Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#bilasizmi

📃 Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, charm, mo‘yna xom ashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 2026-yil 1-yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinishi belgilangan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari tomonidan O‘zbekiston tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi muammolariga yaqindan quloq tutish va ijobiy yechim topish maqsadida O‘zbekiston tumanida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Adxamjon Tillavoldiyev sayyor qabul o‘tkazdi. Tadbirda tuman hokimi va boshqa mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi.

Qabul davomida 30 nafarga yaqin fuqarolarning tadbirkorlik va soliqqa tortish, bandlik, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, kredit olish kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.

Aholi bilan muloqot davomida ko‘plab murojaatlar joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, hal etilishi muddat talab etadigan masalalar bo‘yicha mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

Binobarin, 2 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit asosida elektromotoroller, 4 nafar murojaatchiga pishiriq pechlari taqdim etilib, ijtimoiy ko‘mak sifatida 5 ta oilaga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan yordam ko‘rsatildi. #4_sektor

Telegram I
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

#soliq_xabarlari #xatlov

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Qanday turdagi yuridik shaxslar qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari deb e'tirof etiladi?

#bilasizmi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Quyosh paneli o'rnatgan tadbirkorlarga qanday soliq imtiyozlari bor?

Prezidentning PQ-57-son qaroriga asosan, 2023-yil 1-apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘i, qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘i hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa — o‘n yil muddatga ozod etilishi belgilangan.

#savol_javob #imtiyoz

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onalik iste'molchilar aprel oyi uchun 5,3 mlrd so‘m keshbek olgan

Joriy yil aprel oyida (29-may holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 26,2 mln chek uchun 89,6 mlrd so‘m keshbek to'langan. To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 36,3 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 10 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 7,6 mlrd so‘m;
📍FARG‘ONA viloyati - 5,3 mlrd so‘m;
📍Namangan viloyati - 4,4 mlrd so‘m.

#raqamlashtirish #keshbek

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Soliq qarzini to‘lash ketma-ketligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
1-iyun - jismoniy shaxslar tomonidan topshirilgan deklaratsiyaga asosan hisoblangan daromad solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!

📃Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan, joriy yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslar quyidagi daromadlari bo‘yicha deklaratsiya topshirgan edilar:

🔹Noturar joylar, qimmatli qog‘ozlar, 36 oy ichida turar joylarni sotishdan;

🔹 Uy-joy, noturar joy, avtomobil va boshqa mulkingizni ijaraga berishdan;

🔹Mualliflik haqi va chet eldagi faoliyatdan, daromad solig‘i ushlab qolinmagan boshqa manbalardan daromad.

O‘zbekiston Respublikasining rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra hisoblab chiqarilgan soliqni 1-iyundan kechiktirmay to‘lashi lozim.

#deklaratsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
SOLIQ_TAQVIMI_IYUN_2023.pdf
188.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil iyun oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на июнь 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#EHF

Elektron hisobvaraq-fakturalarni to'ldirish tartibiga o'zgartirishlar

2023-yil 1-iyundan EHF rasmiylashtirishda quyidagilar ko‘rsatilishi shart:

Yetkazib beruvchi toifasi:
▫️Ishlab chiqaruvchi;
▫️Import qiluvchi;
▫️Ulgurji savdo;
▫️Chakana savdo;
▫️Vositachi;
▫️Xizmat ko‘rsatuvchi;
▫️Boshqalar.

Realizatsiya maqsadi:
🔹 O‘z ehtiyoji uchun;
🔹 Tijorat maqsadida;
🔹 jismoniy shaxslarga ishtirokchilar tarkibidan chiqish, ustav fondidagi hissasini kamaytirish yoxud ishtirokchining ulushini qaytarib sotib olish hisobiga tovarlar (xizmatlar) berish;
🔹 jismoniy shaxslarga (dividendlarni tovar ko‘rinishida olishda);
🔹tovarlarni (xizmatlarni) tekinga berish (bunda tovarlarning (xizmatlarning) tannarxi yoki ularni sotib olish bahosi ko‘rsatiladi);
🔹yuridik shaxs tugatilganda hamda emitent tomonidan aksiyadordan ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olinganda aksiyadorga tovarlar (xizmatlar)ni berish;
🔹Tovarlarni yoki boshqa mol-mulkni qayta ishlab berish uchun berish;
🔹Tovarlarni (xizmatlarni) olish huquqini taqdim etuvchi vaucherlarni realizatsiya qilish yoki bepul berish;
🔹Asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni realizatsiya qilish;
🔹 Korxona mol-mulkini majmua sifatida realizatsiya qilish.

Mazkur ma'lumotlar kiritilmaganda EHF rasmiylashtrilmaydi.

📌Ushbu tartib o‘tgan davrlar uchun rasmiylashritiladigan tuzatuvchi yoki qo‘shimcha EHFlarga ham tatbiq etiladi.

Hisobvaraq
-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish, taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga (VMQ-489-son) 22.08.2022-yildagi VMQ- 471-son qarorga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM