Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumani 4-sektor hududidagi aholi muammolari o‘rganildi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor vakillari tomonidan Qo‘qon shahri va Dang‘ara tumanida xonadonbay tarzida sayyor qabul tashkil etildi.
Unda asosiy e’tibor “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da turuvchi fuqarolarga moddiy yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash masalalariga qaratildi.
Misol uchun, o‘zini o‘zi band qilish orqali doimiy daromad topishni maqsad qilgan Qora mulla MFY Obod ko‘chasida yashovchi U.Egamovga noutbuk sovg‘a qilingan bo‘lsa, tikuvchilik sir-asrorlarini o‘zlashtirgan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinalari, shuningdek, pishiriq pechlari yetkazib berildi.
Bundan tashqari, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari, nogironlik aravachalari berildi.
#sayyor_qabul #4_sektor
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Furqat tumanida 63 nafar o‘quvchiga bepul o‘quv qurollari topshirildi
Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar, nuroniylar, ijtimoiy ro‘yxatlarga kiritilgan, boquvchisini yo‘qotgan, imkoniyati cheklangan fuqarolar bayram munosabati bilan yo‘qlanmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor tashabbusi bilan Furqat tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va “daftar”larga kiritilgan oilalarning farzandlari hisoblangan 63 nafar o‘quvchilarga maktab anjomlari, zaruriy o‘quv qurollari hamda kiyim-bosh sotib olish uchun bir martalik yordam pullari topshirildi.
Mas’ullar sovg‘alarni o‘z egalariga yetkazib, bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashib, yangi o‘quv yilida omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.
#4_sektor

4-sektor rahbari tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar bilan uchrashdi
Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida "Biz bir bo‘lsak, yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz" shiori ostida viloyatimizda o‘tkazilayotgan “Harbiy vatanparvarlik” festivali doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanovning yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi.
Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdilar.
Unda yoshlar tomonidan deklaratsiya, o‘zini o‘zi band qilish, yoshlarga berilayotgan soliq imtiyozlari, kredit ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Festival doirasida milliy sport o‘yinlari, shaxmat, rassomchilik, harbiylarning ko‘rgazmali chiqishlari, kitob savdosi yarmarkalari tashkil etildi.
#4_sektor #yoshlar

Quva tumanida 4-sektor rahbari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi
Quva tumani Qoraqum mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu jarayonda uchrayotgan muammolar va aholi e’tiroziga sabab bo‘layotgan masalalarni o‘rganish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Maqsudxon Mamatxanov hamda tumandagi barcha sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqarolarning hudud infratuzilmasini yaxshilashga, shuningdek, ularni qiynayotgan boshqa masalalarga oid 20 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. O‘ndan ortiq masalalar shu yerning o‘zida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan murojaatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
#4_sektor #sayyor_qabul

4-sektor rahbariyati tomonidan sayyor qabullar davom ettirilmoqda
Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish va joyida hal etish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Rishton, O‘zbekiston va Furqat tumanlarida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 50 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Har bir fuqaroning murojaati mas’ullar tomonidan joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.
Natijada, o‘zini o‘zi band qilish orqali daromad topishni maqsad qilgan 27 nafar ayollarga tikuv mashinasi, 3 nafar murojaatchiga motokultivator, shuningdek, 14 nafar ehtiyojmand fuqaroga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bundan tashqari, qabul natijasida 2 nafar fuqaro ishga joylashtirildi.

So‘x tumanida 4-sektor rahbariyati tomonidan sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi
Aholi muammolarini yaqindan o‘rganish va joyida hal etish maqsadida viloyat markazidan olisda bo’lgan eksklav hududlardan biri So’x tumanida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi, 4-sektor rahbariyati tomonidan sayyor qabullar tashkil etildi.
So‘x, Chashma, Zangat MFYlarida o‘tkazilgan qabullarda 20 nafardan ortiq fuqaroning murojaati mas’ullar tomonidan joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. 10 ta ehtiyojmand oilaga oziq ovqat mahsulotlari berildi.
Shuningdek, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida 4-sektor hududida joylashgan So‘x MFY binosida tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan kutubxona foydalanishga topshirildi.
Tadbir jarayonida 4-sektor hududida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
#4_sektor #press_tur