Farg'ona viloyati soliq boshqarmasi
1.97K subscribers
5.19K photos
566 videos
43 files
2.6K links
© Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali.
Murojaat uchun: 📞 73 241 70 60
Ishonch telefoni: 73 241 70 61
Veb-sayt: https://soliq.uz/;
Facebook: facebook.com/ferganasoliq;
Instagram: instagram.com/ferganasoliq
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mobil_ilova #soliq_biznes

Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuvda Soliq mobil ilovasida yuridik shaxslar shaxsiy kabinetining mobil versiyasi – "Soliq biznes" xizmati ishga tushirilganini ma'lum qildi.

Ilovaning yangilangan 2.0.0 versiyasini Google Play'platformasidan hoziroq yuklab olish mumkin. Yaqin soatlar ichida App store'dan ham yuklab olish mumkin bo‘ladi.
_________

#мобильное_приложение #soliq_biznes

На встрече с представителями компаний-экспортеров председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев сообщил о запуске услуги "Soliq biznes" в мобильном приложении Soliq - мобильной версии персонального кабинета юридических лиц.

Обновленная версия 2.0.0 приложения доступна для скачивания на платформе Google Play. В ближайшие часы её можно будет загрузить и в App store.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#barqarorlik_reytingi
Barqarorlik reytingida yuqori natijaga erishish yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan Barqarorlik reytingi mazmun- tadbirkorlarga yetkazish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan maqsad – o‘rta, qoniqarli va quyi toifadagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berish hamda ularni yuqori toifaga olib chiqish.

Xususan, mas’ul xodimlar Marg‘ilon shahrida Tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi "NARIMTEKS" MChJga tashrif buyurib, subyekt “A” ya’ni yuqori toifada turganligi, aslida esa ularda yanada yuqori toifaga chiqish imkoniyatlari yetarli ekanligi tushuntirildi va zarur tavsiyalar berildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida eksport bilan shug’ullanuvchi korxona vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda Soliq qo’mitasi Raisi Sh.Kudbiyev ishtirok etdi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 5-avgust

iyul oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️5 августа 2024 года - последний день

за июль:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardan birida evakuatorlar orqali pulli xizmat ko‘rsatish, xarid cheki berilishi hamda narx bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tanqidiy fikrlar e’lon qilindi.
Ta’kidlash lozim, Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 sonli qarorining ilovasiga asosan tasdiqlangan ro‘yxatning 73-bandiga muvofiq xususiy tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan jismoniy va yuridik shaxslarga maxsus va qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatish mumkinligi belgilangan.
Amaldagi tartib bo‘yicha Sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etishlari shart. Aks holda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq 5 million so‘m miqdoridagi jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Shu bilan birga Soliq kodeksining 47-moddasiga ko‘ra, Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar ushbu tovarlarni (xizmatlarni) sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shart bo‘ladi.
Sotilgan tovarlar (xizmatlar) uchun to‘lovlar naqd pulda yoki jismoniy shaxslarning plastik kartalari orqali amalga oshirilganda nazorat-kassa texnikasi yoki virtual kassa cheki taqdim etilganda hisobvaraq-faktura taqdim etilmaydi.

Farg‘ona viloyati soliq boshqarmasi
#soliq_qarzi

Soliq qarzi va unga nisbatan koʻriladigan choralar


Soliq qarzi – bu soliq hisobotlari yoki soliq tekshiruvlari boʻyicha hisoblangan va belgilangan muddatlarda toʻlanmagan soliqlar, boʻnak va joriy toʻlovlar yoki moliyaviy sanksiya va penyalar.

❗️Qarzdorlikni Soliq mobil ilovasining "Soliq biznes" bo‘limida ko‘rish mumkin.

Soliq qarzini toʻlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
▫️ soliqlar summasi;
▫️ hisoblangan penyalar;
▫️ jarimalar.
👉 Soliq kodeksi 55-modda

Soliq kodeksida har bir soliq turi boʻyicha hisobot taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari belgilangan.
Misol uchun:
QQS boʻyicha – oʻtgan soliq davridan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirilmagan muddatda hisobot taqdim etilishi va soliq toʻlanishi shart
👉 Soliq kodeksi 273-modda;

AOS boʻyicha –
- oy yakunlari boʻyicha hisobot davridan keyingi oyning 15-kunidan,
- yil yakunlari boʻyicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay hisobot taqdim qilinadi va toʻlov amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 470-modda;

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlari joriy yil uchun toʻlovlar teng ulushlarda 15-aprel va 15-oktabrga qadar amalga oshiriladi
👉 Soliq kodeksi 423- va 440- moddalar.

Soliq qarziga nisbatan qanday choralar koʻriladi?

Yuridik shaxslar va YTTlarga nisbatan:
▫️soliqlarni toʻlash muddati oʻtganidan keyin 3 kundan kechiktirmay soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuboriladi va soliqlarni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomalari taqdim etilmagan boʻlsa, ularning bank hisobvaraqlariga soliq organlari tomonidan avtomatlashtirilgan tizim orqali inkasso topshiriqnomalari qoʻyiladi;
👉 Soliq kodeksi 117- va 121-moddalar

▫️tan olingan soliq qarzi boʻyicha, yaʼni soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma berilgan sanadan boshlab 10 kalendar kun ichida soliq toʻlovchi tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda yuridik shaxslarning mol-mulklariga nisbatan taqiq qoʻyiladi va 15 kalendar kun ichida toʻliq bajarilmagan taqdirda soliq organining qarori bilan mol-mulki xatlanishi mumkin;
👉 Soliq kodeksi 60- va 114-moddalar

Yuridik shaxs va YATT tomonidan soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran 60 kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda soliq organi qarori asosida undiruv soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratiladi va qaror Majburiy ijro byurolariga yuboriladi.
👉 Soliq kodeksi 119- va 123-moddalar

Jismoniy shaxsning soliq qarzi umumiy summasi 1 mln soʻmdan oshgan taqdirda, soliq organi soliq qarzini undirish yuzasidan sudga ariza kiritadi va sud qarori ijrosi Majburiy ijro byurosi tomonidan amalga oshiriladi.
👉 Soliq kodeksi 125-modda

Penya nima?

Penya soliq toʻlovchi soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan soliqlarni toʻlash muddatlarini buzgan taqdirda aybdorga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar toʻlanmagan soliq summasiga nisbatan kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun foizlarda hisoblanadi.
Penyaning foiz stavkasi Markaziy bankning shu davrda amalda boʻlgan qayta moliyalash stavkasi (13,5%) ning 1/300ga teng etib qabul qilinadi.
👉 Soliq kodeksi 110-modda

Misol uchun, 10 mln soʻm miqdoridagi soliq qarzi uchun penya quyidagi tartibda hisoblanadi:
🧮10 000 000 x (13,5%/300) = 4 500.
Soliq qarzini toʻlash bir kunga kechiktirilganda 4,5 ming soʻm penya hisoblanadi.

❗️Hisoblangan penyalar ham soliq qarzi hisoblanadi va soliq organlari tomonidan yuqorida qayd qilingan majburiy undiruv choralari qoʻllaniladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliqchi_komakchi

Soliqlarni kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lamoqchimisiz? Unda mazkur videoqo‘llanma aynan siz uchun.
__________
#солиқчи_кўмакчи

Хотите получить отсрочку или рассрочку по уплате налога? Тогда воспользуйтесь этой видеоинструкцией.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 7-avgust:

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va ShJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️7 августа 2024 года - последний день:

- уплаты налога на доходы физических лиц и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п.7 Положения рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
Olti oy davomida chek bermaslik yuzasidan 45,5 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
__________
#онлайн_ККТ

Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом

❗️
Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

🧾 Такой чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

При осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы) предоставляется электронный фискальный чек.
👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 г.

🚫Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК

Осуществление расчетов через P2P-переводы (с карты одного физического лица на карту другого физлица) за товары или услуги между продавцом и покупателем без выдачи чека противоречит налоговому законодательству.

Подать жалобу на невыдачу чека можно в разделе "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq.
За полгода поступило почти 45,5 тысяч жалоб на невыдачу чека.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 FARG‘ONA SOLIQ TEXNIKUMI O‘QISHGA TAKLIF ETADI!

2023-2024-o‘quv yili doirasida umumiy o‘rta ma’lumot (11-sinf) va o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega shaxslarni o‘qishga taklif etadi.

📈
Texnikum bitiruvchilari oliy ta'lim muassasalarida 2 va 3-bosqichdan suhbat asosida o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi.


O‘qish muddati: 2 yil

📖 Ta'lim yo‘nalishlari:
- Soliqlar va soliqqa tortish;
- Buxgalteriya hisobi va audit.


✏️O‘qish shakli:
- kunduzgi
- sirtqi

🚘 Manzil: Farg‘ona shahar, Farg‘ona ko‘chasi 122-uy.
🔍 Mo‘ljal: Farg‘ona politexnika instituti yonida.
                             
📞 +998936450484
📞
+998991279023  
📞
+998732411165

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt
#antikorrupsiya

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlar


Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, Qo‘qon shahri, Rishton, Oltiariq va Dang‘ara tumanlari soliq inspeksiyalari xodimlari bilan uchrashuv tashkil etilib, ichki mehnat tartib qoidalari, chet elga chiqish tartibiga qat'iy rioya etishlari ogohlantirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga asossiz aralashish yoki ularning noqonuniy faoliyatiga homiylik qilish, xizmat sirlarini oshkor etish kabi huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va muqarrar jazo choralari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Poraxo‘rlik, ta’magirlik va mansab bilan bog‘liq salbiy holatlar sodir etganlik holati aniqlanganda qonunchilikda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘rilishi eslatib o‘tildi.

Telegram I Facebook I Instagram I Veb-sayt