Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.89K subscribers
4.87K photos
535 videos
42 files
2.49K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Soliq hisobotlarining belgilangan muddatlarda taqdim etilishi Barqarorlik reytingida 10 ball olish imkoniyatini yaratadi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish maqsadida uchrashuvlar davom ettirilmoqda.

Xususan, mas’ul xodimlar "Maqsad 100" MChJ, "Mindon markaz fayzi" x/k, "Azizbek medical service" MChJ vakillari bilan uchrashib, reytingdagi mezonlarni shaxsiy kabinet orqali tahlil qilib, jamiyat hisobchilariga batafsil tushuntirdilar.

Shuningdek, tadbirkor tomonidan soliq turlari bo‘yicha hisobotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilganda* — 10 ball; hisobot kechiktirib taqdim etilganda yoki taqdim etilmaganda esa ball berilmasligi tushuntirildi.

*Mazkur ko‘rsatkichni baholashda kalendar oyda hisobot topshirish muddati kelgan barcha soliq turlari hisobga olinadi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dang‘ara tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Viloyatning barcha shahar va tumanlarida aholi muammolarini joyida o‘rganish va ijobiy yechim topish maqsadida Farg‘ona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida ommaviy sayyor qabullar davom ettirilmoqda.

Dang‘ara tumanida o‘tkazilgan navbatdagi qabulda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Maqsudxon Mamatxanov ham bevosita ishtirok etdi va fuqarolar muammolarini yaqindan tingladi.

Qabul davomida soliq hisobotlari, deklaratsiya, yer va mol-mulk soliqlari kabi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida aksariyat murojaatlarga ijobiy yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan murojaatlar mas’ullarga biriktirildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

Oilaviy korxona o‘z xonadonida faoliyat yuritsa, mazkur turar joy noturar obyektga aylantirilishi shartmi?


O‘zbekiston Respublikasi "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi Qonunining 16-moddasiga asosan, oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan turar joylar va yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar, shu jumladan ishlab chiqarish, xo‘jalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joydir.

Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turar joylarni ulardan oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi, bundan faoliyatning ayrim turlari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hisobga_olish

Korxona rahbari, hisobchisi hamda ularning telefon raqamlari o‘zgarganda bu ma’lumotlarni masofadan turgan holda yangilash imkoni mavjudligini bilasizmi?


Buni my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetdan “Yuridik shaxsning profilini ko‘rish va hisob ma’lumotlarini o‘zgartirish” xizmati orqali amalga oshirsa bo‘ladi.

Korxonaning rahbar yoki hisobchi to‘g‘risidagi ma’lumotlari o‘zgarganligini shaxsiy kabinetdagi “Hisob ma’lumotlari” bo‘limida tekshirib ko‘rish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan Bo‘zatovda aholi muammolari o‘rganilmoqda

Viloyatimizga biriktirilgan Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumanida "Farg‘ona tajribasi" asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Shuningdek, Sayxunobod, Uychi, Zarbdor va G‘ijduvon tajribalari asosida tumanda aholini band qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilyapti.

Xususan, "Kambag‘allikdan farovonlik sari" dasturi asosida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati tomonidan tuman markazidan eng olis, chegara oldi hududlaridan biri bo‘lgan “Aspantay” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoitlari o‘rganildi. Mazkur hududdagi har bir oila bilan birma-bir sahbatlashildi, ularni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi.

O‘rganishlar jarayonida ehtiyojmand oilalarga kundalik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt