Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.98K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
“OCHIQ ESHIKLAR KUNI” TASHKIL ETILDI

Joriy yilning 1-noyabridan 29-noyabriga qadar soliq organlarida o‘tkazilayotgan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida OAV vakillari hamda talabalar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbir doirasida viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Botiraliyev mehmonlar bilan uchrashib, soliq tizimida korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Prezidentimiz tashabbusi bilan soliq organlarida "mahallabay" va "korxonabay" ishlash tizimining yo‘lga qo‘yilganligi, erishilayotgan natijalar va ish samaradorligidan kelib chiqib xodimlar rag‘batlantirilayotganligini ta’kidladi.

“Ochiq eshiklar kuni” jarayonida OAV vakillari hamda talabalar viloyat soliq boshqarmasi faoliyati, tizim xodimlarining ish jarayonlari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

#ochiq_eshiklar_kuni

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida Farg'ona viloyat soliq boshqarmasida ochiq eshiklar kuni bo'lib o'tdi.

#antikorrupsiya

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshirilganda Biznes-ombudsman xabardor etiladi


📃“Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-184-son, 14.11.2024 y.) qabul qilindi.

🔰Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:

jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinadi;

“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi joriy etiladi.

🗓Elektron tizimda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida huquqbuzarlik sodir etish xavfi past, o‘rta va yuqori darajalarga tasniflanadi.

Xavf darajasi past bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilmaydi.

2025-yil 1-yanvardan quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik bekor qilinadi:

fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish;
majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzish;
xodimlar sonini yashirish.

⚡️Farmon bilan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali Biznes-ombudsmanni xabardor etish tartibi joriy etiladi.

➡️Bunda tekshiriladigan tadbirkorlik subyekti aniq bo‘lmagan holatlarda, tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida Biznes-ombudsman xabardor etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#barqarorlik_reytingi

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga mustaqil tuzatishlar kiritilishi Barqarorlik reytingiga salbiy ta'sir etadi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida "Rohat baraka servis" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni batafsil tushuntirdilar.

Xususan, taqdim etilgan soliq hisobotlariga soliq to‘lovchining o‘zi tomonidan mustaqil tuzatishlar kiritilishi quyidagicha baholanishi yetkazildi👉

soliq (hisobot) davrida avval taqdim etilgan hisobotlarga:
👉 bir marotaba o‘zgartirish kiritilgan bo‘lsa — 1 ball;
👉 ikki marotaba — 2 ball;
👉 uch marotaba — 3 ball;
👉 to‘rt marotaba — 4 ball;
👉 besh va undan ortiq o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lsa — 5 ball chegiriladi.

❗️Bunda barcha soliq turlari hisobga olinadi. Bir soliq davri uchun o‘sib boruvchi yakuni bilan topshirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotlari bir marotaba taqdim etilgan deb hisoblanadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy bog'cha va maktablar uchun soliq imtiyozlari muddati uzaytirildi


2030-yil 1-yanvargacha:

🔹xususiy bolalar bog'chasi va maktablar barcha soliq va yig'imlardan ozod qilinadi (ijtimoiy soliq bundan mustasno);

🔹xususiy bog'cha va maktablarda faoliyat yuritayotgan xorijiy o'qituvchilar va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i va ijtimoiy soliqdan ozod qilinadi.

❗️Ushbu tartib Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amaliyotga joriy etiladi.
👉Soliq kodeksi
2- va 75-moddalari

Ma'lumot uchun:
Imtiyoz dastlab 2021-yil 1-yanvargacha berilgan edi, keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube
#antikorrupsiya

Korrupsiya – jamiyat va taraqqiyot kushandasi

Xabaringiz bor, joriy yil 1-noyabrdan 29-noyabrga qadar soliq xizmati xodimlari o‘rtasida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan hamkorlikda tizim xodimlari uchun profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona shahri, Oltiariq, Toshloq va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalarida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda davlat xizmatchilari, xususan, soliqchilar, oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Youtube