Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.8K photos
528 videos
42 files
2.46K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

Joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 437 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi xodimlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi ham 95,4 bo‘lib, respublikadagi 208 ta tuman va shaharlar ichida eng yuqorisi bo‘ldi.

Albatta, qilingan mehnatning samarasi o‘laroq yuqori natija qayd etgan xodimlar ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘iga asosan, qo‘mita mas’ul xodimi M.Mamajonov Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi jamoasini joriy yilning avgust oyida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan samimiy tabriklab, minnatdorchilik bildirdi. Inspeksiya xodimlariga qo‘mita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini yetkazdi.

Bundan tashqari, o‘tgan oylarda viloyatda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar ham taqdirlandilar:

🔹A.Abdusottarov – Bog‘dod tumani soliq inspeksiyasi;
🔹D.Eminov – Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi;
🔹H.Xodjayev – Rishton tumani soliq inspeksiyasi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Xodimlar sonini yashirish!

📃Soliq kodeksining 223-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan xodimlarning haqiqiy ish haqi summasini yoki mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlarning soliq hisobotida aks ettirilmaganligi soliq bazasini yashirish deb baholanadi.

Xodimlar sonini yashirish — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🔗 MJtK 175-prim 5-modda

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” shiori ostida soliq xodimlarining ota-onalari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida o‘tkazilgan tadbirga "korxonabay" va "mahallabay" ishlash tizimida samaradorlik ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan xodimlarning ota-onalari taklif etildi.

Namunali xodimlarning ota-onalariga ushbu yutuqlarda ularning ham munosib hissasi borligi ta’kidlanib, halol, pok hamda vatanparvar farzandlarni tarbiyalaganliklari uchun minnatdorchilik bildirildi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shu bilan birga, tadbirda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirishga qaratilgan turli profilaktik tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotganligi ta’kidlandi hamda ota-onalardan farzandlarini turli salbiy xatti-harakatlardan asrashda ogoh bo‘lishlari eslatib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 16-sentabr

avgust oyi uchun:

- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JSHODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 389-modda 1-qism, 407-modda 4 va 5-qismlar);

- AOS hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 470-modda 3 va 4-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#AOS #chek_tahrirlash

🗓 16-sentabr – AOS toʻlovchilar uchun 2024-yil avgust oyida chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashning oxirgi kuni


AOS to‘lovchilar onlayn-NKT sotuv cheklarini rasmiylashtirishdagi texnik xatoliklarni AOS bo‘yicha soliq hisobotini taqdim etish muddatigacha tuzatishi mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#JShODS #YTT

2024-yil 16-sentabr - sentabr oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Farg‘ona" telekanali "Xayrli kun!" dasturida viloyat soliq boshqarmasi xodimi A.Erkinov ishtirokida suhbat tashkil etildi

Unda fuqarolarni qiziqtirayotgan soliq sohasiga oid dolzarb masalalarga to‘xtailib o‘tildi:

🔹Talabalarning shartnoma to‘lovlaridagi soliq imtiyozlari;

🔹Shartnoma uchun to‘lovlar ota-onaning ish joyidan o‘tkazib berilsa, imtiyoz qanday qo‘llaniladi?

🔹Talabalarning yashab turgan joyi uchun ijara to‘lovlaridagi soliq imtiyozlari.

©️Farg‘ona TV

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#mulk_soligi #yer_soligi

- Soliq mobil ilovamda onamning soliq qarzi ko‘rsatilgan, biroq onam 2022-yilda vafot etgan va nomidagi xonadon sotilgan. Buni qanday bartaraf etish kerak?

- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tegishli hududda joylashgan yer uchastkasi va boshqa ko‘chmas mol-mulk, ularning mulkdorlari (egalari) to‘g‘risidagi axborotni davlat soliq organlariga real vaqt rejimida elektron shaklda taqdim etishi shart.
👉 Soliq kodeksining 133-moddasi 3-qismi

Ushbu ma'lumotlar asosida soliq organlari jismoniy shaxslarning mol-mulki va yerlariga soliqlarni hisoblab chiqadi.

Agar Soliq mobil ilovasida mol-mulk va yer solig‘i hisoblangan obyektlarning o‘zlari yoki ularning egalari haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar aniqlansa, Davlat kadastr palatasiga murojaat qilish tavsiya etiladi.

❗️Kadastr organlari o‘z ma‘lumotlar bazasidagi xatolarni tuzatgandan so'ng, soliq qarzi avtomatik ravishda bartaraf etiladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy ta'lim muassasalari (maktab, bog‘cha) da o‘qiyotganlarga ham daromad solig‘i imtiyozi tatbiq etiladimi?

©️Farg‘ona TV "Xayrli kun" dasturi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jurnalist Madaminjon Solijonov: Soliqlar haqida suhbatlashyapmiz, imtiyozlar haqida gapirishga ko‘p o‘rganganmiz, lekin soliqlarning to‘lov masalasiga kelganda, albatta, intizomsizlik qilmasligimiz kerak. Chunki, biz ba'zan huquqlarimizni gapirib, burchlarimizni yoddan chiqarib qo‘yamiz yoki burchga kelganda paysalga solishlar bo‘ladi...

Yer va mol-mulk soliqlarini qachon va qanday to‘lash mumkin?

Batafsil videolavhada

©️Farg‘ona TV "Xayrli kun" dasturi

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt