Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Barqarorlik reytingi mohiyati va imkoniyatlari tushuntirilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish hamda o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlarini yuqori toifaga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar Farg‘ona shahridagi "JIDDA PHARM" MChJga qarashli dorixonaga borib, korxona rahbari va hisobchisi bilan yuzma-yuz muloqot qildilar.

Ayni paytda korxona “B” toifada turganligi, reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun imkoniyatlar yetarli ekanligi tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.

❗️2024-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik subyektlariga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda beriladi.
#imtiyoz

Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish

Avval xabar berganimizdek, “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” interaktiv xizmati my3.soliq.uz portalida ishga tushirilgan.

Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar, QQS va AOS to‘lovchilari bo‘lgan YTTlar foydalanishi mumkin.

Interaktiv xizmat orqali imtiyoz mavjud bo‘lgan ko‘chmas mulk egalik huquqi yoki maydoni o‘zgarganda ham ushbu obyekt uchun murojaat yuborish mumkin.

Buning uchun “Sotib yuborilgan yoki yer maydoni o‘zgargan maydonlar” oynasida tegishli ma’lumotlar (davr, hudud va kadastr ma’lumotlari) ko‘rsatilishi lozim.

👉“Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat yuborish” xizmatidan foydalanish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Korrupsiyaning salbiy oqibatlari xodimlarga yetkazilmoqda

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Marg‘ilon shahri Oltiariq, So‘x Yozyovon hamda Toshloq tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, ichki mehnat tartib qoidalari, xususan, chet elga chiqish tartibiga qat'iy rioya etish majburiyatlari yetkazildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish, to‘sqinlik qilish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt