Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.98K photos
547 videos
42 files
2.53K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#antikorrupsiya

Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi

Xabaringiz bor, joriy yil 1-noyabrdan 29-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda tizim xodimlari uchun profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona shahri, Oltiariq, Toshloq va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda davlat xizmatchilari, xususan, soliqchilar, oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
🟦🟦🟦🟦🟦

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Soliq qo‘mitasining katta hajmli maʼlumotlar bazasi bosqichma-bosqich yangi serverlarga migratsiya qilish jarayoni davom etmoqda.

Shu munosabati bilan, 🕓 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr soat 06:00ga qadar ayrim axborot tizimlari va elektron soliq xizmatlarining ish faoliyati vaqtinchalik cheklanadi.

🖇Xususan:
Munis va onlayn to‘lov tizimlari orqali soliq to‘lovlari;
fuqarolarning ShJBP fondiga to‘lovlar;
quyoshli xonadon;
deklaratsiya yuborish;
korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish;
elektron murojaatlar va boshqa
xizmatlarda uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________
#объявление

Уважаемые налогоплательщики

Налоговый комитет продолжает поэтапную работу по миграции большой базы данных на новые серверы.

В связи с этим 🕓 с 00:00 часов 30 ноября до 06:00 часов 2 декабря текущего года будет временно ограничена работа некоторых информационных систем и электронных налоговых услуг.

🖇В частности, перебои возможны в:
уплате налогов через систему Munis и электронные платежные системы,
платежах в накопительный пенсионный фонд граждан,
услуге «Солнечный дом»,
подаче декларации,
добровольной и принудительной ликвидации предприятий,
электронных обращениях

и других услугах.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida seminar o‘tkazildi

Respublikamizda 2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Mazkur oylik doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida ko‘rgazmali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Unda mutaxassislar tomonidan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Xususan, gaz uskunalari hamda dudburonlarning holati, ya’ni ularning to‘g‘ri o‘rnatilganligi, sozligi, pechlar (qozon) ning xavfsizligi, xonada gaz hidi sezilmasligi, nostandart shlang bilan gaz tarmog‘iga ulanish, xonaning ventilyatsiya tizimi mavjudligi, birinchi yordam ko‘rsatish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat FVB xodimlari tomonidan maxsus texnika va vositalar namoyish etildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube