Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.95K subscribers
4.71K photos
523 videos
41 files
2.42K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#savol_javob

Oilaviy korxona o‘z xonadonida faoliyat yuritsa, mazkur turar joy noturar obyektga aylantirilishi shartmi?


O‘zbekiston Respublikasi "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunining 16-moddasiga asosan, oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hisobga_olish

Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?


Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bo‘zatovda aholi muammolari o‘rganilmoqda

Viloyatimizga biriktirilgan Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida "Farg‘ona tajribasi" asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Shuningdek, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida tumanda aholini band qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilyapti.

Xususan, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan tuman markazidan eng olis, chegara oldi hududlaridan biri bo‘lgan “Aspantay” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Mazkur hududdagi har bir oila bilan birma-bir sahbatlashildi, ularni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi.

O‘rganishlar jarayonida ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_majburiyati

S
oliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish soliq organlarining majburiyati hisoblanadi.

Soliq to‘lovchilar esa o‘z navbatida soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq to‘lashlari lozim.

Soliq xizmati organlari soliq to‘lovchidan soliqlarni oldindan to‘lashni talab qilishga haqli emas.

Soliq to‘lovchi to‘lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan soliq to‘lash muddatining oxirgi kunida yoki ixtiyoriy ravishda oldindan to‘lashi mumkin.

Shu bilan birga, soliq to‘lash majburiyatini muddatidan oldin bajarish soliq to‘lovchilarga turli kutilmagan vaziyatlarning oldini olish imkonini beradi. Ayrim sabablarga ko‘ra, (hisobraqamda mablag‘ bo‘lmasligi) soliqlar to‘lov muddatining so‘nggi kunida to‘lanmay qolsa, soliq organi hisoblangan soliqlarni majburiy undirish choralarini qo‘llashga to‘g‘ri keladi.

👉 Soliq majburiyatining bajarilishini ta’minlash usullari

Agar soliq organlarida noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelsangiz, bu haqda maxsus @dsq_anticorrupciya_bot Telegram boti orqali xabar bering. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Farg‘ona viloyatidagi soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga 1,4 mlrd so‘m to'landi

2024-yil yanvar-sentabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida respublika bo‘yicha 72 517 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
🔹66 016 tasi xarid cheki bermaslik;
🔹3 352 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
🔹156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
🔹2 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

🔍Murojaatlar asosida 26 400 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Farg‘ona viloyatidagi huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha xabar bergan fuqarolarga 2 261 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 1,358 mlrd soʻm mukofot to‘langan.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#QQS #AOS

AOS to‘lovchisi QQS to‘lashga o‘tganda hisobotlarni qanday topshiradi?

Soliq davri davomida soliq toʻlovchilarning jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan kundan eʼtiboran ular QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi.
👉Soliq kodeksi 462-modda

AOS toʻlovchi hisobot oyi davomida QQS toʻlashga oʻtganda, mazkur hisobot oyi boʻyicha AOS va QQS hisobotini taqdim etishi lozim.

Bunda:
▫️QQS toʻlovchisi boʻlgan sanagacha amalga oshirilgan operatsiyalar, rasmiylashtirilgan EHF va onlayn-NKT cheki summasi AOS hisobotida;
▫️QQS toʻlovchisi boʻlgan sanadan boshlab amalga oshirilgan operatsiyalar QQS hisobotida avtomatik ravishda aks etadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 21-oktabr

sentabr oyi uchun:

- QQS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 273-moddasi 1-2-qismlari);

- agar sentabr oyida dividendlar va foizlar hisoblangan boʻlsa, dividendlar va foizlardan olinadigan soliq summasi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 345-moddasi 5-qismi);

- norezidentlarning daromadlaridan olinadigan soliq summalari boʻyicha soliq hisobotini soliq agenti tomonidan taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 355-moddasi 1-qismi);

- yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454-moddasi 3-4-qismlari);

- suv resurslaridan foydalanganlik uchun boʻnak toʻlovlar soliq davrida soliq summasi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (bundan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlovchilar mustasno) yillik soliq summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 448-moddasi 3-qismi);

III chorak uchun:

- maxsus renta soligʻi boʻyicha soliq hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 454 prim.7 moddasi 2-3-qismlari);

- foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 339-moddasi 5-qismi va 340-moddasi 1-qismi);

- elektron shaklda xizmatlar koʻrsatishda chet el yuridik shaxslari tomonidan QQS hisobotlarini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 281-moddasi 3-4-qismlari).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Farg‘onada bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Farg‘ona shahridagi Alisher Navoiy xiyobonida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda viloyat hokimligi, viloyat boshqarma va tashkilotlari, ta’lim muassasalari hamda keng jamoatchilik vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdilar.

Xususan, Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham xodimlar bilan birgalikda tadbirda qatnashdilar.

_____

Fursatdan foydalanib, barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili bayrami bilan davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan muborakbod etamiz. O‘zbek tili toabad yashasin, tillarimizda mangu yangrasin!

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt