Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.87K subscribers
4.73K photos
524 videos
42 files
2.43K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#bilasizmi #onlayn_NKM

Naqd pul yoki plastik kartaga savdo qilishingizdan qat'i nazar QR-kodli xarid cheki berilishi shart❗️

📃Prezidentning PF-5813-son Farmoniga asosan, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lov naqd pul yoki plastik karta orqali amalga oshirilishidan qat’iy nazar, xaridorlarga QR-kodli chek berishi shart.

❗️Mazkur normaga rioya qilmaslik, nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik besh million so‘m miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksining 221-moddasi

📌Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#hayat

Hayʼat majlisi: 10 oylik natijalar tahlili, muhim vazifalar

Joriy yilning 10 oyi, jumladan oktabr yakuni natijalari va yilni muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan Soliq qoʻmitasining kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi oʻtkazildi.

Hayʼat yigʻilishida Prezident maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Timur Ishmetov, qoʻmita markaziy apparat tuzilma rahbarlari, hududiy davlat soliq boshqarma hamda inspeksiya (videokonferensaloqa orqali) boshliqlari ishtirok etdi.

10 oylik natijalar:

• Umumiy tushum: 152,8 trln soʻm 📈15%
• Oktabr: 17,8 trln soʻm 📈17%

“Mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlarida har bir xodimning samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) joriy etilishi natijasi va iqtisodiyotdagi ijobiy oʻzgarishlar zaminida 10 oylik oʻsish koʻrsatkichlari:

• Mol-mulk soligʻi ▲ 39%
• Yer soligʻi ▲ 26,3%
• Aksiz ▲ 22,4%
• Suv soligʻi ▲ 28,4%
• QQS ▲ 17,3%
• JSHODS ▲ 18,2%

Shu bilan birga, Andijon, Namangan, Fargʻona, Qashqadaryo, Samarqand,Toshkent viloyatlari hamda Yirik soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish hududiy soliq inspeksiyalarida toʻliq foydalanilmayotgan yoʻnalishlar aniq koʻrsatib berildi.

Asosiy eʼtibor quyidagi masalalarga qaratildi:

🔹toʻlov intizomini mustahkamlash orqali soliq qarzini qisqartirish;
🔹ortiqcha toʻlov summalarini hosil qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
🔹tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorlikka yoʻl qoʻygan subyektlarga koʻmaklashish;
🔹ogohlantirishlardan keyin ham kamchiliklarni takrorlashda davom etayotgan ayrim xavfdagi soliq toʻlovchilarga nisbatan manzilli soliq nazorati tadbirlarini samarali tashkil etish.

Zimmasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini yetarli darajada bajarmagan, ish faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 31 nafar xodimlarga intizomiy choralar qoʻllanildi.

Shuningdek, samaradorlik koʻrsatkichlarini baholash (KPI) natijasiga koʻra, 14 nafar xodimning maxsus unvoni pasaytirilib, 12 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Yigʻilish yakunida sohani raqamlashtirishni izchil davom ettirish hamda “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari orqali soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini yanada oshirish, shu bilan birga noyabr-dekabr oylari uchun soliq tushumlari boʻyicha nazorat koʻrsatkichlari belgilab berildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalari qachon to‘xtatib turilishi mumkin?

Soliq kodeksining 111-moddasiga asosan, yuridik shaxslar va YaTTning bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish soliq organi tomonidan quyidagi hollarda qo‘llanilishi mumkin:

1)
ushbu soliq to‘lovchi tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin o‘n kun ichida taqdim etilmaganda;

2) soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;

3)
soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini ko‘rsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga to‘sqinlik qilishda;

4) soliq to‘lovchining o‘zi ko‘rsatgan manzilda yo‘qligida.

❗️Soliq to‘lovchining bankdagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar o‘rinbosari) tomonidan o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. O‘n kundan ko‘p muddatga to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin.

#savol_javob

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#elon

Onlayn-NKT cheklarini tahrirlash uchun muddatlar uzaytiriladi

Soliq qo‘mitasi maʼlumotlar bazasidagi fiskal cheklar va jismoniy shaxslarning 80 terabayt hajmdagi maʼlumotlari yangi serverlarga migratsiya qilindi.

Jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar belgilangan tartibda ish faoliyatida.

Shu bilan birga, dasturiy taʼminotning yangilangan versiyasiga o‘tish, maʼlumotlar bazasini optimallashtirish, xato va takrorlanishlarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Maʼlumotlarni ko‘chirish jarayonida soliq to‘lovchilar uchun noqulayliklarni kamaytirish, maʼlumotlarning saqlanishi va xavfsizligini taʼminlash vazifasi qo‘yilgan.

Shu maqsadda shaxsiy kabinetda cheklarni tahrirlash imkoniyati 8-noyabrgacha cheklanadi, shuningdek, bu davrda axborot tizimlari va elektron xizmatlarda qisqa muddatli uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha soliq to‘lovchilarga oktabr oyi uchun onlayn-NKT cheklaridagi summalarni tahrirlash (qolgan barcha maʼlumotlarni tahrirlash cheklanmagan) muddati 1-dekabrga qadar uzaytiriladi.
______
#объявление

Сроки корректировки чеков онлайн-ККТ будут продлены


На новые серверы перенесено 80 терабайт информации базы данных Налогового комитета, касающейся фискальных чеков и физических лиц. Электронные услуги для физических лиц и индивидуальных предпринимателей работают в штатном режиме.

Вместе с тем осуществляется переход на обновлённую версию программного обеспечения, оптимизируются базы данных, устраняются ошибки и дубликаты.

Поставлена задача минимизировать возможные неудобства для налогоплательщиков при переносе данных, обеспечить сохранность и безопасность данных.

В этих целях возможность корректировки чеков в персональном кабинете будет ограничена до 8 ноября. В этот период возможны краткосрочные сбои в работах информационных систем и услуг.

Учитывая вышеизложенное, для всех налогоплательщиков срок корректировки сумм в чеках онлайн-ККТ за октябрь (корректировка остальных данных не ограничена в сроках) продлевается до 1 декабря.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-noyabr

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 390-moddasi 2-qismi, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Toshloq tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida aholi muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Toshloq tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham bevosita ishtirok etdi va fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida deklaratsiya, kredit va moddiy yordam ajratish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida murojaatlarga mas'ullar biriktirilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Farg‘ona viloyatida yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 10 baravarga oshdi


Hozirda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” elektron onlayn platformasida Farg‘ona viloyati bo‘yicha jami 50 mingta tadbirkorlik subyekti baholangan.

Joriy yil 1-mart holati bilan solishtirganda umumiy yuqori reytingdagi tadbirkorlar soni 10 baravarga oshib, 754 taga yetdi.

Joriy yilning 5-noyabr holatiga:

🟢AAA - 156 ta
🟢AA - 265 ta
🟢A - 333 ta

O‘rta reytingdagi tadbirkorlar soni 1,8 baravarga oshib, 6,3 mingtaga yetdi.

🔵ВВВ - 1 119 ta
🔵ВВ - 2 059 ta
🔵В - 3 198 ta

🔴Quyi reytingdagi tadbirkorlar soni 1,2 baravarga kamayib, jami 21,8 mingtaga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Barqarorlik reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlarni rag‘batlantirish choralari nazarda tutilgan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonun_loyihasi

🇺🇿 Iqtisodiyot va Moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi “Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan tushuntirishi

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soliq hisoboti yoki to‘lov topshiriqnomasini o‘z vaqtida taqdim etmaslik uchun belgilangan javobgarlik choralari

📃Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 175-moddasida soliq solish obyektlarining hisobini va hisobotini yuritishning belgilangan tartibini, shuningdek to‘lov intizomini buzganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Unga ko‘ra👉

🔹Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaslik
fuqarolarga BHMning (375 000 so‘m) uch baravari miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔹Soliqlar va yig‘imlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik
BHMning besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 9-10 noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kunlariga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada taqdim etilishi, to‘lanishi belgilangan hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 11-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

Hukumat Qarori (745-son, 07.11.2024 y.) bilan Umumiy ovqatlanish, turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga byudjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik Nizomi tasdiqlandi.

⚡️ Vaqtinchalik Nizomga ko‘ra, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga - budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🔰2025-yil 1-yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam bo‘lganda — budjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

🗓Tadbirkorlik subyekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

🔸hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq budjetga to‘liq to‘langanda;

🔸hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;

🔸hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

❗️Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Stol tennisi boʻyicha U-15 “O‘zbekiston kubogi" musobaqasiga start berildi

Avval xabar berganimizdek, Farg’ona viloyatida joriy yil 9-14-noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 🏓stol tennisi boʻyicha U-15 “OʻZBEKISTON KUBOGI”🏆 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun musobaqaning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

“OʻZBEKISTON KUBOGI”da mamlakatimizning 14 hududidan 15 yoshgacha bo'lgan 180 nafar professional sportchilar g’oliblik uchun qizg’in bahslarga kirishdilar.

Sportchilarga omad tilaymiz!


Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt