Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish
O'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida faoliyat yuritish afzalliklari va Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish qulayliklari
______
O‘zini o‘zi band qilganlar haqida 5 ta fakt
1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.
2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (375 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism
3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).
4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil
5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.
*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi ishga taklif etadi!
Qo‘qon shahar, Furqat va O‘zbekiston tumanlari soliq inspeksiyalaridagi vakant lavozimlarga ishga kirish uchun tanlov (suhbat asosida) o‘tkazilmoqda.
Tanlovda iqtisodiyot, axborot texnologiyalari hamda huquq sohalarida oliy ma'lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlov suhbat asosida o‘tkaziladi.
Batafsil ma'lumot uchun quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
☎️73-241-70-80;
📞90-787-49-24.
Eslatib o‘tamiz, gender tengligini ta'minlash maqsadida soliq xizmati organlariga ishga kirish uchun barcha nomzodlar, xususan, xotin-qizlarga ham teng imkoniyatlar taqdim etiladi.
Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi
#vakansiya #fergana #soliq

#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-oktabr
sentabr oyi uchun:
- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);
oktabr oyi uchun:
- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);
- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq
toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik
summasining 1/12 miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

Beshariq tumanida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi xodimlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom ettirilmoqda.
Xususan, Beshariq tumanida joylashgan chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi hamda tadbirkorlarning soliq majburiyatlarini bajarish chog‘ida kuzatilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shu bilan birga, soliq organlari bilan bog‘liq salbiy holat yuz berganda mas'ullarga xabar berish imkoniyatlari tushuntirildi hamda flayerlar tarqatildi.
#antikorrupsiya

#bilasizmi
Fuqarolarning paxta terish orqali topgan daromadlariga soliq solinmaydi
Soliq kodeksining 378-moddasiga muvofiq, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan soliq to‘lovchilarning bu ishlarni bajarganlik uchun olgan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod etilgan.
Shuningdek, Soliq kodeksining 403-moddasiga ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
Eslatib o‘tamiz, qo‘lda terilgan 1 kg. paxta uchun 2500 so‘mdan to‘lash belgilangan.

#qonunchilikdagi_yangiliklar
Fan olimpiadalari g‘oliblariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi
“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-346-son) qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:
➖nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi;
➖asosiy fan olimpiadalarining hududiy va respublika bosqichlarida hamda xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoalar rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari va beriladigan sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_soligi #imtiyoz
❓Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?
📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉
✅ «O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
✅ urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;
✅ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
✅ yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;
✅ boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;
✅ Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;
✅ energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt #ai
Ertaga, 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!
Videorolik sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan.
#15_oktabr #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Ertaga, 15-oktabr – jismoniy shaxslar uchun yer va mol-mulk solig‘i to‘lashning so‘nggi kuni!
Videorolik sun'iy intellekt yordamida tayyorlangan.
#15_oktabr #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❓O‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydoniga yer solig‘i qanday hisoblanadi?
✅Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi, 437-modda).
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
✅Jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi (Soliq kodeksi, 437-modda).
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
❓Otam pensioner, yashab turgan hovlimiz ularning nomida, mol-mulk va yer soliqlaridan qanday imtiyoz bor?
✅Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi❌.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.
Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
✅Soliq kodeksiga ko‘ra, pensioner bo‘lgan jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi❌.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi asosida beriladi.
Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha esa imtiyoz faqat yolg‘iz pensionerlarga tatbiq etiladi. Ular yer solig‘idan butunlay ozod etilgan.
Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogironligi bo‘lgan bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi.
Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
#savol_javob #yer_soligi #mol_mulk_soligi
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi
🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-oktabr
sentabr oyi uchun:
- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻining ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);
- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi);
IV chorak uchun:
- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 340-moddasi 11-qismi).