Iste’molchiga xarid cheki bermaslik jarima solishga sabab bo‘ladi
Soliq xizmati organlari tomonidan yirik bozor va savdo komplekslarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Quva tumani markazidagi savdo komleksida tashkil etildi.
Uchrashuvda tovarlar uchun to‘lovlarni bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga o‘tkazish (P2P) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanishi, sotuvchilar mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shartligi, chek bermaslik qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishi tushuntirildi.
Bundan tashqari, maishiy texnikalarni markirovkalash talablari hamda majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlik choralari ham eslatib o‘tildi.
#onlayn_NKM #markirovka
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Savdo-sanoat palatasi
Ko‘plab tadbirkorlardan kelib tushayotgan murojatlarga asosan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Sizga quyidagilarni ma’lum qiladi:
Soliq kodeksining 22-moddasida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda xaridorga hisobvaraq-fakturalarni berishi soliq to‘lovchilaring majburiyati ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Soliq kodeksining 223-moddasida yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) soliq bazasi summasining yigirma foizi miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi va soliqlarni hisoblash (QQS 12%, foyda solig‘i 15%) amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Soliq bazasini yashirish (kamaytirib ko‘rsatish) deb quyidagilar e’tirof qilinadi:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#antikorrupsiya #uchrashuv
Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda
Avval xabar qilinganidek, joriy yil 20-oktabrdan 20-noyabrga qadar xodimlar o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda tizim xodimlari uchun profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.
Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari hamda Oltiariq tumani soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning mohiyati, oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil axborot berdilar.
Soliq to‘lovchilar bilan muloqot davomida xizmat vazifalarini sidqidildan bajarish, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik ahamiyati tushuntirildi.

Farg‘ona va Quva tumanlarida noqonuniy alkogol mahsulotlari savdosi oldi olindi
Soliq xizmati organlari tomonidan markirovkalanmagan, aksiz markasiz tovarlarni aniqlash va noqonuniy savdosini olish yuzasidan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Quva tumanida faoliyat olib boruvchi “O.H.M.” MChJga qarashli savdo shoxobchasida o‘tkazilgan tadbirda markirovkalanmagan 20 turdagi umumiy qiymati 9,8 mln so‘m bo‘lgan alkogol mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlandi.
Farg‘ona tumanida joylashgan “Sh.T.F.” xususiy korxonasida o‘tkazilgan tekshiruvda esa umumiy qiymati 6,1 mln so‘m bo‘lgan aksiz markasiz 20 turdagi alkogol hamda 2 turdagi tamaki mahsulotlari aniqlandi.
Olib borilgan nazorat tadbirlari natijasida dalolatnoma rasmiylashtirilib, aniqlangan aksiz markasiz, markirovkalanmagan alkogol va tamaki mahsulotlari huquqiy baho berish uchun daliliy ashyo sifatida olindi.
#nazorat_tadbiri