#imtiyozlar
Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari
🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.
🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.
🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.
🔹Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 465 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.
Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 465 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 465 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 465 ming = 535 ming) 12 % stavkada (64 ming 200 so‘m) soliq to‘laydi.
🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 628 550 so‘m) JShODSdan ozod etilgan.
*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori = 1 155 000 so‘m
Telegram I Facebook I Instagram I Youtube

#barqarorlik_reytingi
QQS guvohnomasi bekor qilinishi Barqarorlik reytingiga salbiy ta'sir etadi
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimi Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida "Ehtirom plus mikromoliya tashkiloti" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni batafsil tushuntirdilar.
Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining maxsus guvohnomasi holatini baholashda QQS to‘lovchisining maxsus guvohnomasi bekor qilingan yoki to‘xtatilgan taqdirda, ballar yig‘indisidan 10 ball chegirilishi yetkazildi.

Qo‘qon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi
Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.
Navbatdagi qabul Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tdi, unda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etib, fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.
Qabul davomida QQS guvohnomasi olish, yer va mol-mulk soliqlari, qo‘llanilgan ma'muriy jarimalarni qayta ko‘rib chiqish, soliq hisobotlari kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Shu kunning o‘zida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari tushuntirilmoqda
VMQ-745-son qarorga ko‘ra, ayrim tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi belgilangan.
👉 2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.
👉 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:
➖60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
➖60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan tadbirkorlar faoliyat manziliga borgan holda mazkur yengilliklar va imtiyozlardan foydalanish shartlari, shuningdek, Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilmoqda.

#AOS
Aylanmadan olinadigan soliqning qatʼiy belgilangan summadagi stavkasi qachondan rad qilinadi?
✅Joriy soliq davrida aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summadagi stavkada toʻlovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni rad etishga va soliqni Soliq kodeksining 467-moddasining 1-qismida koʻrsatilgan soliq stavkalari (foizlarda (advalor) boʻyicha toʻlashga oʻtishga haqli.
❗️Buning uchun soliq toʻlovchi navbatdagi soliq davri boshlangunga qadar 10 kundan kechiktirmay my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetida “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimi orqali soliq hisobida turgan joydagi soliq organiga rad qilish xabarnomasini yuborishi lozim.

Soliq xizmati organlarida korrupsiyaga o‘rin yo‘q
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi majlislar zalida seminar tashkil etildi.
Unda viloyat prokuraturasi vakillari, boshqarma rahbariyati, shaxsiy tarkib hamda hududiy soliq inspeksiyalari xodimlari (videokonferens aloqa orqali) ishtirok etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishish madaniyatini oshirish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish va sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatiga batafsil to‘xtalib o‘tdilar.
Shuningdek, soliqchilar oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida eslatib o‘tildi.
#antikorrupsiya