This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ertaga, 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lashning so‘ggi kuni
🔹Mol-mulk va yer solig‘ini Soliq mobil ilovasi orqali, shuningdek, soliq organi yoki bank bo‘limlariga borgan holda to‘lash mumkin.
☝️Eslatib o‘tamiz, o‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kechiktirilgan kun uchun qonunchilikda belgilangan tartibda penya hisoblanib, qarzdorlik sud tartibida majburiy undiruvga qaratiladi.
👉Kimlar mol-mulk solig‘idan imtiyozga ega?
👉Kimlar yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan?
👉Jismoniy shaxslar qaysi mol-mulk va yerlari uchun soliq to‘laydi?
#mol_mulk_va_yer_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

4-sektor rahbari tomonidan Uchko‘prik tumanida aholi muammolari uyma-uy yurib o‘rganildi
Olis qishloqlarga borib, mavjud muammolarini uyma-uy yurib o‘rganish, aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardiga yaqindan quloq tutish va muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari A.Tillavoldiyev tomonidan hududlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Binobarin, ana shunday qabullarning biri Uchko‘prik tumanida bo‘lib o‘tdi.
Tuman markazidan qariyb 15 km olislikda joylashgan Chang mahallasida o‘tkazilgan qabulga tumandagi mas’ul tashkilotlar vakillari jalb etildi. Tadbirda xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolari tinglandi hamda zarur yechimlar berildi.
Xususan, kam ta’minlangan fuqarolarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon yetkazib berildi, shuningdek, moddiy ko‘mak ko‘rsatildi.
#sayyor_qabul #4_sektor

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2022-yil 17-oktabr
🔹jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i va yer solig‘ini to‘lashning oxirgi kuni;
sentabr oyi uchun:
🔹hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek
ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);
🔹aylanmadan olinadigan soliq to‘lovi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish va to‘lash kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3-qismi).

#AOS
Kimlar AOS to‘lovchi deb e’tirof etiladi?
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar.
AOS kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?
🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va YaTTlarga;
🔸aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
🔸benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
🔸bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
🔸markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
🔸alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
🔸bozorlarga va savdo komplekslariga;
🔸 soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
🔸 auditorlik tashkilotlariga;
🔸 notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.
👉Soliq kodeksi 461-modda
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

❓Avtomobilni sotib olishda to'langan QQS qachon hisobga olinmaydi?
✅Soliq kodeksining 267-moddasiga asosan soliq to‘lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog‘ida to‘lagan QQS summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog‘ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmasa, hisobga olinmaydi:
➖ yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek, motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilg‘ini;
➖ alkogol va tamaki mahsulotlarini.
#bilasizmi #QQS

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#YaTT
Yakka tartibdagi tadbirkorlar yollanma xodimlarni soliq organlarida qanday hisobga qo‘yadi?
1️⃣Buning uchun my.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kirib, xizmatlar qatoridan “Yollangan xodimlarni ro‘yxatdan o‘tkazish” bandi tanlanadi.
2️⃣Yollanma xodimlarni hisobga qo‘yish uchun ochilgan ariza shakliga yollanma xodimning STIR yoki JShSHIR (PINFL)i kiritiladi va “Enter” bosiladi.
3️⃣Yollanma xodimning to‘liq ismi, pasport seriyasi, raqami, berilgan joyi va yashash manzili ko‘rsatilgan maydonlar avtomatik to‘ldiriladi.
4️⃣“Faoliyat turi” maydonida yakka tartibdagi tadbirkor shug‘ullanadigan faoliyat turi tanlanadi.
5️⃣“Faoliyat amalga oshirish joyi” maydoni avtomatik to‘ldiriladi.
6️⃣Yollanma xodimning telefon raqami va mehnat shartnomasi muddati qo‘lda kiritiladi.
7️⃣Mehnat shartnomasi PDF formatida yuklab olinadi.
8️⃣Ariza jo‘natiladi.
👉Batafsil
YaTT va yollanma xodim o‘rtasida mehnat shartnomasini tuzish

#rasmiy_munosabat
#QQS
Ijtimoiy tarmoqlarda tashkilotlarning sotib olingan va keyinchalik sotilgan yengil avtomobil uchun takroran QQS to‘lashi haqidagi murojaatlari e’lon qilinganligi munosabati bilan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston bo‘lgan tovar(xizmat)larni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma QQS soliq solish obyekti hisoblanadi.
👉 Soliq kodeksi 238-modda 1-qism 1-band
Tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda o‘tkazish ushbu aylanmaga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 239-modda 1-qism 1-band
Agar QQS to‘lovchisi bo‘lgan tashkilot avtosalondan 300 mln so‘mga yengil avtomobil sotib olsa (egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazsa), avtosalonga ushbu summadan 15% QQS – 45 mln so‘m (jami 345 mln so‘m) to‘laydi. Avtosalon ham o‘z navbatida QQS to‘lovchisi bo‘lgani uchun bu 45 mln so‘mni budjetga o‘tkazishi shart.
Yengil avtomobil sotib olgan tashkilot QQSni (45 mln so‘m) hisobga olish huquqiga ega, agar:
🔸 soliq to‘lovchining tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat ko‘rsatish) bilan bog‘liq faoliyatini amalga oshirish chog‘ida ushbu avtomobildan foydalanilganda realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasiga soliq solinishi lozim bo‘lganda;
🔸 Ushbu avtomobil uchun avtosalondan QQS summasi alohida ajratilgan hisobvaraq-faktura olingan bo‘lsa.
👉 Soliq kodeksi 266-modda
Soliq to‘lovchida avtomobil uning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq qatnovlarni amalga oshirishda foydalanganligini tasdiqlovchi hujjatli dalillar bo‘lishi kerak.
Agar ushbu yengil avtomobil soliq to‘lovchining faoliyat turiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa maqsadlarda foydalanilayotganligi soliq organi tomonidan dalilar bilan isbotlansa, avtomobilni sotib olish chog‘ida to‘langan QQS summalari hisobga olinmaydi.
👉Batafsil tushuntirish bu yerda
Agar tashkilot kelgusida yengil avtomobilni 200 mln so‘mga sotishga qaror qilsa, u holda avtomobilni sotib oluvchi ham unga ushbu summadan 15 % QQS – 30 mln so‘m (jami 230 mln so‘m) to‘laydi.
Agar tashkilot avval avtosalonga o‘tkazib bergan 45 mln so‘mni hisobga olgan bo‘lsa, ushbu summadan 30 mln so‘m QQS chegirib tashlanadi va natijada 15 mln so‘m hisobda qoladi.
Agar tashkilot avval QQSni hisobga olmagan bo'lsa yoki hisobga olish rad etilgan bo'lsa, u holda avtomobilni sotishda soliq to'lovchi sifatida yangi egasi tomonidan unga o'tkazilgan 30 mln so'm QQS summasi budjetga to'lanishi shart.
Demak, soliq to'lovchi tomonidan avtomobil sotib olingan va sotilganda, ushbu operatsiya bo'yicha bir marta QQS to'lanadi.

#bilasizmi
Ayrim sohalar uchun ijtimoiy soliq stavkasi - 1 foiz
Quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:
🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agroko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.
Bu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.
❗️Ro‘yxatdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi❌ hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.