Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.88K subscribers
4.75K photos
526 videos
42 files
2.45K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
"Soliqchilar bog‘i" barpo etildi

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida soliq xizmati organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda.

Farg’ona viloyati soliq boshqarmasi tashabbusi bilan Toshloq tumani Yuqori qishloq MFY hududidagi qarovsiz yotgan yer maydoni shudgor qilinib, “Soliqchilar bog’i” barpo etildi.

Daraxt ekish tadbirida viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsudxon Mamatxanov va shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

Yangi barpo etilayotgan 50 sotixli bog’da mevali ko‘chatlar ekildi.

#yashil_makon

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#raqamlashtirish #keshbek

Farg‘onalik iste'molchilar 10 oyda 61,8 mlrd so‘m keshbekka ega bo‘ldi

Joriy yil boshidan (29-noyabr holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 810,8 mln chek uchun 834,8 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 94,9 mlrd so‘mi oktabr oyi uchun berilgan.

To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 326,4 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 85,6 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 73,3 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 61,8 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 41,8 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
SOLIQ_TAQVIMI_DEKABR_2024.pdf
182 KB
#soliq_taqvimi

🗓 Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2024-yil dekabr oyi uchun kalendari

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlardan reportaj

©️Farg‘ona TV

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 465 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.

Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 465 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 465 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 465 ming = 535 ming) 12 % stavkada (64 ming 200 so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida (1 628 550 so‘m) JShODSdan ozod etilgan.

*mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori = 1 155 000 so‘m

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube