Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
#EHF #MXIK
Hurmatli soliq to‘lovchilar!
Soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish va ma’lumotlarni bir marotaba kiritish orqali EHFlardagi ma’lumotlarni avtomat shakllantirish maqsadida 2022-yil 24-yanvardan quyidagi hujjat turlarida ixtiyoriy ravishda MXIK kodlarini aks ettirish imkoniyati qo‘shildi:
🔸ishonchnoma;
🔸tovar-transport yukxati;
🔸dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida).
Ishonchnoma rasmiylashtirishda MXIKlardan foydalanish ixtiyoriy.
Agar EHFni avtomatik ravishda yaratish zarur bo‘lsa, ishonchnomada MXIK ko‘rsatilаdi.
MXIK bilan ishonchnoma shakllantirilgandan so‘ng, kontragent quyidagi amallar ketma-ketligini bajaradi:
“Qabul qilinganlar” bo‘limidan ➡️“Ishonchnomalar”ga kiriladi, ➡️“Sizning imzongizni kutmoqda” bo‘limi tanlanadi va u yerda ➡️“Qabul qilish va EHF yaratish” tugmasi bosiladi.
Noruda foydali qazilmalarni realizatsiya qiluvchilar avtomatik tarzda EHF shalklantirish uchun tovar-transport yukxati (TTY)da MXIK ko‘rsatishi shart hisoblanadi. Agar tovar-transport yukxati MXIK bilan shakllantirilgan bo‘lsa, EHF yaratishda tovar-transport yukxati ID-kodi ko‘rsatilishi kerak.
Boshqa hollarda tovar-transport yukxatini shakllantirishda MXIK ko‘rsatilishi shart emas.
Dalolatnoma (bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar to‘g‘risida) shakllantirishda ham MXIKdan foydalanish ixtiyoriy.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#QQS #e_aktiv #e_ijara #press_tur
Tadbirkorga 1,1 mlrd. so‘mlik ortiqcha QQS to‘lovi qaytarildi
📌Farg‘ona viloyatida davlat soliq xizmati organlari tomonidan “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🗓Joriy yil yanvar oyining o‘zida Farg‘ona shahridagi 300 dan ortiq tadbirkorni qiynayotgan masalalar o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda 2022-yil 1-yanvardan boshlab soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgarishlar targ‘iboti olib borilmoqda.
✅Xususan, 2019-yilda tashkil etilgan "SWISSAGRO" qo‘shma korxonasi ayni paytda 17 turdagi mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarmoqda. Soliq idoralari xodimlari tomonidan korxona vakillari bilan uchrashib, chetdan olib kelingan ishlab chiqarish uskunalari va xom ashyo sotib olish natijasida hosil bo‘lgan ortiqcha QQS to‘lovlarini qaytarish masalasi ko‘rib chiqildi. Tadbirkorning murojaati qisqa fursatda qanoatlantirib, korxona hisob raqamiga 1,1 mlrd. so‘m qaytarilishida ko‘maklashildi.
✅Viloyat DSB xodimlari Farg‘ona shahrida armatura maxsulotlari ishlab chiqaruvchi "ZHONG MIN METAL PRODUCTS" korxonasida ham bo‘ldilar.
♻️Tadbirkor bilan ochiq muloqot jarayonida soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar, xususan, E-aktiv, E-ijara platformalari va mol-mulk solig‘i bo‘yicha o‘zgarishlar mohiyati tushuntirildi.
Uchrashuvlarda OAV vakillari ham ishtirok etib, tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdilar.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Respublikamiz elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shunga qaramay, Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotganini maʼlum qilamiz.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Shunga qaramay, Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimlari odatdagi tartibda faoliyat ko‘rsatayotganini maʼlum qilamiz.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara #mutaxassis_sharhi
✅2022-yil 1-yanvardan boshlab jismoniy va yuridik shaxslar ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida faqat elektron shaklda E-ijara dasturi orqali hisobga qo‘yishi belgilandi.
Farg‘ona viloyati DSB bo‘lim boshlig‘i Azizbek Erkinov E-ijara dasturidan qanday foydalanish haqida tushuntirish berdi.
❗️Eslatib o‘tamiz, yuridik shaxslar tomonidan shartnomalarini ushbu dastur orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezoni sifatida baholanadi va QQS guvohnomasi vaqtinchalik to‘xtatilishi❌ yoki QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun arizasi rad etilishiga sabab bo‘ladi.

Keshbek va Soliq hamkor tizimidan qanday foydalanish borasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
📌Xabaringiz bor, joriy yil 1-yanvardan boshlab savdo obyektlarida amalga oshirilgan xarid uchun berilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga umumiy xarid summasidan 1 foizini (cashback) qaytarish tizimi joriy etildi.
🔊Ushbu yangilikni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan Farg‘ona shahridagi aholi gavjum joylarda targ‘ibot ishlari olib borildi. Unda cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, shuningdek, chek berilmagan hollarda “Soliq hamkor” tizimi orqali murojaat yo‘llash imkoniyatlari tushuntirildi.
💳Eslatib o‘tamiz, QR-kodli chek ro‘yxatga olingach, 1 foizli mablag‘ jismoniy shaxslarning bank kartalariga oy yakuni bilan qaytariladi.