Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.94K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Qanday qilib yakka tartibdagi tadbirkor bo'lish mumkin?

Yuridik shaxs tashkil qilmasdan yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) sifatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish mumkin.
👉Soliq kodeksi 31-modda

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi ikki usuldan birini tanlash lozim:
1. Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish;
2. Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun masofadan turib
new.birdarcha.uz sayti orqali ariza berish.

Agar:
▫️shaxsan kelib ariza berilsa BHMning 1 baravari miqdorida (330 000 so‘m)* davlat boji to‘lanadi;
▫️Internet orqali ariza berilganda to‘lov BHMning 0,9 baravarini tashkil etadi (297 000 soʻm).

Shundan so'ng, YTTga ro'yxatdan o'tganlik to'g'risida guvohnoma beriladi.

👉YTTlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi 100 mln so‘mdan oshmagan YTTlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilayotganda daromad solig‘ini to‘lashning quyidagi rejimlaridan birini tanlash huquqiga ega:
🔹jami yillik daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida;
🔹qatiy belgilangan miqdorda.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

Deklaratsiya asosida daromad solig‘i toʻlashning oxirgi muddati 1-iyun.

Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i davlat ro'yxatidan o'tgan oydan keyingi oydan boshlab har oyda 15-sanadan kechiktirmay to'lanadi.
👉Qat'iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig'i stavkalari

YTTning tovar (xizmat)lar realizatsiyasidan olingan daromadi kalendar yilida
- 100 mln so‘mdan oshsa AOS to‘lashga,
- 1 mlrd so‘mdan oshsa QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
👉 Soliq kodeksi 385-modda

YTT ijtimoiy soliq ham to'laydi:
▫️ o'zi uchun oyiga kamida BHMning 1 baravari – 330 000 so'm;
▫️savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun oyiga BHMning 0,5 baravari165 000 so‘m;
▫️ faoliyatning boshqa sohalarida yollanma xodim uchun yiliga BHMning 1 baravari – 330 000 so‘m.

YTTlar 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega
👉Yollanma xodimlar soliq organlarida qanday hisobga qo‘yiladi?

*2023-yil 1-dekabrdan BHM - 340 ming so‘m.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EHF

@Efactura_Bot bilan ishingiz yanada oson bo‘ladi

Soliq xizmati organlari tomonidan Rouming tizimining @Efactura_Bot Telegram-boti ishga tushirildi.

Foydalanuvchi botni “Ishga tushirish” (запустить/start) orqali 8 ta raqamli Telegram-IDga ega bo‘ladi. Namuna – Telegram-ID: 20xxxxx48

Berilgan ID raqam soliq to‘lovchining my.soliq.uz sayti shaxsiy kabinetidagi Elektron hisobvaraq-fakturalar bo'limida “Sozlanmalar” - “Sizning ma’lumotlaringiz” - “Telegram ID” maydoniga kiritiladi. Ushbu maydonga bir nechta ID raqam kiritish mumkin.

@Efactura_Bot imkoniyatlari

🔹 Quyidagi elektron hujjatlar to‘g‘risida ma’lumot olish mumkin:
▪️EHF;
▪️shartnoma;
▪️ishonchnoma;
▪️tovar-transport yukxati;
▪️dalolatnoma;
▪️solishtirma dalolatnoma.

🔸 QR-kodli hujjat fayli botga yuborilganda:
▫️ayni vaqtdagi holatini (amalda / tuzatilgan / bekor qilingan) tekshirish;
▫️PDF formatdagi asl nusxasini (o‘zbek / rus tilida) yuklab olish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Soliq organi qarori asosida soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha mol-mulkiga taqiq qo‘yilishi mumkin

📃Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan, soliq qarzi bo‘yicha soliq to‘lovchilarning mol-mulkini xatlash sud qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi tomonidan soliq qarzi tan olingan taqdirda, soliq organi qarori asosida soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha mol-mulkiga taqiq qo‘yishi mumkin.

Soliq to‘lovchining soliq qarzi bo‘yicha uning mol-mulkini xatlash soliq to‘lovchiga soliq qarzini uzish to‘g‘risidagi talabnoma yuborilgan kundan boshlab 15 kalendar kun ichida u tomonidan to‘liq bajarilmagan taqdirda amalga oshiriladi.

Mol-mulkni xatlash to‘liq yoki qisman bo‘lishi mumkin.

❗️Mol-mulkni xatlash soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlarida pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda faqat soliqni (penyani, jarimani) to‘lash majburiyati uning ana shu mol-mulki hisobidan bajarilishini ta’minlash uchun qo‘llanilishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Ishlab chiqarish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagan TOP-20 korxona

Ular orasida Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi (FNQIZ) ham bor.

2023-yil yanvar-oktabr oylarida ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi respublikadagi 72 321 ta yuridik shaxs tomonidan 34,3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan. Shundan 15,7 trln so‘mdan ziyodi 20 ta soliq to‘lovchi* hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning tovar aylanmasi 135,1 trln so‘m, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 2 trln so‘mni tashkil etgan.

*NKMK va OKMK AJdan tashqari.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
TOP-20 yirik soliq to‘lovchilar

Bugungi kunda O‘zbekistonda yirik soliq to‘lovchilar soni 1 631 tani tashkil etadi. Joriy yilning 10 oyi davomida ular tomonidan 77,1 trln so‘m soliq tushumlari amalga oshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #oylik_ish_haqi

Oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani Soliq mobil ilovasidan yuklab olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosini oldini olish yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 30-noyabr

noyabr oyi uchun:


🔹 soliq davri mobaynida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining umumiy maydonida va tarkibida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik shaxslar qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlari boʻyicha aniqlashtirilgan yer soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 4-qism);

🔹 qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun yer soligʻining qolgan summasini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 3-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash borasida aholining soliq madaniyati tobora yuksalib bormoqda

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❗️2023-yil 1-dekabrdan:

👉mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 so‘m;
👉bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;
👉pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
👉yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
👉mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi – 800 000 so‘m bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ochiq eshiklar kuni tashkil etildi

9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan talabalar va OAV vakillari uchun Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari D.Bakubayev so‘zga chiqib, korrupsiyani oldini olish borasida soliq tizimida olib borilayotgan ishlar hamda ishga qabul qilish jarayonlari shaffof va meritokratik prinsiplar asosida amalga oshirilayotganligiga to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadbir jarayonida ishtirokchilar boshqarma faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Xususan, mutaxassislar tomonidan mahallabay tizimi asosida olib borilayotgan chora-tadbirlar, resurs soliqlarining hisoblanishi va undirilishi, soliq hisobotlari topshirilishi, tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar, o‘tkazilayotgan soliq tekshiruvlari tartibi haqida batafsil axborot berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt