Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
5.44K photos
603 videos
45 files
2.74K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
"Soliqchilar bog‘i" barpo etildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida soliq xizmati organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Toshloq tumani Yuqori qishloq MFY hududidagi qarovsiz yotgan yer maydoni shudgor qilinib, “Soliqchilar bog’i” barpo etildi.

Daraxt ekish tadbirida viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsudxon Mamatxanov va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

Yangi barpo etilayotgan 50 sotixli bog’da mevali ko‘chatlar ekildi.

#yashil_makon

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#raqamlashtirish #keshbek

Farg‘onalik iste'molchilar 10 oyda 61,8 mlrd so‘m keshbekka ega bo‘ldi

Joriy yil boshidan (29-noyabr holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 810,8 mln chek uchun 834,8 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 94,9 mlrd so‘mi oktabr oyi uchun berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 326,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 85,6 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 73,3 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 61,8 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 41,8 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
SOLIQ_TAQVIMI_DEKABR_2024.pdf
182 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil dekabr oyi uchun kalendari

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yechim #soliq_hisoboti

YECHIM – yangi loyiha

Mazkur loyiha doirasida soliq sohasiga oid dolzarb masalalar yuzasidan mutaxassislar tomonidan sodda va xalqchil tilda tushuntirishlar berib boriladi.

___________
Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun qo‘llanilgan jarima asoslimi?


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉 Soliq kodeksi 220-modda

Soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:
🔹YTTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,
🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉 MJTK 175-modda 2-qism

*2024-yil 1-oktabrdan boshlab BHM 1 baravari = 375 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlardan reportaj

©️Farg‘ona TV

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 465 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.

Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 465 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 465 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 465 ming = 535 ming) 12 % stavkada (64 ming 200 so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 628 550 so‘m) JShODSdan ozod etilgan.

*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori = 1 155 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#barqarorlik_reytingi

QQS guvohnomasi bekor qilinishi Barqarorlik reytingiga salbiy ta'sir etadi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimi Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida "Ehtirom plus mikromoliya tashkiloti" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni batafsil tushuntirdilar.

Xususan, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisining maxsus guvohnomasi holatini baholashda QQS to‘lovchisining maxsus guvohnomasi bekor qilingan yoki to‘xtatilgan taqdirda, ballar yig‘indisidan 10 ball chegirilishi yetkazildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Qo‘qon shahrida sayyor qabul o‘tkazildi

Aholi bilan yaqindan muloqot qilish, muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Navbatdagi qabul Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tdi, unda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ham bevosita ishtirok etib, fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida QQS guvohnomasi olish, yer va mol-mulk soliqlari, qo‘llanilgan ma'muriy jarimalarni qayta ko‘rib chiqish, soliq hisobotlari kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan masalalar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
TOP-8: “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 100 ball bo‘lgan xodimlar

Joriy yil noyabr oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - 77,9 ballni tashkil etdi.

E'tiborlisi, “Mahallabay” tizimida viloyatimizdagi 1 063 ta mahallada 433 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 8 nafari samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimum - 100 ballik natijani qayd etdilar hamda mukofotlash uchun tavsiya etildilar.


Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mahalladagi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni namunali yo‘lga qo‘ygan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi eng baland bo‘lgan ushbu xodimlarni samimiy tabriklaydi!

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#QQS #AOS

QQS to‘lovchilar qachon aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lash rejimiga o‘tishga haqli?


Soliq davrida* tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliq (AOS) to‘lash rejimiga 2025-yil 1-yanvardan boshlab o‘tishga haqli.
👉 Soliq kodeksi 462-modda

Buning uchun, QQS to‘lovchilar tomonidan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtilayotgan navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar oʻn kundan kechiktirmay, ya’ni 2024-yil 15-dekabrgaсha, quyidagi havola orqali elektron ariza yuboriladi:

👉
https://my3.soliq.uz/vat-payer-registration/vat-unregistration

❗️QQS toʻlovchilar tomonidan bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlar bajarilganda, navbatdagi soliq davridan aylanmadan olinadigan soliq toʻlash rejimiga oʻtadi:
- QQS toʻlash tartibiga kamida 12 oy oldin oʻtgan boʻlsa;
- Soliq kodeksining
461-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan QQS toʻlashning majburiy mezonlari mavjud boʻlmasa.

Taqdim etilgan ariza yuqoridagi tartib va muddatlarga mos bo‘lsa, soliq to‘lovchi 01.01.2025-yildan AOS to’lashga o‘tkaziladi, aks holda ariza rad etiladi. Har ikki holatda ham soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga qaror yuboriladi.

*soliq davri – 01.01.2024 - 31.12.2024

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga soliq imtiyozlari tushuntirilmoqda

VMQ-745-son qaror
ga ko‘ra, ayrim tadbirkorlarga budjetga to‘langan QQSning bir qismini qaytarish tartibi belgilangan.

👉 2024-yil 1-oktabrdan turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

👉 2025-yil 1-yanvardan umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 40 foizi;
60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan QQSning 20 foizi qaytariladi.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan tadbirkorlar faoliyat manziliga borgan holda mazkur yengilliklar va imtiyozlardan foydalanish shartlari, shuningdek, Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube