Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.85K photos
532 videos
42 files
2.47K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#barqarorlik_reytingi

Ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi Barqarorlik reytingida tadbirkorga 10 ball olish imkoniyatini beradi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida qator tadbirkorlik subyektlari, xususan "TO PRODUCE AND SELL CONSTRUCTION MATERIALS" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni batafsil tushuntirdilar.

Xususan, tadbirkorlik subyekti foydalanayotgan yer uchastkalari yoki mulk huquqi (ijara huquqi) asosida ko‘chmas mulk obyektlari mavjudligi quyidagicha baholanishi tushuntirildi👉

🔹mulk huquqi asosida bo‘lsa — 10 ball;
🔹ijara shartnomasi bo‘yicha foydalanilayotganda — 7 ball beriladi.

❗️Agar yer uchastkalari va (yoki) ko‘chmas mulk obyektlari mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, tadbirkorlik subyektining u ko‘rsatgan manzilda faoliyat yuritmayotganligi aniqlansa — 5 ball chegiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#matbuot_anjumani #budjetnoma

Soliq siyosati: 2025-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz
qoldirilmoqda

▫️foyda solig‘i -
15%;
▫️QQS -
12%;
▫️JShODS -
12%;
▫️yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i -
1,5%;
▫️AOS -
4%;
▫️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun yer solig‘i -
0,95%;
▫️qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun suv solig‘i -
100 so‘m.

Sog'lom turmush tarzini yaxshilash va tabiat resurslarini asrash:

▫️Alkogol va tamaki mahsulotlari uchun
aksiz solig'i stavkalarini JST talablariga bosqichma-bosqich muvofiqlashtirilmoqda;
▫️ barcha shirin ichimliklarga
aksiz solig'i joriy etilmoqda. (Amalda gazlangan shirin ichimliklarlarda)
▫️ suvni isrof qilishni kamaytirish maqsadida avtomobillarni yuvishda foydalaniladigan
suv uchun soliq stavkasi qayta ko'rib chiqilmoqda (1 kub metr uchun 15 ming so'm)

Tadbirkorlarga teng sharoitlar yaratish:

▫️JST talablariga asosan tovar va xizmatlar eksporti bo'yicha
foyda solig'i imtiyozi bekor qilinmoqda;
▫️Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ( sanoat, xizmatlar, qurilish va boshqalar) uchun
suv solig'ini bir xil belgilash.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Mirzo Ulug‘bek: buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi

Ayni kunlarda yurtimizda buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlanmoqda.

Sana munosabati bilan shu kunlarda mamlakatimiz va xorijda ulug‘ bobomiz merosini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda, uning nomi bilan bog‘liq maskanlar obod etilmoqda.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida ham xuddi shu mazmundagi tadbirlar tashkil etilmoqda, xususan, buyuk sarkarda va olimning hayot yo‘li yoritilgan teleko‘rsatuv xodimlar e’tiboriga havola etildi.

Bu kabi tadbirlar, albatta, davlat xizmatchilarining boy tariximizni o‘rganish, qolaversa, ma’naviy dunyoqarashlarini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokidagi navbatdagi sayyor qabul Qo‘shtepa tumanida o‘tkazildi

Mazkur tadbirda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham ishtirok etib, muammoga yechim izlab qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi, murojaatlarni o‘rgandi.

Qabul davomida boshqarma boshlig‘iga deklaratsiya, yer va mol-mulk soliqlari, faoliyatini qonuniy tugatishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida ularni ijobiy hal etish choralari ko‘rildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar esa mas’ullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Sayyor qabullar viloyatning barcha shahar va tumanlarida davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
🟦🟦🟦🟦🟦

🔎Xabar berilganidek, katta hajmdagi maʼlumotlarni yangi serverlarga migratsiya qilinmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktabr soat 18:30 dan 5-noyabr soat 23:59 ga qadar onlayn NKT cheklarini tahrirlash imkoniyati vaqtinchalik cheklanadi.

Shuningdek, joriy yilning 31-oktabr soat 23:00 dan 5- noyabr soat 23:59 ga qadar jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliqlarni to‘lash, soliq hisoboti va deklaratsiyalarni taqdim etish, soliq qarzdorligi haqida maʼlumotlarni elektron tarzda olish hamda boshqa elektron xizmatlardan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so‘raymiz.
__________________
#объявление

🔎Сообщалось, что большие данные переносятся на новые серверы.

В связи с этим с 18:30 часов 30 октября текущего года до 23:59 часов 5 ноября будет временно ограничена возможность корректировки чеков онлайн-ККТ.

Также с 23:00 часов 31 октября до 23:59 часов 5 ноября временно приостанавливается использование таких электронных услуг, как уплата налогов физическими лицами и индивидуальными предпринимателями, представление налоговой отчетности и декларации, получение электронной справки о налоговой задолженности и др.

Приносим извинения за доставленные неудобства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘onaliklar keshbek olishda yetakchilar qatorida

🗓Joriy yil boshidan (29-oktabr holatiga) respublika bo‘yicha iste’molchilarga 701,1 mln chek uchun 717,8 mlrd so‘m keshbek to'langan. Shundan 87 mlrd so‘mi sentabr oyi uchun berilgan.
To'langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda:

📍Toshkent sh. - 283 mlrd so‘m;
📍Toshkent viloyati - 72,6 mlrd so‘m;
📍Samarqand viloyati - 63,4 mlrd so‘m;
📍Farg‘ona viloyati - 52,7 mlrd so‘m;
📍Andijon viloyati - 35,9 mlrd so‘m.

👉 Keshbek olish uchun FACE IDdan o‘tish lozim

#raqamlashtirish #keshbek

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt