#munosabat
Davlat soliq idoralarida asossiz yig‘ilish o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi
So‘nggi kunlarda ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbari tomonidan yarim tunda yig‘ilishlar o‘tkazilayotganligi haqida asossiz, tasdiqlanmagan xabarlar tarqatilmoqda.
Ta’kidlash joizki, davlat soliq idoralari tomonidan hafta davomida amalga oshiriladigan ishlarni aniq qilib rejalashtirib olish uchun dushanba kuni haftada bir marta mehnat qonunchiligi doirasida yig‘ilish o‘tkaziladi. Va, albatta, mazkur yig‘ilishlarda biror xodimning shaxsiyatiga tegish, kamsitish holatlari kuzatilmaydi. Ish vaqtidan tashqari esa bunday yig‘ilishlar o‘tkazilishiga aslo yo‘l qo‘yilmaydi.
Shu munosabat bilan, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bunday asossiz xabarlar tarqatmaslikni so‘raymiz.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#keshbek
Isteʼmolchilar fevral oyida 30 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘pladi
Chek uchun keshbek. 2022-yil 1-yanvardan xarid cheklarini “Soliq” mobil ilovasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslar xarid summasidan 1% keshbekka ega bo‘lmoqda.
✅Fevral oyida isteʼmolchilar tomonidan 27,9 mlrd so‘m keshbek yig‘ildi va shundan 24-mart holatiga 12,1 mlrd so‘m to‘lab berildi.
❗️Sotuvchilar tomonidan 6826 ta xarid cheki bekor qilinganligi sababli 468,9 mln so‘mlik keshbek to‘lanmaydi.
Qolgan keshbek summalari qachon to‘lanadi?
🔹4,5 mlrd so‘mlik keshbek 15474 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq hisobotlari topshirilganidan so‘ng;
🔹0,7 mlrd so‘mlik keshbek 3460 ta tadbirkorlik subyekti tomonidan soliq qarzi to‘langanidan so‘ng;
🔹10 mlrd so‘mlik keshbek shubhali bo‘lgani sababli o‘rganish natijasidan kelib chiqqan holda to‘lab beriladi.
“Soliq” mobil ilovasidagi tasdiqlangan “keshbek” mablag‘lari bank kartasiga qanday o‘tkaziladi?
1% keshbek nega 20-sanadan keyin qaytariladi?
Qaysi cheklarga keshbek qaytarilmaydi?
15 900 ta xarid cheki uchun hisoblangan keshbek summasi bekor qilindi. Sabab...
Keshbek – savdo va xizmat ko‘rsatish sohasida jamoatchilik nazorati.
Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?
Yana 15 mingdan ortiq isteʼmolchiga keshbek to‘lab berildi.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#elon
Hurmatli soliq to'lovchilar❗️
Bir qator tadbirkorlik subyektlari ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) va virtual kassalar soliq organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmayotganligi yuzasidan xabarlar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlarning sabablarini tezkor o‘rganib chiqish va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida alohida Telegram guruhi yaratildi.
Yangi modeldagi onlayn-NKMlarni Davlat reestriga kiritishda muammoga duch kelgan tadbirkorlardan https://t.iss.one/online_nkm_group havolasi orqali murojaat yuborishlarini so‘raymiz.
______
#объявление
Уважаемые налогоплательщики❗️
Поступают сообщения о том, что ряд субъектов предпринимательства, осуществляющих производство онлайн-ККМ и виртуальных касс, не могут зарегистрировать их в налоговых органах.
Для оперативного изучения причин таких обращений и решения возникающих в этой связи вопросов создана отдельная группа в Telegram.
Предпринимателей, которые столкнулись с проблемой включения новой модели онлайн-ККМ в Государственный реестр, просим оставить своё обращение по ссылке https://t.iss.one/online_nkm_group

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat
"Soliq hamkor" bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat
👉Chek bermaslik bo‘yicha murojaat tushganda tekshiruv qanday o‘tkaziladi?
👉Onlayn-NKM foydalanuvchilariga qanday imtiyozlar taqdim etilgan?
📹Youtube orqali ko‘rish
_________________________
#официальная_информация
Официальная информация в отношении публикаций, распространившихся в социальных сетях о системе "Налоговый партнёр"
👉Как проводится проверка, если поступило обращение о невыдаче чека?
👉Какие льготы предоставлены для использующих онлайн-ККМ?
📹 Смотреть в YouTube

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
DSQ rahbariyati ishtirokida farg'onalik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
©️Farg'ona TV
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
DSQ rahbariyati ishtirokida farg'onalik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazildi.
©️Farg'ona TV
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#mobil_ilova
Soliq mobil ilovasi yangilandi
Soliq mobil ilovasining yangi versiyasida (Android/ iOS yaqin vaqtlarda) bir qator yangilanishlar bo‘ldi
✔️ Quyidagi variantlardan birini tanlagan holda
Jismoniy shaxs kabinetiga kirish mumkin:
– ID karta
– ERI kaliti
– face ID tizimida JShShIR kiritish
– One ID tizimi orqali
✔️Jismoniy shaxslar kabinetida quyidagilar aks etadi:
– mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha qarzdorlik va ortiqcha to‘lov holati haqida ma’lumot;
– egaligidagi ko‘chmas mulk kadastr raqami;
– jismoniy shaxslarga hisoblangan oylik ish haqi va hisoblangan daromad solig‘i.
✔️“Keshbek” va “Soliq hamkor” bo‘limlarining funksiyalari ham takomillashdi:
– asosiy kartani tanlagan holda bir yoki bir nechta bank kartasini biriktirish yoki olib tashlash imkoniyati;
– fiskal belgini kiritish orqali chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi;
– skanerlangan cheklar oylar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi bunda hisoblangan mablag‘ miqdori va bank kartasiga o‘tkazish uchun tasdiqlangan summa ko‘rsatiladi;
– “Soliq hamkor” tizimida qo‘shimcha faylni yuklash imkoniyati – amalga oshirilgan xarid haqidagi murojaatni tasdiqlash uchun fotosurat;
– “Soliq hamkor”da murojaatni rad etish sababini tekshirish.
❗️Muhim: iste’molchi keshbekka ega bo‘lishi uchun xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazganda uni avval boshqa foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, haqiqatda xaridni amalga oshirgan shaxs tomonidan ushbu foydalanuvchi ustidan shikoyat yo‘llash imkoyati yaratildi.
❌Bunda bitta foydalanuvchiga nisbatan shikoyatlar soni 15 ta va undan ko‘p bo‘lsa, ushbu foydalanuvchi shubhali xaridor deb hisoblanadi hamda joriy oy uchun to‘plangan keshbeklari bekor qilinadi, chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati cheklanadi.
“Soliq” mobil ilovasida ERIsiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin
Huquqbuzarliklar haqida "Soliq hamkor" orqali xabar bering
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar mobil ilovadan ro‘yxatdan o'tishlari mumkin

🔉Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i hisoblanishi 1 kv.m uchun mutlaq qiymatda belgilangan eng kam miqdorlarni (soliq solinadigan baza sifatida) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
✅Shuningdek, xalq deputatlari viloyatlar Kengashi tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab belgilangan eng kam qiymatga 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyent kiritishi mumkin.
✅Agar obyektning 1 kv.m qiymati belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lsa, soliq to‘lovchi ko‘chmas mulk obyektlari qiymatini mustaqil baholashni amalga oshirish uchun baholovchilarni jalb etishga haqli. Bunda mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.
Bundan tashqari, soliq to‘lovchilarga quyidagi huquqlar berilgan:
🟢2022-yil 1-fevralga qadar 2022-yil uchun yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotnomani ko‘chmas mulk obyektlariga 1 kv.m minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etish;
🟢2022-yil 1-aprelga qadar kadastr organlarida ko‘chmas mulk obyektlari maydonlarini taqqoslashni amalga oshirish, 2022-yil uchun yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi aniqlashtirilgan ma’lumotnomani penya hisoblash ko‘rinishidagi javobgarlik chorasi qo‘llanilmagan holda taqdim etish imkoniyati berilgan.
❗️Hozirga qadar ayrim soliq to‘lovchilar tomonidan yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotnoma minimal qiymat miqdorini hisobga olmagan holda taqdim etilgan. Shu bois, ushbu soliq to‘lovchilardan 1 kv.m uchun minimal qiymat miqdorini hisobga olgan holda aniqlashtirilgan ma’lumotnoma taqdim etish so‘raladi.
♻️Ushbu masala yuzasidan qo‘shimcha savollar bo‘lsa, boshqarmaning mas’ul xodimiga 73-241-70-66, 99-998-97-00 telefon raqamlari orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Tadbirkorga maslahatchi, ko‘makchi bo‘lib faoliyat olib boramiz
So‘nggi to‘rt yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish borasida qator islohotlar amalga oshirildi va bu jarayon jadal davom ettirilmoqda.
Soliq ma’muriyatchiligining yangi bosqichga chiqarilishida
qabul qilingan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi asosiy omil bo‘ldi. Kodeks bilan soliq qonunchiligida qator yangiliklar joriy etildi.
Birinchidan, soliq turlari 13 tadan 9 taga qisqartirildi.
Ikkinchidan, soliq idoralarining ustuvor vazifalari sifatida soliq to‘lovchilar bilan “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili asosida ish yuritish prinsipi joriy etildi.
Uchinchidan, zamonaviy axborot texnologiyalarining keng tatbiq etilishi hisobiga soliq ma’muriyatchiligini, xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarib berish tizimi tubdan o‘zgartirildi.
To‘rtinchidan, ortiqcha to‘lov olishdan butunlay voz kechildi. Bu kabi holatlar qayd etilgan taqdirda ortiqcha to‘lov summasini qaytarish bilan birga, har bir kechiktirilgan kun uchun foiz to‘lash tartibi amaliyotga kiritildi.
Beshinchidan, soliqlarni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatini taqdim etish vakolati davlat soliq xizmati organlari va Xalq deputatlari mahalliy kengashlariga berildi.
Soliq idoralari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsam, “Soliqchi – ko‘makchi” tizimini amaliyotga keng joriy etish maqsadida 2022 yilning 1-choragi davomida Farg‘ona viloyati davlat soliq xizmati organlari tomonidan 8887 ta tadbirkorlik sub’ektlarining mavjud muammolari o‘rganildi. Mazkur jarayon davomida ko‘maklashish zarur bo‘lgan 8784 ta tadbirkorlik subyektlariga dastlabki buxgalteriyasini yuritish, qulay soliq rejimini tanlash, soliq imtiyozlari va ularni qo‘llash tartibini tushuntirish, qo‘shilgan qiymat solig‘idan bo‘lgan ortiqcha to‘lovlarni qaytarish va boshqa masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Biz, soliq idoralari xodimlari bundan buyon ham, albatta, Prezidentimiz belgilab berganlaridek, tadbirkorga ko‘makchi, maslahatchi va yaqin hamkor sifatida faoliyatimizni davom ettiramiz.

Яна 20 та фаолият тури ўзини ўзи банд қилиш шаклига ўтказилади
Бугунги кунда 67 та фаолият тури ўзини ўзи банд қилиш шаклига ўтказилган. Президент фаолият турларини яна 20 тага кўпайтириш ва бу орқали қўшимча 150 минг аҳоли бандлиги таъминлаш мумкинлигини кўрсатиб ўтди.
Вилоят ҳокимлари меҳнат миграциясидан қайтган фуқароларни қурилишларга жалб қилиш, уларга зарур асбоб-ускуналар олиб бериш учун субсидия ажратиш ҳисобига қўшимча 100 минг аҳолининг расмий бандлигини таъминлаши кераклиги таъкидланди.

Bugun, 1-aprel – daromadlar to‘g‘risida deklaratsiya topshirishning oxirgi kuni!
Soliq kodeksining 393-moddasiga asosan agar siz 2021-yilda:
🔹O‘zingizga tegishli noturar joylar, qimmatli qog‘ozlar, 36 oy ichida turar joylarni sotishdan;
🔹 Uy-joy, noturar joy, avtomobil va boshqa mulkingizni ijaraga berishdan;
🔹Mualliflik haqi va chet eldagi faoliyatingizdan, daromad solig‘i ushlab qolinmagan boshqa manbalardan daromad olgan bo‘lsangiz, joriy yil 1-aprelga qadar jami yillik daromadlaringiz to‘g‘risida deklaratsiya topshirishingiz lozim.
Deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i summasini soliq organi yoki bank bo‘limlariga tashrif buyurgan holda, shuningdek, masofadan “Soliq” mobil ilovasi, my.soliq.uz sayti va boshqa elektron to‘lov tizimlari orqali to‘lashingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, soliq deklaratsiyalarini o'z vaqtida taqdim etmaslik, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 174-moddasiga ko'ra, BHMning 3 baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo'ladi.
#deklaratsiya

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 244-moddasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida axborot xabari
_____________________
Информационное сообщение об изменениях, внесенных в статью 244 Налогового кодекса Республики Узбекистан