Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.83K photos
530 videos
42 files
2.47K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati tez orada qayta tiklanadi

Keshbek va "Soliq hamkor" tizimining bekor bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq будут восстановлены в скором времени

Сообщения об отмене кешбэка и "Налогового партнера" необоснованны.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Korrupsiyaning oldini olish maqsadida So‘x tumanida tadbirkorlar bilan muloqotlar o‘tkazildi

Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.

Xususan, So‘x tumanidagi chakana savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga borib, tadbirkorlar bilan yuzma-yuz uchrashuvlar tashkil etildi.

Muloqotlarda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlar, bunday vaziyatda mas'ullarga xabar berish qulayliklari tushuntirildi va flayerlar tarqatildi.

Eslatib o‘tamiz, soliq organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni @dsq_anticorrupciya_bot maxsus telegram boti, [email protected] elektron pochtasi orqali yuborish, shuningdek, ishonch telefoni (73-241-70-61) ga xabar qoldirish mumkin.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mobil_ilova

Soliq mobil ilovasi faoliyati qayta tiklandi, ayni paytda ilova odatdagi tartibda ishlamoqda.
————-
#мобильное_приложение

Функции мобильного приложения Soliq восстановлены, в настоящее время приложение работает в штатном режиме.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#antikorrupsiya

Korrupsiya haqida xabar bering!

Agar siz soliq xizmati organlari tizimida korrupsiya holatlaridan xabardor boʻlsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali Soliq qoʻmitasiga murojaat qiling.

Soliq xizmati organlarining aloqa kanallari:
▫️Telegram – @dsq_anticorrupciya_bot;
▫️Soliq organlarining “Ishonch telefonlari";
▫️Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari telefon raqamlari;
▫️Soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabineti;
▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali;
▫️Soliq xizmatining rasmiy elektron pochtasi [email protected].

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Eslatma: Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik, xuddi shuningdek tuhmat va haqoratdan iborat murojaat berganlik belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.

🔍Soliq xizmati organlari tomonidan olib borilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlari haqidagi ma'lumotlar bilan soliq.uz saytining "Korrupsiyaga qarshi kurashish" sahifasi orqali tanishib borishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I
#soliq_hisoboti

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa…


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 2-qismi

Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik yuridik shaxsning rahbari va YTTga – BHMning 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 5-qismi

Qanday hollarda soliq hisobotlarini taqdim etmaganligi uchun soliq to‘lovchining bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatiladi?
Soliq to‘lovchilar soliq hisobotlarini belgilangan muddat tugaganidan keyin 10 kun ichida taqdim etmaganda ularning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari to‘xtatib turiladi.
👉 Soliq kodeksi 111-modda 3-qism 1-band

Qanday hollarda soliq to'lovchilar soliq hisobotlarini taqdim etmaganlik hamda to’lov intizomini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlikdan ozod qilinadi?
Mazkur huquqbuzarlik birinchi marotaba sodir etilganda huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran 30 kun ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etilgan taqdirda javobgarlikdan ozod etiladi.
👉 MJTK 271-modda 11-band

Ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror qancha muddatda yuboriladi?

Soliq organlarining axborot tizim orqali qayd etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan e’tiboran 3 kun ichida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
👉 MJTK 309-prim 3-modda / Soliq kodeksi 56-modda

*BHM 1 baravari = 340 000 so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#deklaratsiya

2023-yilda farzandimning kontraktiga toʻlagan oylik ish haqimdan daromad soligʻini qaytarib olish maqsadida my3.soliq.uz sayti orqali deklaratsiya yubordim. Lekin 2023-yildagi daromadimga dekabr oyidagi ish haqim qoʻshilmayapti. Natijada qaytariladigan summa dekabr oyida toʻlagan daromad soligʻim miqdorida kam chiqmoqda.

Soliq toʻlovchi tomonidan deklaratsiya yuborilganda uning ish haqi ish joyi tomonidan taqdim etilgan daromad soligʻi hisobotlari asosida avtomatik shakllanadi.

Ushbu soliq hisobotlari har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Yil yakunlari (yanvar-dekabr) boʻyicha hisobot esa 2024-yil 15-fevraldan kechiktirmay taqdim etilishi belgilangan.

Ishxonangiz tomonidan JShODS boʻyicha 2023-yil (yanvar-dekabr) yakunlari to‘g‘risidagi hisobot soliq organiga taqdim etilmaganligi sababli 2023-yilgi daromadingizda dekabr oyi ish haqi shakllanmagan. Hisobot topshirilgach dekabdagi ish haqi avtomatik shakllanadi.

Telegram I Facebook I
#barqarorlik_reytingi

Joriy yil 1-fevraldan tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi
joriy etiladi

Reyting doirasida tadbirkorlik subyektlari quyidagi toifalarga ajratiladi:

▪️“AAA”, “AA” va “A” toifalar – yuqori barqarorlik reytingi;

▪️“BBB”, “BB” va “B” toifalar – oʻrta barqarorlik reytingi;

▪️“CCC”, “CC” va “C” toifalar – qoniqarli barqarorlik reytingi;

▪️“D” toifa – quyi barqarorlik reytingi.

Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

☝️Batafsil infografikada

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Ayni daqiqalarda Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Soliq qo'mitasi raisi Sh.Kudbiyev, Savdo sanoat palatasi raisi D.Vahobov, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo'yicha vakil D.Qosimov ishtirok etmoqda.

Seminarda 400 ga yaqin tadbirkorlik subyektlari va OAV vakillari qatnashmoqda.

👉
Jonli efir
——
#рейтинг_устойчивости

В эти минуты в Ташкенте проходит семинар-тренинг с целью донесения до предпринимателей сути и содержания Постановления Президента Республики Узбекистан от 23 января 2024 года «О мерах по внедрению рейтинга устойчивости субъектов предпринимательства».

В нем принимают участие председатель Налогового комитета Ш.Кудбиев, председатель Торгово-промышленной палаты Д.Вахабов и Уполномоченный при Президенте Республики Узбекистан по защите прав и законных интересов субъектов предпринимательства Д.Косимов.

На семинаре присутствуют около 400 предпринимателей, а также представители СМИ.

👉
Прямой эфир

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM