Korrupsiyaning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar
Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa, Uchko‘prik va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, ushbu holat esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etishi batafsil yetkazildi.
Muloqotlar davomida davlat xizmatchisi uchun soliq organlarida qo‘yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Viloyat soliq boshqarmasida bayramga tayyorgarlik avjida
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o’tkazilmoqda.
Bayramga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori kayfiyatda o’tkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida ham hashar uyushtirildi.
Tadbirda boshqarma xodimlari ertalabdan faollik ko‘rsatib, yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar. Boshqarma binosi atrofi supurilib, saranjom-sarishta holga keltirildi, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Hashar tadbirlari hududiy soliq inspeksiyalarida ham davom ettirilmoqda.