Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.96K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-209-son, 25.12.2023)ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi.

Unga ko‘ra, har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar quyidagilarni tashkil etadi👉 Infografikada batafsil ko‘rsatilgan.

#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🗓15-aprel – jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i teng yarmini to‘lashning oxirgi kuni!

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni tez va oson amalga oshirishingiz mumkin.

👉Yer va mol-mulk soliqlarini Soliq mobil ilovasi orqali to‘lash

#15_aprel #yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

O‘z vaqtida to‘lanmagan soliq summasiga har bir kun uchun penya hisoblanadi

15-aprel kuni jismoniy shaxslar uchun joriy yilda hisoblangan mol-mulk va yer soliqlarining yarmini to‘lashning oxirgi kuni edi.

Eslatib oʻtamiz ❗️Soliq to'lash majburiyatining bajarilishi kechiktirilgan har bir kun uchun toʻlanmagan soliq summasining 0,047% (MB qayta moliyalash stavkasi - 14% dan 1/300) miqdorida penya hisoblanadi.
👉Soliq kodeksi 110-moddasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mulk_soligi #yer_soligi

- Soliq mobil ilovamda onamning soliq qarzi ko‘rsatilgan, biroq onam 2022-yilda vafot etgan va nomidagi xonadon sotilgan. Buni qanday bartaraf etish kerak?

- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
👉 Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi

Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.

Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

❗️Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va
yer soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan
yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mulk_soligi #yer_soligi

- Soliq mobil ilovamda onamning soliq qarzi ko‘rsatilgan, biroq onam 2022-yilda vafot etgan va nomidagi xonadon sotilgan. Buni qanday bartaraf etish kerak?

- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
👉 Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi

Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.

Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

❗️Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jismoniy shaxslardan undirilgan mol-mulk va yer soliqlarining 10 foizi “Mahalla budjeti”da qoladi

📃“Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-209-son, 25.12.2023)ga ko‘ra,

🗓2024-yil 1-yanvardan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi amaliyotga joriy etildi.

Unga ko‘ra, jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning (noturar joylar bo‘yicha undiriladigan mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bundan mustasno) 10 foizi har bir mahalladagi Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasiga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yilgan.

Batafsil infografikada.

#yer_soligi #mol_mulk_soligi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt