Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.91K subscribers
4.86K photos
532 videos
42 files
2.48K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Viloyat soliq boshqarmasida bayramga tayyorgarlik avjida

Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o’tkazilmoqda.

Bayramga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori kayfiyatda o’tkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida ham hashar uyushtirildi.

Tadbirda boshqarma xodimlari ertalabdan faollik ko‘rsatib, yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar. Boshqarma binosi atrofi supurilib, saranjom-sarishta holga keltirildi, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hashar tadbirlari hududiy soliq inspeksiyalarida ham davom ettirilmoqda.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
Farg‘onada stol tennisi bo‘yicha “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasining viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Ayni kunlarda sportning stol tennisi turi bo‘yicha o’smirlar va havaskorlar o‘rtasida “Soliq qo‘mitasi kubogi” musobaqasi o‘tkazilmoqda.

Farg‘ona shahrida musobaqaning viloyat bosqichi o‘tkazildi. Unda tuman (shahar) bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 200 nafarga yaqin yoshlar 3 ta yosh toifasida bellashdilar.

Tadbirda viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati ishtirok etib, yurtimizda sportga berilayotgan e’tibor va yaratilayotgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tgan musobaqa yakunida g‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G’oliblikni qo’lga kiritgan sportchilar musobaqaning respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritdilar.

P.S Ushbu musobaqa Soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda Sport vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.


Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt