Dang‘ara tumanidagi fermer quyosh panellari o‘rnatgach, elektr energiyasidan bir yilda 91 mln so‘m iqtisod qiladigan bo‘ldi
Viloyatning barcha shahar va tumanlarida soliq xizmati organlari tomonidan muqobil energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga berilayotgan soliq imtiyozlari tadbirkorlar va keng jamoatchilikka yetkazilmoqda.
Xususan, Dang‘ara tumani soliq inspeksiyasi mas’ullari tadbirkorlar bilan uchrashib, quyosh panellari afzalliklari hamda mol-mulk va yer solig‘i, foyda solig‘i imtiyozlarini tushuntirmoqda.
Olib borilgan targ‘ibot ishlari natijasida “Murodil zamindor” f/x rahbari o‘zining dala shiyponiga 20 kVtli quyosh panellarini o‘rnatdi. Fermerning aytishicha, muqobil energiya manbalaridan suv nasoslari uchun foydalanadi hamda dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bir yil davomida elektr energiyasidan 91 mln so‘m iqtisod qiladi. Bundan tashqari, ortiqcha elektr energiyasini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish
O'zini o‘zini band qilgan shaxs sifatida Soliq mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish mumkin
1. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq to‘lamaydi*.
2. Mehnat staji hisoblanishi uchun ixtiyoriy ravishda bir yil uchun kamida BHMning 1 barobari miqdorida (340 000 so'm) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin – Soliq kodeksi 408-modda 2-qism
3. 100 dan ortiq faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin (ro‘yxat bu yerda).
4. Xodimlarni jalb qila olmaydi va ish beruvchiga ega bo‘la olmaydi – PQ-4742 08.06.2020-yil
5. Soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tish Soliq (Android/iOS) mobil ilovasi orqali masofadan turib amalga oshiriladi.
*Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning daromadlari 100 mln soʻmdan oshganda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi soliq toʻlashga oʻtadi.

Korrupsiyaning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar
Soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas'ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Marg‘ilon shahri, Qo‘shtepa, Uchko‘prik va Yozyovon tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, korrupsiya jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib kelishi, ushbu holat esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy taʼsir etishi batafsil yetkazildi.
Muloqotlar davomida davlat xizmatchisi uchun soliq organlarida qo‘yilgan talablar va yaratilgan sharoitlar ta'kidlab o‘tildi.
Shuningdek, poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Viloyat soliq boshqarmasida bayramga tayyorgarlik avjida
Mustaqilligimizning 33 yilligi arafasida “Mahalla obod - yurt obod” shiori ostida butun mamlakatimiz bo‘ylab umumxalq xayriya hashari o’tkazilmoqda.
Bayramga tayyorgarlik ko’rish va uni yuqori kayfiyatda o’tkazish maqsadida Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasida ham hashar uyushtirildi.
Tadbirda boshqarma xodimlari ertalabdan faollik ko‘rsatib, yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar. Boshqarma binosi atrofi supurilib, saranjom-sarishta holga keltirildi, obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Hashar tadbirlari hududiy soliq inspeksiyalarida ham davom ettirilmoqda.