Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
4.71K photos
522 videos
41 files
2.41K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: @becks_kadirov
📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
#mahallabay

Mahallabay ishlash tizimi bo‘yicha Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi respublikada
eng yuqori bo‘ldi

Joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

📊Umumiy reytingda soliq inspektorlari hissasi yuqori boʻlgan hududlarTOP-3:

📍Yozyovon t. – 95,4%;

📍Oltiariq t. – 94,1%;

📍So‘x t. – 92,6%;

❇️90 dan yuqori ball jamg‘argan 146 nafar (shundan 17 nafari 100 ball olgan) xodim oy yakuni boʻyicha mukofotlash uchun tavsiya etildi.

Maʻlumot uchun, “Mahallabay” tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallada 437 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib bormoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#barqarorlik_reytingi

Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – 10 ta umumiy mezon.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritish ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

❗️Soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.

Telegram I Facebook
TOP-17: “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) 100 ball bo‘lgan xodimlar

Xabaringiz bor, joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi soliq inspektorlarining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

E'tiborlisi, “Mahallabay” tizimida viloyatimizdagi 1 063 ta mahallada 437 nafar soliq inspektori bevosita faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 17 nafari samaradorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha maksimum - 100 ballik natijani qayd etdilar hamda mukofotlash uchun tavsiya etildilar.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
oʻz kuch va imkoniyatlarini toʻliq ishga solib, mahalladagi soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni namunali yo‘lga qo‘ygan hamda samaradorlik ko‘rsatkichi eng baland bo‘lgan ushbu xodimlarni samimiy tabriklaydi!

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#savol_javob

- Men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Marg‘ilon shahridan ro‘yxatdan o‘tgan holda shahar hududidagi “Fayz" savdo majmuasida savdo qilaman. Yaqinda tuman va shahar chegaralarining o‘zgarishi munosabati bilan bizning bozor joylashgan hudud Qo‘shtepa tumaniga o‘tdi. Mazkur holatda men yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Qo‘shtepa tumanidan qayta ro‘yxatdan o‘tishim talab etiladimi?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyun kungi PQ-4742-son qarorining 6-bandiga asosan, yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish ularni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda (qayta ro‘yxatga olinayotganda) tadbirkorlik faoliyatini olib borish joyi bo‘yicha amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Siz yakka tartibdagi tadbirkor sifatida hududiy davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda yoki masofadan turib new.birdarcha.uz sayti orqali faoliyat joyini aniq ko‘rsatgan holda qayta ro‘yxatdan o‘tishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_soligi #yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini
Soliq mobil ilovasida to‘lash mumkin

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15- aprel va 15-oktabrgacha teng ulushlarda to‘laydi.

Soliq to‘lovlarini uydan chiqmasdanSoliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz

Uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlarga soliq solinmaydi

Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i solinmaydi.
👉Soliq kodeksining 378-moddasi 19 prim 1 bandi

❗️Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

👉Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz

Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi


Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:
▫️o'zingiz uchun;
▫️farzandlaringiz uchun;
▫️26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

1. To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

2. Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

👉Batafsil

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-sentabr

avgust oyi uchun:


- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizom 7-band);

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

sentabr oyi uchun:


- AOS toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#imtiyoz #mol_mulk_soligi

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌 Soliq kodeksining 421-moddasiga asosan quyidagi jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan mol-mulk soliq solishdan ozod etiladi👉

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan🎖🏅fuqarolar;

🔹urush nogironlari va qatnashchilari🛂, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

🔹sobiq SSSRni, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish yoki harbiy xizmatning yoxud ichki ishlar organlaridagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari xodimlarining🛃 ota-onalari va beva xotinlari (beva erlari);

🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kvadrat metr doirasida soliq solishdan ozod qilinadi👉

🔹 o‘n nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan birining👨‍👨‍👧‍👧;

🔹pensionerlarning;

🔹I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning♿️.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#yer_soligi #imtiyoz

Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qanday imtiyozlar bor?

📌Soliq kodeksining 436-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi 👉👉👉

«O‘zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;

urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar;

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;

yolg‘iz pensionerlar. Yolg‘iz yoki voyaga yetmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg‘iz pensionerlar deb tushuniladi;

boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar. Ota-onasidan biri yoki ota-onasi vafot etgan hamda oilada o‘n olti yoshga to‘lmagan beshta va undan ortiq bolalari bo‘lgan oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalardir;

Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar;

energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar – qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi

Soliq kodeksining 483-moddasiga asosan, quyidagi sohalarda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun 2022-yil 1-apreldan 2025-yil 1-yanvargacha ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz (amalda 12%) etib belgilangan:

🔹chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
🔹mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
🔹avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
🔹avtotransport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
🔹kompyuter xizmatlari;
🔹maishiy texnikani ta’mirlash;
🔹agro va vetenariya xizmatlari;
🔹ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.

📌Ushbu imtiyoz tadbirkorlik subyektlari tomonidan, agar ularning yuqoridagi faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.

🔗
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar 1 foizlik ijtimoiy soliq stavkasini qanday qo‘llaydi?

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#bilasizmi #onlayn_NKM

Naqd pul yoki plastik kartaga savdo qilishingizdan qat'i nazar QR-kodli xarid cheki berilishi shart❗️

📃Prezidentning PF-5813-son Farmoniga asosan, onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tgan tadbirkorlik subyektlari tovar (ish, xizmat)lar uchun to‘lov naqd pul yoki plastik karta orqali amalga oshirilishidan qat’iy nazar, xaridorlarga QR-kodli chek berishi shart.

❗️Mazkur normaga rioya qilmaslik, nazorat-kassa mashinasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik besh million so‘m miqdorida jarima qo‘llashga sabab bo‘ladi.
👉Soliq kodeksining 221-moddasi

📌Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔈ANONS

12-sentabr, payshanba kuni Farg‘ona telekanalida "Xayrli kun!" dasturini o‘tkazib yubormang!

Ko‘rsatuvda fuqarolardan kelib tushayotgan soliq sohasiga oid savollarga Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi xodimi Azizjon Erkinov javob beradi.

Boshlanish vaqti: 12-sentabr, soat 07:35

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
"Mahallabay" ishlash tizimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar rag‘batlantirildi

Joriy yil avgust oyida “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimida Farg‘ona viloyatidagi 1 063 ta mahallaga biriktirilgan 437 nafar soliq inspektorining samaradorlik ko‘rsatkichi (KPI) - respublikadagi eng yuqori natija - 89 ballni tashkil etdi.

Shu bilan birga, Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi xodimlarining umumiy KPI ko‘rsatkichi ham 95,4 bo‘lib, respublikadagi 208 ta tuman va shaharlar ichida eng yuqorisi bo‘ldi.

Albatta, qilingan mehnatning samarasi o‘laroq yuqori natija qayd etgan xodimlar ham moddiy, ham ma'naviy tomondan rag‘batlantirib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, Soliq qo‘mitasi raisi topshirig‘iga asosan, qo‘mita mas’ul xodimi M.Mamajonov Yozyovon tumani soliq inspeksiyasi jamoasini joriy yilning avgust oyida erishilgan ko‘rsatkichlar bilan samimiy tabriklab, minnatdorchilik bildirdi. Inspeksiya xodimlariga qo‘mita raisining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alarini yetkazdi.

Bundan tashqari, o‘tgan oylarda viloyatda eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan xodimlar ham taqdirlandilar:

🔹A.Abdusottarov – Bog‘dod tumani soliq inspeksiyasi;
🔹D.Eminov – Qo‘shtepa tumani soliq inspeksiyasi;
🔹H.Xodjayev – Rishton tumani soliq inspeksiyasi.

#mahallabay

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt