Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.72K photos
524 videos
42 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Soliq qoʻmitasi Raisi bilan suhbat

📌 Siz tadbirkor boʻlsangiz sizda albatta soliqlarga oid savollaringiz boʻladi. Ularga soliq qoʻmitasi Raisidan javob olish imkoniyati mavjud.

2-avgust kuni (bugun) 19:00 da boʻlib oʻtadigan jonli efirda Sherzod Kudbiyev mehmon boʻladilar.

📝 Izohlarda sizni qiynayotgan savollarni yozib qoldiring, savollarni korxona STIRʼini koʻrsatgan holda yozsangiz, muammoni aniqroq koʻrib chiqib, yechimlar berishga harakat qilamiz.

Koʻrsatuvni oʻtkazib yubormang, barcha tadbirkor doʻstlaringizga ulashing!

👉 https://youtu.be/kdXdvBa0H5o

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika

Respublikamizda 2022-yil yanvar-iyun oylarida xodimlarga 82,5 trln so‘mga yaqin ish haqi hisoblangan

💰Shu davrda rasman 5,4 mln nafarga yaqin xodimga ish haqi hisoblangan.

📊O‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌“Soliq xabarlari” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida:

👉 Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi;

👉 Savdo jarayonlarida 2D-skanerlarlardan foydalanish afzalliklari;

👉 Xarid chekini talab qilib olish - iste'molchilarning fuqarolik burchi. Keshbek tizimi ahamiyati yuzasidan targ'ibot tadbirlari viloyat xalq ta'limi boshqarmasida;

👉 Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari;

👉 Farzandlarning xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qishi uchun yo‘naltirilgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etildi.

©️Farg'ona TV

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasida tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xarid chekini talab qilib olish - iste'molchilarning fuqarolik burchi.

Keshbek tizimi ahamiyati yuzasidan targ'ibot tadbirlari viloyat xalq ta'limi boshqarmasida.

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliq qarzdorligini undirish maqsadida olib borilayotgan xatlov tadbirlari

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Farzandlarning xususiy bog‘cha va maktablarda o‘qishi uchun yo‘naltirilgan to‘lovlar daromad solig‘idan ozod etildi

#soliq_xabarlari

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

2D-skanerlar, ya’ni shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishda soliq imtiyozlari mavjudmi?

Ha, mavjud. PQ-5252 (04.10.2021)ga asosan, tadbirkorlik subyektlariga onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan shtrix-kodlar va raqamli markirovkani to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni taʼminlovchi maxsus qurilmalar (2D-skanerlar, maʼlumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar)ning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi berilgan.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik subyektlari 2023-yil 1-yanvarga qadar:

🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS

bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM hamda maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 300 000 = 1 200 000 so‘m).

#onlayn_NKM #imtiyoz

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#onlayn_seminar

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

«Onlayn nazorat-kassa texnikasi, MXIKlar va xarid cheki maʼlumotlarini tahrirlash»
mavzusidagi onlayn seminar-trening boshlandi.

🌐Seminarga havola 👉 https://www.youtube.com/watch?v=RNYglZOT5zM
______
#онлайн_семинар

❗️Уважаемые налогоплательщики

Начался
онлайн семинар-тренинг на тему «Онлайн контрольно-кассовая техника, ИКПУ и корректировка информации в кассовых чеках».

🌐
Ссылка на семинар 👉 https://www.youtube.com/watch?v=RNYglZOT5zM

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ozini_ozi_band_qilish

Davlat talabalarning oliy ta'lim tashkilotlari hududidagi mehnatini rag‘batlantiradi

Ushbu norma qaysi vaqtdan boshlab ishlamoqda?

Imtiyoz 26.07.2022 yildagi O‘RQ-785-son Qonun bilan Soliq kodeksiga kiritilgan va Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan kuchga kiradi.

Qanday faoliyat turlari rag‘batlantiriladi?

Oliy ta'lim tashkilotlari hududida:
▫️pullik o‘quv kurslari;
▫️sport to‘garaklari;
▫️boshqa ta'lim xizmatlari tashkil etilganda.

Rag‘batlantirishlarning mohiyati nimada?

Talabalarning ushbu faoliyat turlaridan olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Masalan, talaba o‘zi o‘qiyotgan universitet hududida sport to‘garagi tashkil qildi va 5 mln so‘m ishlab topdi. 5 mln so‘mning hammasi – bu talabaning daromadi va ushbu summadan soliq to‘lanmaydi.

Imtiyozdan foydalanish uchun bunday faoliyatni qanday tashkil qilish kerak?

Buning uchun talaba quyidagi tarzda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishi kerak:
▫️Soliq mobil ilova (Android/iOS/Harmony OS) orqali;
▫️soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali;
▫️soliq xizmatida.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun nimalar kerak bo‘ladi?

Quyidagilarni ko‘rsatgan holda so‘rovnomani to‘ldirish:
▫️JShShIR;
▫️amalga oshirmoqchi bo‘lgan faoliyat turi;
▫️mehnat faoliyatini amalga oshirish nazarda tutilgan manzil;
▫️mobil telefon raqami.

FISh, pasport yoki ID-kartasi ma'lumotlari, yashash joyi DSQ va IIV ma'lumotlar bazasidagi ma'lumotlar asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar faoliyatni amalga oshirish joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishni qanday hujjat tasdiqlaydi?

Belgilangan shakl bo‘yicha QR-kod bergan holda o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida ma'lumotnoma. Uni o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra maxsus mobil ilova, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud qog‘oz shaklida soliq xizmatidan olish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt