в мобильном приложении Soliq - мобильной версии персонального кабинета юридических лиц.

Обновленная версия 2.0.0 приложения доступна для скачивания на платформе Google Play. В ближайшие часы её можно будет загрузить и в App store.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingida yuqori natijaga erishish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun- tadbirkorlarga yetkazish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan maqsad – o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berish hamda ularni yuqori toifaga olib chiqish.

Xususan, mas’ul xodimlar Marg‘ilon shahrida Tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "NARIMTEKS" MChJga tashrif buyurib, subyekt “A” ya’ni yuqori toifada turganligi, aslida esa ularda yanada yuqori toifaga chiqish imkoniyatlari yetarli ekanligi tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-avgust

iyul oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 августа 2024 года - последний день

за июль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri ishga kirish uchun TANLOV (suhbat asosida) o‘tkazilmoqda.


Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasining vakant lavozimlariga ishga taklif etadi.

Tanlovda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari hamda huquq sohalarida oliy ma'lumotga ega bo‘lgan hamda buxgalteriya kursini tamomlab sertifikatga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov suhbat asosida o‘tkaziladi.

Batafsil ma'lumot
uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
☎️ 73-241-70-80;
📞 91-114-44-40.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi

#vakansiya #fergana #soliq

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan birida evakuatorlar orqali pulli xizmat ko‘rsatish, xarid cheki berilishi hamda narx bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tanqidiy fikrlar e’lon qilindi.
Ta’kidlash lozim, Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 sonli qarorining ilovasiga asosan tasdiqlangan ro‘yxatning 73-bandiga muvofiq xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish mumkinligi belgilangan.
Amaldagi tartib bo‘yicha Sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etishlari shart. Aks holda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq 5 million so‘m miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga Soliq kodeksining 47-moddasiga ko‘ra, Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart bo‘ladi.
Sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etilganda hisobvaraq-faktura taqdim etilmaydi.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar


Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

❗️Qarzdorlikni Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ko‘rish mumkin.

Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮10 000 000 x (13,5%/300) = 4 500.
Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 4,5 ming soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Тогда воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-avgust:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va ShJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 августа 2024 года - последний день:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads