Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.72K photos
523 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Tadbirkorga qariyb 1 mlrd so‘m QQS qaytarildi

O‘zbekiston tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Soliq to‘lovchilar bilan yuzma-yuz uchrashib, mavjud kamchiliklar, muammoli masalalar bartaraf etilmoqda.

Misol uchun, tuman hududida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Yo‘lbars tex” MChJ vakillari bilan uchrashib, 917 mln so‘m QQS qaytarilishida ko‘mak ko‘rsatildi.

4-sektor hududida qop ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “Qo‘qon sement xom-ashyo” korxonasi yaqindagina ishga tushgan bo‘lib, soliq hisobotlari topshirilishida amaliy yordam berilmoqda. E’tiborlisi, yaqindagina ishga tushgan korxonada 20 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.

#soliqchi_komakchi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Texnik jihatdan tartibga solish masalalari yuzasidan tadbir o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Joriy yil 27-fevral kuni imzolangan ushbu Qonunning amal qilishi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish va qo‘llash, muvofiqlikni baholash hamda davlat nazoratini amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilishi ta’kidlandi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
4-sektor rahbari Toshloq tumanida yoshlar bilan uchrashdi

Xabaringiz bor, yaqinda Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy qilinishi, yoshlarning ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlari o‘rganilib, 3 toifaga ajratilishi hamda ular bilan manzilli, aniq mezonlar asosida ishlanishi ta’kidlangandi.

Shu munosabat bilan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Adxamjon Tillavoldiyevning Toshloq tumanida yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Qabulda 4-sektorga biriktirilgan Quvasoy shahri, Quva hamda Toshloq tumanlaridan 51 nafar yoshlar ishtirok etdi.
Sektor rahbari tomonidan o‘g‘il-qizlarning har bir masalasi diqqat bilan o‘rganib chiqildi.

Tadbirda sog‘liqni saqlash, ish bilan ta’minlash, kredit va moddiy yordam olish kabi masalalar yuzasidan 50 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Har bir murojaat tegishliligi bo‘yicha mutasaddilarga yo‘naltirib, ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi va nazoratga olindi.