Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.9K subscribers
4.87K photos
537 videos
42 files
2.49K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#antikorrupsiya #uchrashuv

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda

Avval xabar qilinganidek, joriy yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda tizim xodimlari uchun profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari hamda Oltiariq tumani soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.

Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘ona va Quva tumanlarida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi oldi olindi

Soliq xizmati organlari tomonidan markirovkalanmagan, aksiz markasiz tovarlarni aniqlash va noqonuniy savdosini olish yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Quva tumanida faoliyat olib boruvchi “O.H.M.” MChJga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan tadbirda markirovkalanmagan 20 turdagi umumiy qiymati 9,8 mln so‘m bo‘lgan alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlandi.

Farg‘ona tumanida joylashgan “Sh.T.F.” xususiy korxonasida o‘tkazilgan tekshiruvda esa umumiy qiymati 6,1 mln so‘m bo‘lgan aksiz markasiz 20 turdagi alkogol hamda 2 turdagi tamaki mahsulotlari aniqlandi.

Olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida dalolatnoma rasmiylashtirilib, aniqlangan aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlari huquqiy baho berish uchun daliliy ashyo sifatida olindi.

#nazorat_tadbiri

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt